Мавзу: кадрлар тайёрлаш миллий модели. Педагогик технологияларнинг мақсад ва вазифалари


Download 3.36 Mb.
Sana24.10.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1718625
Bog'liq
Mirzo Ulug\'bek

  • Muhammad Tarag’ay – Mirzo Ulug’bek (1394-1449) Amir Temur sulolasiga mansub ulug’ zot, ulkan davlat arbobi va buyuk dahodir. Amaliy faoliyatida davlat arboblikni olimlik, olimlikni esa davlat arboblik bilan qo’shib olib borish Mirzo Ulug’bekka xos bo’lgan nodir fazilatdir. Ulug’bek – podshohlar ichra donishmand, donishmandlar ichra podshohdir. U – insoniyat tarixida ahyon-ahyondagina uchraydigan noyob fenomen.
  • Ulug’bekning zamondoshi Sakkokiy qasidalaridan birida Ulug’bekning ilmu kamolotini, buyuklik cho’qqisiga ko’tarila olganligi, dunyoda podshoh va olimlar ko’p o’tganu, ammo unga tenglasha oladigani bo’lmaganligini shunday odil va orif misrlarda bayon etadi:
  • Salotin dunyoda ko’p keldi-yu ketdi, seningdek bir,
  • Falakning gar tili bo’lsa ayitsunkim qachon kelgan.
  • Mirzo Ulug’bekning olam uzra mashhur bo’lishi va tarixda abadiy qolishida buyuk sohibqiron bobomizning ta’lim-tarbiyasi va shaxsan unga nisbatan bo’lgan mehrmuhabbatining ahamiyati beqiyosdir. Amir Temur sevikli nabirasi Muhammad Tarag’ay tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaragan. Amir Temur nabirasi Ulug’bekning o’tkir zehnli, aqlu farosatli bo’lganligi uchun juda sevardi. «Ko’zimning nuri, saltanatimning umidli niholi», deb erkalatardi. Biroq, Ulug’bek Mirzo nozik bo’lib o’sdi, buning ustiga ko’p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan o’tkazar, davlat ishlariga rag’bati yo’q ko’rinar edi.
  • Ulug’bek ilm-fan ravnaq topishiga katta umid bilan qaradi. Bu yo’lda u hormaytolmay mehnat qildi, inson aql-idroki va tafakkuri tantana qilishiga, jaholat va xurofot tumandek tarqalib ketishiga astoydil ishondi. Ilm yordamida kelajakni oldindan ko’rdi.
  • Mirzo Ulug’bek hazrat bobosi Amir Temur ta’limotiga, yo’l-yo’riqlariga, “Tuzuklar” ida belgilab berilgan qonun-qoidalarga umrbod sodiq qoldi. Amir Temurning, kuch-adolatdadir, degan umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan dono o’giti va sabog’i Mirzo Ulug’bekning shoh va donishmand sifatidagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy-urfoniy faoliyatida mezon bo’lib xizmat qildi.
  • Ulug’bek o’z asarlari, ma’naviy-axloqiy ta’limoti orqali barcha insonlarni go’zal xulqli, mexr-oqibatli bo’lishga va yaxshilikka chaqirdi. Go’zal xulqli bo’lish, faqat yaxshilikni o’ylab, yaxshilik qilishdan charchamaslik, ezgulik deya yashash, o’zida borini o’zgalar bilan baham ko’rish, muhtojlarga yordam berish, yoru do’stlar sharafi, nomusini himoya qilish, zohiran va botinan pok yurish, tirikchilikni halol topilgan non bilan kechirish har qanday odamning ma’naviy qiyofasini bezaydi, deydi. Ayniqsa, hokimlar, podshohlar adolatli, insonparvar, mard va kechirimli bo’lsalar xalqning baxtistiqbolidir. Ulug’bekning o’zi xuddi shunday go’zal ma’naviy-axloqiy fazilatlar sohibi edi.
  • Ulug’bek nafaqat o’zi mansub millatning, ayni paytda butun insoniyatning ham faxridir. Ulug’bekday farzandi bo’lgan xalq har qancha faxrlansa arziydi. O’z tomirlarimizda Ulug’bek qoni oqayotganligidan, ruhimizda ul muborak zotning ruhi barhayotligidan baxtiyormiz. “Mirzo Ulug’bek o’z umrini kelajak uchun, bugungi hayot uchun fido etdi. O’sha uzoq zamonlarda bashariyat taraqqiyotini o’ylab yashadi, o’z avlodlari asrlar osha tartib etajak ma’rifatli bir jamiyatni orzu qildi. Har qanday millat ham Ulug’bekday farzandni tarbiya etgani uchun g’ururlanishi tabiiy holdir. Chunki bunday insonlar faqat o’z xalqiga emas, balki umumbashariy tsivilizatsiya uchun ham xizmat qiladi va jahonning e’tiborini qozonadi”

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling