1-9 Adabiyot 9-sinf
Ta’til topshiriqlari asosida suhbat
Download 288.05 Kb.
|
9 sinf adabiyot fanidan dars ishlanm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa
Ta’til topshiriqlari asosida suhbat:
1.Ta’tilda yod olingan darslikdan tashqari yod olingan she’rlar asosida suhbat; 2.Darslikdan tashqari o’qilgan badiiy asarlar yuzasidan bahs-munozara. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.III chorakda o’tilgan shoir va shoiralar hayoti va ijodi yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob.(Abdulla Qodiriy,Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon,Oybek,Odil Yoqubov,Abdulla Oripov…) II.Qatorlararo musobaqa: III chorakda yod olingan she’rlar asosida bahr-u bayt:Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon ,Muso Toshmuhammad o’gli Oybek,Abdulla Oripov she’rlari asosida Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Ijodiy ish: Menga yoqqan she’r Nafis cayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda shamolning belanchagida, Quyoshga ko’tarib bir savat oq gul, Viqor-la o’shshaygan qoya labida, Nafis chayqaladi bir tup na’matak… Oybekning bu misralari dilga yaqin satrlar bo’lib,unda insoniylik,kamtarlik va go’zallik tuyg’ulari tarannum etiladi.Na’matak qanchalik yuksakda bo’lmasin,u o’z go’zalligini atrofdagilarga baxsh etishdan charchamaydi.Lekin bu go’zallik bilan u saslo g’ururlanmaydi,aksincha kamtarona ruhda o’zgalarga iliq tuyg’ularni baxsh etadi.. II.Bahs:Menga yoqqan adabiy qahramon Menga Kumush Va Zebi timsollari o’zgacha taassurot qoldirdi.Chunki bu timsollarda hozirda o’zbek qizlari orasida yoqolib borayotgan samimiylik,soddalik ,kamtarinlik,mehr-muhabbat tuyg’ulari o’zgacha ruhda talqin etiladi.Asarni o’qigan sari qahramonlar taqdiri sizni befarq qoldirmaydi,aksincha asar sizni o’z girdobiga tortadi.Zebi va Kumush sabr qanoati,muhabbatga sadoqati… har bir qiz uchun ibrat maktabidir… Uyga vazifa:O’tilgan mavzular asosida testlar,tarqatmalar tayyorlash. O’quvchilar bilimini baholash. Ko`rildi: MO`IBDO`: Norova N Adabiyot 9-sinf Sana: Darsning mavzusi:Abdulla Oripov she’rlari asosida she`rxonlik musobaqasi Darsning maqsadi: a) ta`limiy- o`quvchilarda she`rxonlik va she`rxonlik fazilatlarini shakllantirish; b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat va she’rlarda ilgari surilgan insoniy tuyg’ularni tarbiyalash; d) rivojlantiruvchi-og`zaki va yozma nutqni o`stirish. Dars turi:takrorlash; Dars uslubi:bahs,musobaqa,sher’xonlik,ijodiy fikr; Dars jihozi : darslik,Abdulla Oripovning she’riy to’plamalari,tarqatmalar; Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Abdulla Oripovning darsliksa berilgan she’rlari asosida qatorlararo musobaqa: Bahor Yana bahor keldi,yana olamda Ajib bir go’zallik,ajib bir bayot. Men seni qutlayman shu ulug’ damda, Ulug’ yelkadoshim ,muzaffar hayot! II.Darslikdan tashqari yod olingan shoir she’rlari asosida musobaqa: Munojotni tinglab Qani ayt maqading nimadir sening, Nega tilkalaysan bag’rimni ohang? Nechun kerak bo’ldi senga ko’z yoshim, Nechun kerak rubob,senga shuncha g’am? Darsning mustahkamlsh bosqichida: I.Ijodiy fikr:Shoirning menga yoqqan misralari: …Ma’yus bahodirning nayzasi misol Ma’yus egiladi terak uchlari, Burglar soyasida o’ynaydi behol Uyqudagi qizning bedor tushlari. Bu misralarda shoir chiroyli tashbihlar orqali o’z kechinmalarini ifodalabgina qolmay,tarixning o’chmas xotiralariga,tabiatning jonli tasviriga ham to’xtalib o’tadi I.”Zulfiya-tong kuychisi”-mavzusi ostida she’rxonlik (Zulfiyaxonimning 100 yillik tavalludlariga bag’ishlab) Salqin saharlarda bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Qushlarning parvozi,yellarning nozi, Baxmal vodiylarda,qirlarda bahor… Men o’tgan umrimga achinmay qo’ydim, Hech kimga ko’rmadim umrimga o’xshash. Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim. Izzat nima bildim, Shu-da bir yashash… II.Bahr-bayt musobaqasi: Aziz asrimizning aziz onlari, Aziz odamlardan so`raydi qadrin Fursat g`animatdir shoh satrlar-la Bezamoq chog`idir umr daftarin Nelardandir ko`ngil bo`lib g`ash Ham egilib bu egilmas bosh Ko`zlarimdan qalqib tursa yosh Bir mushtipar onam yig`laydir Qolganlari yolg`on yig`laydir. Uyga vazifa: Abdulla Oripovning darslikdan tashqari she`rlaridan yodlash. O’quvchilar bilimini baholash. Download 288.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling