Kirish Tog‘ jinslari fizikasi


Download 58.98 Kb.
bet2/5
Sana14.04.2023
Hajmi58.98 Kb.
#1357385
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (4)

Zichliligi (plotnost) esa tabiiy namlikdagi va tarkibiy tuzilishi o‘zgarmay qolgan holatdagi birlik hajmdagi tog‘ jinsi og‘irligi.

Tog‘ jinslarini massivdan mexanik usulda ajratish
Qazib olish mashinasining ishchi organi tog‘ jinsi bo‘laklari o‘rtasidagi qoldiq yopishish, ishqalanish va birikish kuchlarini engib parchalangan tog‘ jinsi massasiga kirib boradi. Bu paytda tog‘ jinsining bo‘laklari kattaligi d va uning hajmiy og‘irligi γ asosiy ahamiyatga ega.
Bog‘langan va sochma, shuningdek qattiq (birlamchi yumshatilgan) tog‘ jinslari kon massividan qazib olish agregatlarining qirqish qirralari va tishlari yordamida ajratib olinadi: skreper, buldozer, ekskavator, o‘yib oluvchi mashina, qazib olish va lahim o‘tuvchi kombaynlar hamda struglar.
Tog‘ jinsini massivdan mexanik usulda qazib olish paytida asosiy qirquvchi siquvchi va siljituvchi kuchlanishlardir. SHuning uchun qirqib olish jarayoni asosiy rolini tog‘ jinsi mustag‘kamlik va qayishqoqlik ko‘rsatkichlari o‘ynaydi.
Skreper, buldozer, ekskavatorlar qirquv organlari idishlarga ega bo‘lganliklari sababli:

  1. tog‘ jinsining qirqilishga qarshi qarshiligini engish ishi

  2. tog‘ jinsining tortishish kuchini engish ishi

  3. tog‘ jinsining mexanizmlar qirquvchi organlariga ishqalanish kuchini engish ishi

bunda, l va m – kesib olinayotgan qatlamcha eni va qalinligi, m;
N – kovshning to‘lish balandligi, m; a – solishtirma qirqish zo‘riqishi, N/m; k – tog‘ jinsini tog‘ jinsini qanchalik balandlikka ko‘tarish koeffitsienti, m; ftr – tog‘ jinsi ishqalanish koeffitsienti.
Solishtirma kesish kuchlanishi a (udelnoe usilie rezaniya) – bu massivdagi tog‘ jinsini kesish uchun mexanizm pichoq birlik uzunligiga to‘g‘ri keladigan zo‘riqish ko‘rsatkichidir (N/m).
Massivdagi tog‘ jinslarining ekskavator qazishiga qarshiligi qazishga solishtirma qarshilik orqali xarakterlanadi:

Download 58.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling