1-9 Adabiyot 9-sinf


Uyga vazifa:tarixiy shaxslar haqidagi badiiy asarlar o’qish va she’rlar yod olish Adib asarda ota va bola munosabatlariga ham keng o’rin beradi


Download 288.05 Kb.
bet94/137
Sana21.04.2023
Hajmi288.05 Kb.
#1371636
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137
Bog'liq
9 sinf adabiyot fanidan dars ishlanm

Uyga vazifa:tarixiy shaxslar haqidagi badiiy asarlar o’qish va she’rlar yod olish
Adib asarda ota va bola munosabatlariga ham keng o’rin beradi
Sana:
Darsning mavzusi:8-nazorat ishi tahlili
Insho. Mavzu:”Mirzo Ulug’bek – shoh va olim”
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy- o`quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalari,shu bilim vako’nikmalar asosida yozgan insholarini tahlil qilish;
b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida mehr-muhabbat,adolat,haqiqat,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,ota-onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi-og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars turi:mustahkamlash;
Dars uslubi:tahlil,ijodiy ish;
Dars jihozi:darslik,”Ulug’bek xazinasi”asari ,Ulug’bek siymosi,tarixiy va badiiy asarlar,tarixiy shaxslar timsoli;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.O’quvchilarning 8-nazorat ishidan olgan baholarini izohlash va tahlil qilish;
II.Xatolar ustida ishlash:
a)imlo xatolari ustida ishlash;
b)ishoraviy xatolar ustida ishlash;
d)uslubiy xatolar ustida ishlash.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Ijodiy ish
Tariximizning buyuk timsollari
Reja:
1.Ajdodlar merosi muqaddas.
2.Men buyuk yurt farzandiman.
3.Buyuk bobolar izidan.
Biz Amir Temur,Mirzo Ulug’bek,Jaloliddin Manguberdi ,To’maris,Alisher Navoiy,Zahiriddin Muhammad Bobur,Abu Ali ibn Sino,Beruniy,Xorazmiy,Forobiy …kabi mard ,jasur,oqil-u dono ajdodlar avlodimiz.Ular bizga mardlik,ulug’ saltanat,adolat,haqiqat bilan birga yuksak ma’naviy xazinalrni meros qilib qoldirganlarki,bu buyuk xazinalar hali-hanuz dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda.Ular yaratgan ilm sirlari dunyo ilm ahliga dasturamal bo’lib kelmoqda…
Men shunday buyuk yurt farzandi ekanligimdan g’ururlanaman.Bu g’urur meni ular merosini asrashga,ular izidan borishga undaydi.Chunki ajdodlarga munosib farzand bo’lmoq joiz.
Buyuk bobolar izidan borib,yurt nomini dunyoga taratmoq,erkinlik nashidasi ila yuksakliklarga intilmoq,ozodlik ruhini asray bilmoq har bir yurt farzandi uchun ham farz,ham qarzdir.Buyuk bobolar ruhi bizni hamisha bizni qo’llagay..
II.Buyuk bobolar haqidagi she’rlar va badiiy asarlar yuzasidan suhbat…
Bobolardan so`zladim, ammo
Bir kalom bor so`z avvalida.
Osmon ilmi tug`ilgan ilk bor,
Ko`ragoniy jadvallarida.
Qotil qo`li qilich soldi mast,
Quyosh bo`lib uchdi tillabosh.
Do`stlar ko`kda yulduzlar emas,
U Ulug`bek ko`zidagi yosh.
Yerda qolgan o tanim manim,
O`zbekiston ,Vatanim manim

III.Ijodiy ishlar tahlili.


Uyga vazifa:Tarixiy shaxslar haqidagi sh’erlardan yod olish va tarixiy-badiiy asarlar o’qish.



Download 288.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling