1-9 Adabiyot 9-sinf
Download 288.05 Kb.
|
9 sinf adabiyot fanidan dars ishlanm
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash
- Darsning mustahkamlash bosqichida: I.
Darsning turi:noan’anaviy;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,nazm gulshani; Darsning jihozi:darslik,Abdulla Oripov asarlari; Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Abdulla Oripov hayoti va ijodi yuzasidan olgan bilimlarni sinash; 2.Abdulla Oripov she’rlari asosida bahs-munozara. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.”Sarob”she’rini ifodali o’qish va she’rini g’oyaviy-badiiy tahlil qilish: Olti oykim,she’r yozmayman yuragim zarda, Olti oykim,o’zgalarga tilyman omad. Olti oykim,do’stlarim ham pana-panada Iste’dodim so’nganidan qilar karomat. Shoir bu she’rda olis bolalik davrini,undagi beg’ubo hislarni qalamga olar ekan,bir lahza bo’lsa-da ,o’sha onlarga qaytishni istaydi.Chunki u damlarda u illat,fisq-u fasod nima ekanligini,odamlar yomonlikka qodir ekanligini bilmas edi.Ammo yillar o’tib,odamlar orasida ulg’ayib,ularning yovuzliklarini o’z ko’zi bilan ko’rdi,ona va Vatan oldidagi burchini his eta olgan shoir odamzodning bunday kirdikorlarini qabul qil olmadi… II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.”Bahor”she’rini ifodali o’qishva g’oyaviy-badiiy tahlil qilish: Yana bahor keldi.Yana olamda Ajib bir go’zallik,ajib bir bayot. Men seni qutlayman shu ulug’ damda, Ulug’ yelkadoshim muzaffar hayot! Tashbih axtarmangiz ushbu g’azaldan, Naqd joyda nasiya ne kerak asli? Ayon bir xislating border azaldan, Seni atamishlar uyg’onish fasli. Shoir bahor fasli,uning go’zalligi va nafosatidan ilhom olib,uning tabiatini go’zal tashbihlar bilan ta’riflaydi.Uyg’onish faslining o’ziga xos jihatlarini go’zal aks ettiradi… II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash. III.Test sinovi: 1.Shoirning 1983-yilda chop etilgan to’plami: A.”Qasida” B.”Yillar armoni” C.”O’zbekiston” D.”Haj daftari” 2.Shoir tamomila qaytmoqchi bo’lgan “bearmon kunlar”qachon bo’lgan? A.Bolalik onlari B.Yigitlik davri C.O’qish yillari D.Bog’cha davri 3.Xira tuman orasida cho’g’day miltirar, Jayron quvib,jayron yanglig’ o’tgan kunlarim. Qanday badiiy san’at qo’llanilgan? A.Tazod B.Jonlantirish C.Tashbih D.Mubolag’a 4.Ha,mangu zavollik bo’lmas olamda, To suyin socharkan abri naysonlar…-ajratilgan sozni izohlang: A.Yomg’ir B.Gullar C.Lolalar D.Ko’klam 5.Jonlantirish san’ati qo’llanilgan qatorni toping: A.Hovliqma jilg’alar chopar beega… B.Bugun-chi, ne kezar o’tli qoningda.. C.Beqiyos edi u sher lochini.. D.Faqat sen dunyoga mangu qolursan… Javoblar:1.B 2.A 3.C 4.D 5.A Uyga vazifa:Abdulla Oripov lirik merosini o’rganish va she’rlarini o’qib,tahlil qilish. O’quvchilar bilimini baholash. Download 288.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling