Kirish Tog‘ jinslari fizikasi


Download 58.98 Kb.
bet1/5
Sana14.04.2023
Hajmi58.98 Kb.
#1357385
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (4)


TOG‘ JINSLARINI QAZIB OLISH VA ULARNING EKSKAVATSIYALANISHI

Reja:



  1. Kirish

  2. Tog‘ jinslarini massivdan mexanik usulda ajratish.

  3. Tog‘ jinslarining ekskavatsiyalanishi.

  4. Xulosa

  5. Adabiyotlar


Kirish
Tog‘ jinslari fizikasi tog‘ jinslari xossalari, tuzilishi va tarkibi hamda fizik jarayonlarning o‘zaro miqdoriy bog‘liqligini o‘rganadi.
Ma’danda kon ishlarini olib borish uchun tabiiy holatdagi tog‘ jinslari xususiyatlarini bilish lozim bo‘ladi.
Quyida tog‘ jinslarini qazib olish jarayonida katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan ularning asosiy fizik-mexanik xususiyatlariga izoh berib o‘tamiz. Bunday xususiyatlariga birinchi navbatda tog‘ jinslarining qattiqligi (tvyordost) va charxlanuvchanlik (abrazivnost), qayishqoqligi (uprugost) va egiluvchanligi (plastichnost), g‘ovakliligi (poristost) va zichligi (plotnost), darzliligi (treщinovatost) va ustivorligi (ustoychivost) va boshqalar kiradi.
Tog‘ jinsi qattiqligi (tvyordost) unga nisbatan amalga oshiriladigan mexanik ta’sirlarga qarshiligini anglatadi.
CHarxlanuvchanlik (abrazivnost) esa burg‘ulash paytida tog‘ jinsining burg‘uni emirish darajasidir. Tog‘ jinsi qayishqoqligi (uprugost)- bu uning tashqi ta’sir to‘xtatilgandan keyin birlamchi holatiga tiklanishini anglatadi. Tog‘ jinsi mo‘rtliligi (xrupkost) – bu uning egiluvchanligini o‘zgartirmasdan parchalanish xususiyati.
Egiluvchanlik (plastichnost) – bu tog‘ jinsining tashqi kuch ta’siridan o‘z shakli va o‘lchamlarini bo‘laklanmasdan o‘zgartish xususiyati. YUqori darajali qayishqoq egiluvchan tog‘ jinslarini burg‘uganish jarayoni mo‘rt egiluvchanlarga nisbatan sekin kechadi.
G‘ovaklilik (poristost) – tog‘ jinsida g‘ovaklarning mavjudligi darajasi, u umumiy tog‘ jinsi hajmiga nisbatan g‘ovaklar hajmi g‘ovaklilik koeffitsienti bilan belgilanadi.

Download 58.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling