Kirish Tog‘ jinslari fizikasi
Download 58.98 Kb.
|
Документ Microsoft Word (4)
KF = Fk / S,
Bunda, Fk – qazishga tog‘ jinsining qarshilik kuchi urinmasi, N; S – ajralgan yuza, m2 (S=BK h); Vk —kovsha eni; h — kovlashda kovshning tog‘ jinsiga kirib botish chuqurligi, m. Qazishga nisbatan qarshilik asosan tog‘ jinsining mustahkamlik va zichlik ko‘rahsatkichlariga bog‘liq. Masalan ekskavator qazish ishlarida qatlamdagi tog‘ jinslari qirqimlar bilan ajraladi. Qazib olish jarayoni qirqimni kesish va ishchi organ (kovsh) orqali sirpanishi ro‘y beradi. Qirqim ko‘ndalang kesim yuzasi S = db, bunda d – qirqim qalinligi (tog‘ jinsi tanasiga kovshning botish chuqurligi); b- qirqimning tag qismi kengligi. Qirqim kesim yuzasi shakli va haqiqiy o‘lchamlari qazib olish sxemasiga, tog‘ jinsi turi va tarkibiga bog‘liq. Qazib olish jarayoni kovlashga solishtirma qarshilik KF orqali belgilanadi: Bunda, Fk – tog‘ jinsining qazishga urinma qarshilik kuchi, N; S – qirqimni ajratib olish yuza maydoni, m2. KF = (0,16 ÷0,25)·105 Pa - sochma quruq qumlar uchun; KF = (2÷3)·105 Pa – og‘ir nam glinalar uchun; KF bir tarkibli blok chegarasidagi yarim qoya tog‘ jinslari uchun 106 Pa ga etadi. KF kattaligi tog‘ jinsining faqat mustahkamligiga emas, balki tuzilishining kuchsizlanishi koeffitsienti ks.o (koeffitsient strukturnogo oslableniya) bo‘lmish massiv darzligiga ham bog‘liq. Muzlagan va zich, shuningdek muzlagan o‘ta nam (ω ≈ 14 ÷ 17%) yarim qoyali tog‘ jinslarining KF muzlash chuqurligi hpr ga bog‘liq holda bir necha barobar katta bo‘ladi. Kam namlikka ega (ω ≈ 2 ÷ 6%) tog‘ jinslarining KF ning oshishi unchalik sezilmaydi (1 chizma). Download 58.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling