Javoblar:1.B 2.A 3.B 4.C 5.A
Uyga vazifa:Shoirning “Yevgeniy Onegin”she’riy romanini o‘qib kelish.
Asar tahlili.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko`rildi:
MO`IBDO`: Norova N
4-92 Adabiyot 9-sinf
Sana:
Darsning mavzusi:Aleksandr Sergeyevich Pushkin “Yevgeniy Onegin”she’riy romani
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- o’quvchilarga Aleksandr Sergeyevich Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romani haqida ma’lumot berish,asarni ifodali o‘qib,g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda jahon adabiyotiga bo’lgan qiziqisni tarbiyalash,Pushkin ijodiga mehr-muhabbat hosil qilish;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish,badiiy adabiyotga va kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
Darsning turi:noan’anaviy;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ma’lumot berish;
Darsning jihozi:darslik,A.S.Pushkin siymosi, asarlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Aleksandr Sergeyevich Pushkin hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.”Yevgeniy Onegin”she’riy romani haqida qanday bilim va tushunchalarga ega bo‘ldingiz?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I”Yevgeniy Onegin”she’riy romani yuzasidan savollar:
1.”Yevgeniy Onegin”asari qanday janrda yozilgan?
2.Yevgeniy kim?U nima maqsadda qishloqqa keladi?
3.Tatyana nimaga ahd qiladi?
4.Tatyana o‘z xatida qalb kechinmalarini qanday izhor etadi?
5.Uning qalbini nima muzlatadi?
II.”Yevgeniy Onegin”she’riy romanidan parchalar o‘qib,g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish:
“…Bitdi!Qayta o‘qiyman – dahshat …
Nomus,qo‘rqinch ichra muzlar dil…
Imoningiz – menga kafolat,
Topshiraman o‘zimni dadil …”
Tatyana o‘z xatining oxirida bu so‘zlarni yozar ekan,qalbida kechayotgan dard,kechinma,iztirob va qiyinchiliklarni ham bu xatda ifoda etadi.Bu orqali dilidagi qo‘rqinchni ham namoyon etadi.Chunki nomus degan tuyg‘u bor.U o‘zini,butun qalbini uning qo‘liga topshiradi…
Bu chiroyli tarjimalar Mirza Kenjabek qalamiga mansub.
Do'stlaringiz bilan baham: |