1-9 Adabiyot 9-sinf


Darsning mustahkamlash bosqichida


Download 288.05 Kb.
bet111/137
Sana21.04.2023
Hajmi288.05 Kb.
#1371636
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   137
Bog'liq
9 sinf adabiyot fanidan dars ishlanm

Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Nazorat ishi daftarlariga inshoni yozish:
Otello timsoliga tavsif
Reja :
1.Shekspir tragediyalarining jahon adabiyotida tutgan mavqei.
2.Manfaatparastlik va hasadgo’ylikning “Otello”tragediyasida aks ettirilishi.
3.Arosatda qolgan muhabbat.
4.Ishonch,muhabbat va rashk…
.”Otello”tragediyasi 1604-yil yozilgan bo’lib,bu asar inson aqli va hislarining nozik,chigal jihatlari yuksak san’atkorlik bilan tasvirlangan.Dramada insoniyat paydo bo’lgandan buyon yonma-yon kelyotgan ezgulik va yovuzlik,xiyonat va sadoqat,jinoyat va ishonch,oliyjanoblik va pastkashlik kabi sifatlar o’rtasidagi kurash tasvirlangan.O’sha davrning barcha gumanistlari kabi Shekspir ham insonni har jihatdan yetuk,kamchiliklardan xoli,odam degan mukarram nomga munosib ko’rishni istaydi.asarda ana shunga intilgan zptlar va o’tkinchi manfaat,hokimiyatga erishish yo’lida qabihlik qilgan kimsalar taqdirining o’zaro kelishgan nuqtalari tasvir etilgan.
Manfaatparastlik ,hasadgo’ylik shunday illatki,unga yo’liqqan kimsa o’ziga ham,o’zgalarga ham zug’u m qilmasligi,zarar yetkazmasligi ham mumkin emas.General Otelloning mulozimi bo’lmish munofiq va hasadgo’y Yago o’rinbosarlikka uni emas,jasur Kassio tanlangani uchun ham xo’jayinidan,ham leytenantdan o’ch olishga tutinadi.Buning uchun u eng tuban yo’ldan boradi
Sababi bor,sababi bor,sababi,jonim,
Biroq kuchli sababi bor.men qon to’kmayman.
Qordan ham oq,qabrdagi marmardan silliq
Bir badanni tirnamayman,yaralamayman.
Tirik qolsa boshqalarni yana aldaydi,
Shuning uchun u mutlaqo o’lishi kerak…
Otello ko’nglidagi shubha va gumnlar uning qalbini tirnaydi.Dezdemona tepasida aytgan bu so’zlar orqali uning iztiroblari yorqin aks ettirilgan,hislar namoyon bo’lmoqda.U bu “ayblov” orqali Dezdemonani kechirmaydi,uni qalb hukmi bilan o’limga mahkum etib,boshqalar ham bu “ayblov”qurboniga aylanishini istamaydi….
Otello:Menda endi ozgina ham jur’at qolmagan,
Qilichimni ololadi tirnoqcha bola.
Sharafmikin shu shafqatsiz imrni yashash,
Hammasi ham nobud bo’lsin,yo’qolsin ,mayli…
Emiliya:Nozaninim qaysi qo’shiq senga yoqardi?
Tinglaysanmi?Aziz jonim?A,Dezdemona?
Oqqush bo’lib o’ynaymanmi so’ng qo’shiq aytib,
Bu dunyodan bir imrga ko’zni yumaman…
Bu jarayonda Shekspir Dezdemonaning o’limidan so’ng Otello oz’ gunohini anglaganidan so’ng,Otello va Emiliyaning ichki kechinmalari ,dard –iztiroblarini kuylaydi.Bu fojea Otelloni jur’arsiz qiladi,yashahsga bo’lagan ishonchini yo’qotadi,Emiliya esa Dezdemona o’limidan qattiq tashvishga tushadi,u yoqtirgan qo’shiqni aytib,bu dunyoni u bilan birga tark etishni istaydi,chunki bu dunyodagi nohaqliklar,Yagoning jabr –zulmi uni ham ko’p qiyniqqa qo’ygan edi.
Asarda shuncha ezgu sifatli odamlarning o’limi bir fojea bo’lsa,ularning arzimas biro damning mayda manfaatlari yo’lida halok bo’lganligi fojeaning darajasini yanada oshiradi….
II.Nazorat ishi daftarlarini terib olish.
Uyga vazifa:Skespirning boshqa asarlaridan o’qish;

Download 288.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling