4-mavzu: Metallarni kesish. Kesish qismini belgilash va ularni qaychilar bilan kesish


Download 208.81 Kb.
bet1/2
Sana08.04.2023
Hajmi208.81 Kb.
#1341075
  1   2
Bog'liq
4-mavzu


4-mavzu:
Metallarni kesish. Kesish qismini belgilash va ularni qaychilar bilan kesish.

M etallarni kesish uchun mustahkam va og’ir giralardan foydalaniladi. Chilangarlikdagi kesish ishlarida buriluvchi va burilmaydigan parallel jag’li, murakkab temirchilik ishlarida esa maxsus kursiga o’rnatilgan stol garalaridan foydalaniladi.


Kesish vaqtida gavdaning holatini to’g’ri saqlab turish ish unumdorligini oshiradi. Oyoq va gavdaning turg’unligi zarbani to’g’ri, qolaverra, maqsadga muvofiq berilishini ta’minlaydi.
Zubnloni ushlash. Chap qo’lning uchta barmog’i bilan zubiloning o’rtasidan, ko’rsatkich barmoq bilan kallak orasidaga oraliq 15— 20 mm bo’lgan holatda qattiq qismay ushlash kerak. Shu zarba o’ng qo’l bilan beriladi. Bunda chap qo’l bilan har bir zarbadan keyin kesuvchi asbobni kerakli joyga to’g’rilab turish kerak.
Bolg’ani ushlash. Bolg’ani dastasidan o’ng ko’lning to’rtta barmog’i bilan kaftga qisganda, bosh barmoq ko’rsatkich barmoqni yopib turishi keraklBarmoqiar bolg’ani ko’tarishda ham zarb berishda ham bir xil holatda qolishi zarur (66-rasm).
Bolg’a bilan zarba berish. Ishning sifati va sermahsulligi sil-kinish sur’ati va bolg’aning zarbasiga bog’liq. Zarbani barmoq, bi-lak yoki yelka bilan berish mumkin.
B armoq usulidagi zarba berishda (67-rasm, a) sylkinish o’ng qo’l panjalarining egilishi hisobiga ro’y beradi. Bu holdagi silki-nishda barmoq va bilak oxirigacha bukiladi, keyin barmoqlar si-qilishib zarba beriladi. Bunday zarba nozik va aniq ishlarni ba-jarishda ishlagaladi.
Bilak usulida zarba berishda (67-rasm, b) o’ng qo’l tirsagi buki-ladi. Silkinishda qo’lning barmoqlari qisiladi hamda bo’shashadi. Kdtgiq zarba berish uchun qo’lni tezroq quynb yuborish kerak. Bun-day zarbadan materialning yupqaroq qatlamni kesib olib tashlashda va tirqish, ariqchalar hosil qilishda foydalaniladi.





Yelka usulida zarba berishda (67-rasm, v) qo’l, yelka harakat qila-di, binobarin, silkinish maksimal bo’lishi bilan birga zarba yelkadan uzatiladi. Bunda yelka, tarsak va barmoqlar qatnashadi. Usul metalldan qalinroq qavatni kesib olib tashlashda qo’llaniladi.
Zarbaning kuchi ishning xarakteriga mos bo’lishi kerak (bolg’a qancha og’ir, dastasi qancha uzun bo’lsa, zarba shuncha kuchli bo’ladi). Qo’lning uzunligi silkinish beruvchi zarbaning kuchiga to’g’ri pro-porsional bo’ladi. Kesish paytvda har ikkala qo’l ishlashi: o’ng qo’lda-gi bolg’a silkina boshlaganda chap qo’l bilan zubiloni kesiluvchi yuzaga yo’naltirib sozlab turish kerak (68-rasm). Zubiloning og’vdd burchagi haddan tashqari kattalashib ketsa, asbob sirtdan toyib ke-tishi mumkin. Zarbani zubilo kallagining markaziga beriladi, bu ishni aniq va ishonchli bajarish mashqlarga bog’liq.
Chilangarlar kesish paytida zubiloning kallagiga emas, balki kesiluvchi joyga qaraydi. Bo’lg’usi chilangarlar ham ustalarning ish usullarini doim kuzatib borishi va bu usulni o’zlashtirib olishda-ri kerak.

Download 208.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling