Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Asarning to’liq nashri ustida sihlash.
II.”Kecha va Kunduz ”romani to’g’risida berilgan adabiy maqola tahlili.
III.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
IV.Test sinovi:
1.Cho’lpon Akbarali mingboshining o’limini qanday ataydi?
A.sadoqatli siyosat arbobi qurboni
B.To’rt chaqaga arzimagan bu qurboni zamoni
C.Nafs qurboni D.Ayollar isyonining qurboni
2.Prokuror Zebini qanday ataydi?
A.”Sodda ” va “”gunohsiz” sart ayoli B.Aybsiz aybdor
C.Qo’y og’zidan chop olmagan C.Gunohini yashirayotgan,makkora
3.Zebi nimadan qo’rqar edi?
A.O’z uyini topolmay borishidan B.Hukm ijrosidan
C.Ota-onasining qahridan D.Onasi Qurvonibibining yolg’iz qoloshidan
4.Zebi qayerga necha yil surgun qilinadi?
A.Sibirga 5 yil B.Sibirga 7 yil
C.Kamchankaga 7 yil D.Kavkazga 7 yil
5.Razzoq so’fi Zebini homoya qilish uchun kimdan yordam so’raydi?
A.Tilmoch B.Prokuror C.Eshon D.Noib to’ra
Javoblar:1.B 2.A 3.A 4.B 5.C
Uyga vazifa:Asarni tahlili .Qahramonlarga tavsif.
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana: Sinf: 9 sinf
Darsning mavzusi:7-nazorat ishiga tayyorlanish.
Insho 1.”Otabek va Kumush timsoliga tavsif”(“O’tkan kunlar” romani asosida );
2.”Zebi timsoliga tavsif”(”Mehrobdan chayon”romani asosida).
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lponning “Kecha va Kunduz ”romani va Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”romanlari asosida o’quvchilarning olgan bilimlarini nazorat qilish va inshoga tayyorlanish.
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda insoniy tuyg’ularni tarbiyalash,romanlarda aks ettirilgan ezgu tuyg’ularni o’quvchi ongiga singdirish;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini,badiiy asar o’qish salohiyatini oshirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,asar tahlili,qiyoslash,matn ustida ishlash,reja tuzish;
Do'stlaringiz bilan baham: |