Sohibqiron bobomiz-kuch qudrat egasi
Download 72,5 Kb.
|
9-aprel amir temur
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-boshlovchi
- 3-o"quvchi
- 8-o`quvchi
SOHIBQIRON BOBOMIZ-KUCH QUDRAT EGASI 1-boshlovchi: Hotam dunyo himmatlari bor, Hikmati bor har bir t uhfasin. Yuz yilda bir tug'ilsa sardor, Uni Parvardigor asrasin.
Beshikda tinch uxlar godak jon, Kulgusiga sadaqa bu jon. Millat uchun kirn bo'lsa qalqon, Parvardigor o'zi asrasin.
Yomon ko'zdan saqlasin zinhor, Kamolingni korolmaslar bor. Kimki karvon boshidagi nor, Parvardigor o'zi asrasin.
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, hurmatli oquvchilar. Bugungi buyuk sarkarda, qudratii saltanat asoschisi, jahongir bobomiz Amir Temur tavalludiga munosabati bilan o'tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz! 1-boshlovchi: Sohibqiron bobomiz faqat bizninggina emas, balki jahon tarixining eng ulug1, eng yorqin siymolaridan biridir. Yetti iqlimga mashhur ulug' jahongir tengi yo'q sarkarda sifatida tan olingan, uning nomi tarix sahifalariga manguga bitilgandir. 2-boshlovchi:Bugun biz donishmand alloma, Movarounnahr zaminida o'z xalqini chet el bosqinchilaridan himoya etgan, qudratii davlat tuzgan Amir Temurning bosib otgan ibratli yoliga bir qur nazar solamiz. Oquvchilar ijrosida Vatan haqida qo'shiq kuylanadi. Qo'shiq nihoyasiga yetgach, boshlovchilar navbatni tadbir ishb'rokchifanga beradi. Sahnaga milliy libosdagi oquvchilar chiqishadi. Ular ulug' davlat arbobi Amir Temur hayoti va faoliyati haqida sozlaydilar. l-o'quvchi: Jahongir bobomiz — Muhammad Tarag'ay Bahodir o'g'li Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Shahrisabz yaqinidagi Xo'jailg'or qishlog'ida tug'iladi. U barlos beklaridan bo'lgan Tarag'ay Bahodiming o'g'li edi. Amir Temur Amir Temur was born on 9 April 1336 in the village of HojaikjornearShakhrisabz. His father was a rich man whose name was Amir Taragay. His mother was a noble woman. He was strong and handsome. His father had many servants. When he was 12 years old he began to rule over them. When he was a young man he began to go to war. He was a good horseman. In Europe he was called Tamerlane. 2-oquvchi: Temur bolaligidan aqlli, ziyrak va juda epchilligi bilan tengqurlaridan ajralib turardi. Iqtidori va ilm olishga bo'lgan zor ishtiyoqi tufayli dunyoviy ilmlarni, shuningdek, harbiy san'atni ham puxta egallagan. 3-o"quvchi: Qur'oni Karimni yod olgan. Hadis ilmini mukammal bilgan. Qo`qmas, jasur chavandoz sifatida ham elga tanilgan. 4-o'quvchi: 25 yoshida Shahrisabz hokimi lavozimini egallagan va katta ishiarga qovl urgan. Faoliyati davomida o'z tadbirkoriigi bilan nom qozongan. 5-o'quvchi: Buyuk sarkardaning butun hayoti jangu jadallar bilan oYganligi tarixdan malum. U Movarounnahrda mustaqil biriashgan davlat tuzdi. Mamlakatni chet el bosqinchilaridan asradi. 6-o'quvchi: Natijada tinchlik, osoyishtalik tufayli uning davlatida ma'rifat, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san'at o'sdi, rivojlandi. Shahariar obod bo'ldi. Betakror obidalar, madrasalar qad rostladi, bog'lar barpo etildi. 7-o'quvchi: Ayniqsa, Temur davlati poytaxti hisoblangan Samarqand shahrida qurilgan va dunyo ahlini lol qoldirgan me'moriy obidalar hanuzgacha shahar koYkiga betimsol koYk bag'ishlab turibdi. 8-o`quvchi: U ayniqsa, dehqon, hunarmand, kosiblar mehnatini nihoyatda qadrlagan. Tarbirkor sifatida turli sohalarni rivojlantirgan. Oquvchilar milliy raqslarimizdan birini ijro etishadi. Boshlovchilar botir sarkarda haqidagi tarixiy ma'lumotlardan sozlaydilar. 1-boshlovchi: Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy o'zining «Zafarnoma» asarida Sohibqironning hayoti va zafarli yurishlari haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Asar aslida Temurning nabirasi Shohruh Mirzoning o'g'li — Sulton Ibrahim topshirig'i bilan yozilgan bo'lib, temuriylar davlati boshqaruvi, ulug' saltanat egasining bu boradagi amalga oshirgan ishlari haqida qimmatli ma'lumotlar beradi.
2-boshlovchi: Tarixchining etiroficha, Amir Temur — davlat, mamlakat va fuqarolarning g'amxori edi. Uning butun umr amal qilgan oltin qoidasi — «rosti — drusti» edi. Ya'ni, «haqiqat — sihat-salomatlik», «haqiqat — tartib», «haqiqat — adolat» demakdir, deya ta'kidlardi buyuk sarkarda. 1-boshlovchi: donishmand bobomiz jangu jadallarga to'la hayoti davomida barcha davlat boshqaruvidagi insonlarga o'zining adolat, insof va diyonatdan, insoniylikdan saboq beruvchi tuzuklarini qoldirdi. «Temur tuzuklari»ni bugun juda ko'plab xalqlar sevib o'qiydi.
Ular Amir Temur bobomiz she 'rini ijo'r bolishib aytishadi. 1-boshlovchi: O'zbekistonning bugungi ozodligini mustahkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadriidir. U qudratli davlat poydevorini qurgan, davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o'z davri, balki kekjusi aviodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi», — degan edi muhtaram Prezidentimiz.
Temur xiyobonida muhtasham bino — Temuriylar tarixi davlat muzeyi qad kotardi.
— Temuriylar avlodining yirik vakili, o'z bilim, tafakkuri «Zichi Koragoniy»dek shoh asari bilan koinotni zabt etgan, dunyoviy ilmlami mukammal egallagan Amir Temurning suyukli nabirasi Muhammad Tarag'ay Ulug'bekning jahon ilmu fani rivojiga qo'shgan xizmatlari benihoya kattadir. U qurdirgan madrasalarda, tashkil qilgan Akademiyada o'z davrining yetuk olimlari faoliyat korsatgan. Mirzo Ulug'bekning 600 yillik tantanalari ham 1994 yilda awal Fransiyada, soYigra Samarqandda keng tantana qilindi. 2-boshlovchi: «Bu dunyoda xalqimiz, millatimiz, O'zbekistonimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayot!.. Amir Temur nafaqat Turon, Turkiston, O'zbekiston zaminining, balki insoniyatning eng ulug' daholaridan biridir», — deya ta'kidlagan edilar Yurtboshimiz, biz — buyuklar avlodi ekanligimizga ishora qilib.
Oquvchilar tadbir boshlanishida oqilgan she'rni davom ettirishadi.
Boshlovchilar yakunlovchi so'z aytadilar. — Aziz mehmonlar, qadrii oquvchilar, shu bilan Sohibqiron bobomiz tavalludiga bag'ishlangan tadbirimiz nihoyasiga yetdi. Xayr, omon bo'ling! O'quvchlar ijrosida «Ozbekiston» qo'shig'i yangraydi. Unga barcha jo'r bo'ladi. Download 72,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling