1-amaliy mashg`ulot mavzu: Qishloq xo‘jalik hayvonlarini ekstererini o‘rganish Darsning maqsadi


Download 427.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi427.21 Kb.
#1037206
  1   2   3   4
Bog'liq
GDFZ7MMsFHqm0oebV9o3ZPZRHOkg5jt5CBj8K08Y



1-AMALIY MASHG`ULOT 
Mavzu: Qishloq xo‘jalik hayvonlarini ekstererini o‘rganish 
 
Darsning maqsadi:
 
Hayvonlar ekstererini baholash usullarini o‘rganish. 
Dars uchun zarur asbob va jihozlar: O‘lchov tayyog‘i, o‘lchov sirkuli, 
ruletka, hayvonlar yoki ularning mulyaji, hayvonlarning rasmlari. 
Darsning mazmuni va uni o‘tkazish uslubi: Qishloq xo‘jalik 
hayvonlarini tashqi ko‘rinishi va tuzilishiga ularning ekstereri deyiladi. 
Hayvonning ekstereri uning tashqi ko‘rinishi yoki tana shaklidir. Bu 
terminni birinchi bo‘lib zootexniya faniga 1768 yilda Fransuz olimi Klod 
Burjel tomonidan kiritilgan. 
Ekstererni o‘rganishdagi eng muhim vazifa hayvonning u yoki bu 
mahsuldorlikka bo‘lgan qobiliyatini aniqlashdir. 
Ekstererni o‘rganish asosida hayvonlarning yoshi ortishi bilan ro‘y 
berayotgan o‘zgarishlarni, ularning konditsiyasini va temperamentini aniqlash 
mumkin. Bu ta’limot yordamida hayvonlarning sog‘lomligini, nerv tipini va 
sanoat asosida mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi sharoitlariga 
yaroqliligini baholash mumkin. Sog‘lom hayvonlarning terisi tarang bo‘lib, 
junlari yaltirab turadi. Kasal hayvonlarda teri bo‘shashib, junlari bujmayib 
qoladi. Hayvonlarning harakatchanligiga qarab temperamentni va nerv tipini 
aniqlash mumkin.
Hayvonlar ekstererini baholashda quyidagi usullar mavjud. 
1. Hayvonni ko‘z bilan ko‘rib baholash — ekstererga baho berishning 
eng asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘l bilan baholashda malakali 
mutaxassis hayvonning turi, zoti, jinsiy mahsuldorligi va konstitutsiyasiga xos 
xususiyatlarini hamda salomatligini tez va to‘g‘ri aniqlaydi. 
2. Ball yoki punktlar yordamida baholash — ball yoki punktlar 
yordamida baholashda hayvonning umumiy ko‘rinishi, zot tipiga o‘xshashligi, 
muskulaturasi, suyaklari va boshqa qismlari maxsus shkala yordamida ball 
bilan baholanadi. Masalan, bunda sigirlarga va buqalarga 10 ball beriladi. 
3. Tana qismlarini o‘lchash — hayvonlarning tanasining turli 
qismlaridan o‘lchamlar olinadi. Ilmiy tadqiqot ishlarida hayvonlar tanasining 
52 o‘lchovi olinib, zootexniya - seleksiyasi ishida 18 va mollarni naslchilik 
kitobiga yozishda esa 5 o‘lchov kifoya qilinadi.


4. Tana tuzilishi indekslarini hisoblash — hayvonlarning tuzilishi 
indeksi deb tananing biror qismi o‘lchov ko‘rsatkichining ikkinchi qismi 
o‘lchov ko‘rsatkichiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi va u foiz hisobida ifodalanadi. 
Masalan, mol tanasining ixchamlik indeksini aniqlash uchun uning ko‘krak 
aylanasi ko‘rsatkichini gavdasining qiya uzunligiga bo‘lgan nisbati olinadi va u 
(koeffitsient) 100 ga ko‘paytiriladi. 
5. Grafik usulda — bir guruh mollardan olingan tana o‘lchovi 
ko‘rsatgichlari 100 foiz hisobida olingach, boshqa bir necha mol guruhlari 
o‘lchovlarining birinchi guruh mollari o‘lchoviga bo‘lgan nisbati grafikka 
tushurilib, o‘zaro taqqoslanadi. 
6. Suratga olish usuli — ayniqsa mahsuldor mollar uchun qo‘l keladi. 
Bunda qo‘shimcha ravishda hayvonlar ekstereri va tananing ayrim qismini 
suratga tushurib, ular rasmlar orqali hayvon tanasidagi kamchiliklar nuqsonlar 
to‘g‘risida doimiy tasavvurga ega bo‘ladi. 

Download 427.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling