1-9 Adabiyot 9-sinf


O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash


Download 288.05 Kb.
bet7/137
Sana21.04.2023
Hajmi288.05 Kb.
#1371636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   137
Bog'liq
9 sinf adabiyot fanidan dars ishlanm

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
Aqliy hujum:
1.Shoir nima uchun “Farhod va Shirin ”ni “shavq dostoni ” deb aaydi?
2.Bu asarning boshqa dostonlardan farqi nimada?
3.Shoir Farhodning tug’ilishini qanday o’xshatishlar bilan beradi?
4.“Yuzinda ishq asrori yozilg’an,Ichinda dard ta’vizi qozilg’an”misralarida Farhodga xos qaysi jihatlar ifoda etilgan?
5.Farhod ismiga oid so’zlarni izohlang.
6.Farhodning tahsil olish jarayoni haqida gapiring.
Darsning mohiyatini anglash bosqichda:
I.Asardan berilgan parcha ustida ishlash,matnni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Farhpd Chin hoqonining intizor kutgan o’g’li.Otasi bu orzusi yo’lida xalqiga saxovat ko’rsatadi.Olloh unga o’g’il ato etgach,unga yaxshi niyat bilan “Farhod” deb ism qo’yadi:
…Qo’yib yuz himmat-u iqboli davlat,
Hamul far soyasidin tpdi ziynat,-ya’ni
“far” soyasida unga himmat,iqbol,davlat yor bo’lsin.Lekin taqdir unga ismi ila:
Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard,-ya’ni firoq.rashk,hajr,oh va dardni yubordi.
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Asarning to’liq nashri asosida asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish,voqealar rivoji asosida asar yuzasidan qo’shimch ma’lumot va bilimlarni berish.
Farhod yigit yoshiga yetdi.Lekin tug’ma ishq ta’sirida u doim g’amgin yurar edi.Buning sababini utushuntirib berolmas edi.Otasi to’rt faslga mos to’rt qasr qurdirdi.Shu orada Boniydan me’morchilikni,Moniydan naqqoshlikni,Qorandan tosh yo’nishni o’rgandi.Lekin undagi dard ketmadi:
Biravkim zor yig’lab-yig’lab ul zor,
Topib ko’ngli el ozoridin ozor.
Uy ishi:Doston matni ustida ishlash.
O’quvchilar bilimini baholash.


1-15 ADABIYOT 9-SINF
DARSNING MAVZUSI:”Farhod va Shirin”dostononining badiiy xususiyatlari
Darsning maqsadi:a)ta’limiy-“Farhod va Shirin”dostoni matni ustida ishlash,asarnimg badiiy xususiyatlari haqida tushuncha berish;
b)tarbiyaviy-asarda ilgari surilgan komillik,oliyjanoblik,insoniylik tuyg’ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi-asar yuzasidan o’quvchilar dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish.

Download 288.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling