"Oriental Art and Culture" Scientific -methodical Journal (2) I/2020
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqbadiiy-matnni-lingvostatistik-tomondan-tahlil-qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya – Maqolada Erkin Vohidov va Abdulla Oripov asarlari lingvostatistik metod
- – Lingvostatistika, matn, tadqiq qilmoq, statistik metod, qonuniyat, ijtimoiy hodisa, til birliklari, axborot nazariyasi.
- Abstract – The article analyzes the works of Erkin Vоhidov and Abdulla Aripov using
- – Linguostatistics, text, research, statistical method, law, social phenomenon, language units, information theory.
“Oriental Art and Culture” Scientific -Methodical Journal – (2) I/2020 ISSN 2181-063X http://oac.dsmi-qf.uz Badiiy matnni lingvostatistik tomondan tahlil qilish D.Nu’monova, Namangan davlat universiteti, E-mail: dilafruz.numonova@mail.ru U.Qo‘ziyev, Namangan davlat universiteti, E-mail: fellow-257@mail.ru Annotatsiya – Maqolada Erkin Vohidov va Abdulla Oripov asarlari lingvostatistik metod yordamida tahlil qilinadi. Dastlab lingvostatistika haqida ayrim ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. So‘ng asarda qo‘llanilgan yordamchi so‘z birliklari, egalik va kelishik kategoriyalari foiz miqdorida hisoblab, raqamlar orqali fakt keltirib o‘tiladi. Kalit so‘zlar – Lingvostatistika, matn, tadqiq qilmoq, statistik metod, qonuniyat, ijtimoiy hodisa, til birliklari, axborot nazariyasi. Linguistic and statistical analysis of literary text D.Nu’monova, Namangan state university, E-mail: dilafruz.numonova@mail.ru U.Qo‘ziyev, Namangan state university, E-mail: fellow-257@mail.ru Abstract – The article analyzes the works of Erkin Vоhidov and Abdulla Aripov using linguistic methods. First, some information on linguistics is presented. Subsequently, the auxiliary vocabulary, ownership, and consensus categories used in the work are calculated as a percentage and expressed in figures. Keywords – Linguostatistics, text, research, statistical method, law, social phenomenon, language units, information theory. O‘zbek tilshunosligi yildan yilga jadal sur’atda rivojlanib bormoqda. Tilshunoslikning hamma sohasi ustida mutaxassislarimiz ilmiy ish va tadqiqotlar olib borishmoqda. Bizning esa tadqiqot sohamiz Lingvostatistika sohasi bilan uzviy bog‘liqdir. Ma’lumki, Lingvostatistika matnni o‘rganishning o‘ziga xos usulidir. Matnni tadqiq qilishda statistik metodlardan foydalanilar ekan, bunday metodlar muayyan bir matnda so‘z yoki ibora, bo‘g‘in yoki gap singari til birliklarining qo‘llanishida o‘ziga хos qonuniyatlarni aniqlashga qaratiladi. Til o‘ziga хos tizimga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisa bo‘lganligi tufayli til birliklari muayyan tizimda joylashgan bo‘ladi. Lingvostatistik tahlil imkoniyatlari til birliklarining qonuniyatlarini kuzatish va shu kuzatish natijalarini qayta ishlash jarayonida aniqlanadi. Bunda tabiiy fanlarning metodlaridan foydalaniladi. Shuning uchun lingvostatistik metodlar tabiiy-ilmiy metodlar tarkibiga kiradi. Til muammolari statistik jihatdan aхborot nazariyasi metodlari yordamida ham o‘rganiladi. R.G.Piotrovskiy “Yozma matnni information o‘lchash” nomli asarida bu haqida quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Til aloqa vositasi bo‘lgani uchun uning birliklari lingvostatistik metodlar yordamida hamda informatsion usullar orqali baholanadi va o‘lchanadi”. [1] Professor Ernest Begmatov ham lingvostatistika haqida o‘zining yetarli ma’lumotlarini qoldirgan. Masalan, professor E.Begmatov matn leksikasi- ni tahlil qilishning bunday miqdoriy usullarini o‘z mohiyatiga ko‘ra noilmiy, nazariy jihatdan yetarli asoslanmagan bir urinish, deb hisoblaydi. Professor E.Begmatov o‘zining bu fikrini quyidagi dalillar bilan asoslashga intiladi: 1. Matnlarda ko‘p bor takror qo‘llanuvchi so‘zlar (masalan, bog‘lovchilar, atoqli otlar va b.) miqdoran qanday hisoblangani bu ishlarda noaniq. 2. O‘zlashma so‘zlar asosida o‘zbek tilida yasalgan so‘zlarning o‘z qatlamga kiritilgani yoki o‘zlashma qatlamga kiritilgani ham noma’lum. 3. Olib borilgan tahlillarda asosiy diqqat o‘zlashma qatlamning miqdoriy nisbatini aniqlash va baholashga qaratiladi, хolos. [2] Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonida 100 ta yordamchi birliklar tahlil qilindi [3]: 119 “Oriental Art and Culture” Scientific -Methodical Journal – (2) I/2020 ISSN 2181-063X http://oac.dsmi-qf.uz Yordamchilar – 100% Bog‘lovchilar – 41% Ko‘makchilar – 26% Yuklamalar – 33% Bundan bog‘lovchilar orasida ham faol qo‘llangan birliklar mavjud. Xususan, 41 ta bog‘lovchilar tarkibida eng ko‘p bilan bog‘lovchisi qo‘llangan. Buni foiz miqdorida ko‘rsatadigan bo‘lsak, quyidagi raqamlar yuzaga keladi: Bog‘lovchilar – 100% (41ta) Bilan – 26,8% Ammo – 17% Lekin – 14,6% Agar – 12,1% va hokazo. Ko‘makchilar orasida ham faol qo‘llangan birliklar mavjud. Xususan, 26 ta ko‘makchilar tarkibida eng ko‘p -dek ko‘makchisi qo‘llangan. Buni foiz miqdorida ko‘rsatadigan bo‘lsak, quyidagi raqamlar yuzaga keladi: Ko‘makchilar – 100% (26ta) Dek – 30,7% Uchun – 23% Qadar – 3,8% Uzra – 3,8% va hokazo. Yuklamalar orasida ham faol qo‘llangan birliklar mavjud. Xususan, 33 ta yuklamalar tarkibida eng ko‘p ham yuklamasi qo‘llangan. Buni foiz miqdorida ko‘rsatadigan bo‘lsak, quyidagi raqamlar yuzaga keladi: Yuklamalar – 100% (33ta) Ham – 57,5% Mi – 24,2% -ki – 12,1% -ku – 6% Faqat – 3% va hokazo. Abdulla Oripov “Birinchi muhabbatim” kitobida 100 ta yordamchi birliklar tahlil qilindi [4]: Yordamchilar – 100% Bog‘lovchilar – 44% Ko‘makchilar – 18% Yuklamalar – 37% Bunda bog‘lovchilar ichida ham faol qo‘llangan birliklar mavjud. Xususan, 44 ta bog‘lovchilar tarkibida eng ko‘p bilan bog‘lovchisi qo‘llangan. Buni foiz miqdorida ko‘rsatadigan bo‘lsak, quyidagi raqamlar yuzaga keladi: Bog‘lovchilar – 100% (44ta) Bilan – 18% Va – 11,3% Balki – 6,8% Ammo – 6,8% Lekin – 6,8% va hokazo Ko‘makchilar ichida ham faol qo‘llangan birliklar mavjud. Xususan, 19 ta ko‘makchilar tarkibida eng ko‘p deb ko‘makchisi qo‘llangan. Buni foiz miqdorida ko‘rsatadigan bo‘lsak, quyidagi raqamlar yuzaga keladi: Ko‘makchilar – 100% (19ta) Deb – 31,5% -day – 15,7% Kabi – 10,5% Avval – 10,5% va hokazo Yuklamalar ichida ham faol qo‘llangan birliklar mavjud. Xususan, 37 ta yuklamalar tarkibida eng ko‘p ham yuklamasi qo‘llangan. Buni foiz miqdorida ko‘rsatadigan bo‘lsak, quyidagi raqamlar yuzaga keladi: Yuklamalar – 100% (37ta) Ham – 32,4% Faqat – 29,7% Gina – 16,2% -mi –10,8% -da – 10,8% va hokazo. Erkin Vohidovning “Iztirob” [5] nomli kitobidan o‘rin olgan “Yuragingda makon tutgan qul” she’rini lingvostatistik jihatdan tahlil qildik. Undagi egalik kategoriyalarini ham, kelishik kategoriyalarini tadqiq etdik. Ushbu she’rda egalik kategoriyasiga oid birliklar 13 ta qo‘llangan. Egalik kategoriya- laridan eng ko‘p II shaxs birlik egalik kategoriyasi qo‘llangan. Buni raqamlarda ham ko‘rishimiz mumkin: Egalik kategoriyasi – 100% (13ta) I shaxs birlik – 0 I shaxs ko‘plik – 0 II shaxs brilik – 76,9% II shaxs ko‘plik – 0 III shaxs birlik – 23% III shaxs ko‘plik – 0 Ushbu she’rda kelishik kategoriyasiga oid birliklar miqdori 16 ta. Kelishik kategoriya- laridan eng faol qo‘llangan birliklar O‘rin-payt va Chiqish kelishiklaridir. Buni raqamlarda ko‘rishimiz mumkin: 120 “Oriental Art and Culture” Scientific -Methodical Journal – (2) I/2020 ISSN 2181-063X http://oac.dsmi-qf.uz Kelishiklar – 100% (16 ta) Qaratqich kelishigi – 0 Tushum kelishigi – 6,2% Jo‘nalish kelishigi – 18,7% O‘rin-payt kelishigi – 37,5% Chiqish kelishigi – 37,5% Abdulla Oripovning “Birinchi muhabbatim” nomli kitobidan o‘rin olgan “Ohu” she’rini lingvostatistik jihatdan tahlil qildik. Undagi egalik kategoriyalarini ham, kelishik kategoriya- larini tadqiq etdik. Ushbu she’rda egalik kategoriyasiga oid birliklar 13 ta qo‘llangan. Egalik kategoriya- laridan eng ko‘p III shaxs birlik egalik kategoriyasi qo‘llangan. Buni raqamlarda ham ko‘rishimiz mumkin: Egalik kategoriyasi – 100% (13ta) I shaxs birlik – 7,6% I shaxs ko‘plik – 0 II shaxs birlik – 46,1% II shaxs ko‘plik – 0 III shaxs birlik – 53,8% III shaxs ko‘plik – 0 Ushbu she’rda kelishik kategoriyasiga oid birliklar miqdori 13 ta. Kelishik kategoriya- laridan eng faol qo‘llangan birlik Jo‘nalish kelishigidir. Buni raqamlarda ko‘rishimiz mumkin: Kelishiklar – 100% (13 ta) Qaratqich kelishigi – 15,3% Tushum kelishigi – 15,3% Jo‘nalish kelishigi – 38,4% O‘rin-payt kelishigi – 23% Chiqish kelishigi – 7,6% Tahlillardan ko‘rinadiki, bugungi kunda lingvostatistik jihatdan o‘rganiladigan, tadqiq etiladigan noyob asarlarimiz bisyor. Lingvo- statistik tahlil yordamida shoir nutqida faol qo‘llaniluvchi birliklar haqida talaygina ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida ham bu sohada bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ф ОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР [1] Muhamedova S., Saparnizoyova M., Matn lingvistikasi, Toshkent, 2011, b: 85-86 [2] Пиотровский Р.Г., Информационное измерение печатного текста. Энтропия языка и Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling