1-amaliy mashg`ulot mavzu: Qishloq xo‘jalik hayvonlarini ekstererini o‘rganish Darsning maqsadi
Download 427.21 Kb. Pdf ko'rish
|
GDFZ7MMsFHqm0oebV9o3ZPZRHOkg5jt5CBj8K08Y
1.1-Topshiriq. Ko‘zda chamalash usulidan foydalanib sigirlarni
baholang va natijalarni 1.2 – jadvalga yozing. Ko‘rsatkichlar Baholashda o‘rganiladigan Yuqori Olingan bahosi va omillar baho yo‘nalishi sut go‘sht sut va go‘sht Umumiy ko‘rinishi Tana tuzilishining proporsio- nalligi, konstitutsiyasining mustahkamligi, zotning harakterli belgilarining ko‘rinishi 3 Yelinlari Yelinining hajmi, sut venalari, oldingi va keyingi so‘rg‘ichlari tanasiga yopishib turganligi, so‘rg‘ichlarining bir tekis rivojlanishi 5 Oldingi va keyingi oyoqlari Mustahkamligi va qo‘yilishi, tuyog‘ining shakli va mustahkamligi 2 Jami 10 Boshning shakli va tuzilishiga qarab, hayvonning suyakdorligini bilish mumkin. Jumladan, sersut zotli sigirlarning boshi o‘rtacha, yengil va qotmadan kelgan, eniga kam rivojlangan bo‘ladi. Go‘shtdor zotli sigirlarning boshi salmoqli, bosh qismi keng va qisqa, peshonasi ancha keng. Buqalarning boshi biroz dag‘al ko`rinishida bo`ladi. Bo‘yin, hayvonlarning mahsuldorlik yo‘nalishiga va jinsiga qarab, turlicha bo‘ladi. Sergo‘sht hayvonlarning bo‘yin muskullari yaxshi rivojlangan kalta va enli bo‘ladi. Go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarnig ekstereri o‘ziga xos go‘shtdor bo‘ladi. Tanasi muskullar bilan tig‘iz to‘lishgan. Orqasi keng, qovurg‘alari egilgan, boshi go‘shtdor, bo‘yni kalta, yo‘g‘on va keng, yelka va ko‘krak qismiga tekis ulangan. Oyoqlari kalta mustahkam, keng qo‘yilgan. Yelinni baholashda uning shakliga, tuzilishiga, katta va kichikligiga, so‘rg‘ichlarining joylashishi va rivojlanganligiga hamda sutdor vena qon tomirlarining yaqqol ko‘rinib turishiga e’tibor beriladi. Sigirlarda quyidagi yelin shakllari mavjud: vannasimon, kosasimon, yumolaqlashgan hamda echkiyelin. Vannasimon va kosasimon yelinlar katta hajmli bo‘lib, sersut sigirlarga xos bo‘ladi va ular sigirlarni mashinada sog`ishga yaroqli va eng maqbul shakllar hisoblanadi. Sigirlarning yelin so‘rg‘ichlari silindrik shaklida bo`lib uzunligi esa 6 – 8 santimetr bo‘lsa me`yor talablariga to`liq javob beradi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmagan shakldagi yelin so‘rg‘ichlari esa mashinada sog‘ishga yaroqsiz bo‘ladi. 1.3 – jadval Buqalarni ekstereri va konstitutsiyasiga qarab baholash. Ko‘rsatkichlar Baholashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar Ball Umumiy ko‘rinishi va rivojlanishi Tana tuzilishining mutanosibligi, konstitutsiyasining pishiqligi, zot xususiyatlarining ifodalanganligi, erkaklik tipining ifodalanganligi, muskullari, suyaklari 4 Muchalari Boshi, bo‘yni, ko‘kragi, yag‘rini orqasi, beli, tanasining keyingi qismi va orqa qismi 4 Oldingi va orqa oyoqlari Oldingi va orqa oyoqlarining baquvvatliligi va qo‘yilishi, tuyoqlarining baquvvatligi va shakli 2 Jami 10 1.4 – jadval Download 427.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling