Umumiy psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari


Download 71.16 Kb.
bet1/6
Sana03.11.2023
Hajmi71.16 Kb.
#1741970
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 mavzu umumiy psixologiya


2-MAVZU. UMUMIY PSIXOLOGIYA FANINING ILMIY TADQIQOT METODLARI
REJA
1. Psixologiya fanining metodlari
2. B.G.Ananevning tadqiqot metodlari kllasifikatsiyasi
3. Hozirgi zamon psixologiyasi ilmiy tadqiqot metodlari
4. Proektiv metodlar.


2-THEME. SCIENTIFIC RESEARCH METHODS OF GENERAL PSYCHOLOGY
1. Modern methods of scientific research in psychology.
2. B.G.Ananev's research methods, classification method and their types
3. Method of experiment, method of survey and its types, method of studying activity, test method, sociometric method, biographical method. Proactive methods.


Tayanch so‘z va iboralar: metod, usul, tadqiqot metodlari, tashkiliy guruh, empirik guruh, sharhlash guruhi, tahlil qilish guruhi
Psixologiya fanining metodlari
Ma’lumki, har qanday fan o’z predmetiga ega. Psixologiyaning predmeti pixika bo‘lib, u ob’ektiv olamni psixik hodisalar asosida aks ettirib, yuzaga kelgan va akllangan obraz subyekt faoliyatini, xulq-atvorini maqsad sari o’naltiradi. Bundan tashqari har qanday fan qandaydir hodisa qonuniyatlarini bilish uchun ma’lum bir metodlardan foydalanadi. I.P.Pavlov “Metodning qo‘lida tadqiqot taqdiri yotadi” degan edi. Metodlar tizimi fanning umumiy metodologiyasiga birlashadi. Metodologiyani keng ma’noda oladigan bo’lsak, u ma’lum tizimga ega bo’lgani bilimlrni izlab topishga qaratilgan, mantiqan ketma-ketlikka ega bo’lgan metodlardir. Ko’pchilik olimlar bu atamani ilmiy metod tushunchasiga mos tarzda tushunadilar va foydalanadilar, metodologiya faqat ilmiy tarzda qabul qilinishi deb ta’kidlaydilar. Metodologiya (yunoncha methodes - bilish, tadqiq qilish, izlanish yo’li, logos tushuncha, ta’limot) amaliy faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tamoyillari, usullari tizimi hamda ushbu tizim haqidagi talimotdir. Metodlar - psixologiyani o‘rganish usullari va yo‘llari yig‘indisi, "Metod" bu bilish, anglash yo‘li bo‘lib, bu usul orqali fanning predmeti aniqlanadi. (S.L.Rubinshteyn).
Shuni alohida takidlash lozimki, psixologik tadqiqotlaming tashkil etilishiga va o‘tkaziiishiga ma’lum bir talablar qo’yiladi. Ular quyidagilardir:
-Tadqiqotlami rejalashtirish. Metod va metodikalrni tanlash va ularni sinab ko’rish.
- Tadqiqotni o’tkazish joyi.
-Tadqiqotni texnik jihozlash.
Tadqiq qilinuvchilarni tanlash.
HP Tadqiqotchi, shubhasiz, tadqiqotning borishiga tasir etadi va tadqiqotni rejalashtirishdan to xulosa va tavsiyalar chiqarishga qadar ma’suliyatni his qiladi va bu muhim ahamiyatga ega.
- Ko‘rsatma - u aniq va qisqa bo‘Iishi lozim.
- Tadqiqot qoidasi bayonnoma to‘liq va maqsadga yo‘nalgan bo‘lishi
kerak.
-Tadqiqot natijalarini qayta ishlash.
Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlari xilma-xildir. Shu bilan birga, ularni klassifikatsiya qilish ham turlichadir. Biz mashhur psixolog B.G.Ananev tomonidan tavsiya qilingan metodlarni sanab o‘tishga harakat qilamiz. U tekshirish metodlarini to‘rt guruhga bo‘ladi:

Download 71.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling