Bajardi: Kalonov Ilhom
Download 47.39 Kb.
|
Kalonov Ilhom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bagdasaryan K. M. Iqtisodiy integratsiya modeli tahlili // Iqtisodiyot nazariyasi jurnali. - 2019. - T. 16. - No 3. -S. 352-361
Mavzu: Iqtisodiy integratsiya jarayonlarda globallashuv Bajardi: Kalonov Ilhom MUNDARIJA Kirish Iqtisodiy integratsiya va globallashtirish nima? Integratsiya jarayonlariga ta'sir etuvchi omillar Iqtisodiy integratsiya va globallashtirish qanday iqtisodiy foydani va qiyinliklarni olib kelmoqda? Jahondagi integratsiya jarayonlarining asosiy modellari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mamlakatlar o‘rtasida barcha sohalardagi o‘zaro aloqalarning kuchayishiga olib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida, rivojlanish va taraqqiy etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda o‘ziga xos tahdidlarni ham keltirib chiqarmoqda. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish va tahdidlarga nisbatan hamkorlikda qarshi turish maqsadida ma’lum mintaqalar doirasida turli darajadagi integratsiyaviy jarayonlarni faollashganini kuzatish mumkin. Integratsiyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan birga, ushbu yo‘nalishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish zaruratini kun tartibiga chiqaradi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin: “iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish va eksportni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifadir... Biz eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishimiz, ichki bozorda raqobat muhitini shakllantirishimiz zarur”1 Shu o‘rinda, global va mintaqaviy darajada kechayotgan integratsiya jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning quyidagi fikrlariga e’tibor qaratish lozim: “Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang‘ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida turli darajalarda - dunyo miqyosida va mintaqah ko‘lamida - integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: birdavlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi”Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonning har qanday integratsiya jarayonlaridagi ishtiroki, birinchi navbatda, milliy manfaatlardan kelib chiqishini, shu bilan birga, integratsiyalashuv natijasida boshqa davlatlar bilan aloqalarni yomonlashishga yo‘l qo‘yilmasligini anglatadi.Hozirgi paytda, integratsiya to‘g‘risida fikr yuritganda eng avvalo iqtisodiy integratsiya nazarda tutiladi. Shu o‘rinda, har qanday davlatlararo integratsiyaning ikkita - iqtisodiy va siyosiy tashkil etuvchisi mavjudligini e’tiborga olish lozim. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan boshlab, turli darajadagi integratsiya jarayonlarida ishtirok etib kelmoqda. Mazkur maqolada, iqtisodiy integratsiya jarayonlarini tadqiq etishga oid ilmiy yondashuvlar o‘rganiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tadqiqot ishining dolzarbligi quyidagilar bilan izohlanadi: •iqtisodiy integratsiya jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlariga ta’sirini baholash bo‘yicha uslubiy instrumentning yo‘qligi; •iqtisodiy integratsiya jarayonlarida mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tajribaning (“immunitetning”) yetarli emasligi; • iqtisodiy integarsiya jarayonida milliy iqtisodiyot tarmoqlarining ixtisoslashuvi modelining yaratilmaganligi va h.k Iqtisodiyotining globallashuvi, jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi va xalqaro maydonda yirik davlatlar o‘rtasida keskinlikning o‘sib borishi sharoitida, mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlari mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, shuningdek o‘z geoiqtisodiy va geosiyosiy maqsadlariga erishishlarida muhim omil bo‘lib qolmoqda. Bir tomondan, dunyo miqyosida iqtisodiy aloqalarning kengayishi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, sanoat ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. “Integratsiya” tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib, integratio – birikish, kengayish, integer – yaxlit, yagona, ma’nolarini anglatadi, hamda qismlarning o‘z xususiyatlarini saqlab qolgan holda bir butunga birlashishlarini nazarda tutadi2Integratsiya tushunchasi sohalar va tarmoqlar kesimida keng qo‘llaniladi va har bir holatda o‘ziga xos ma’no kasb etadi. Shu sababli turli manbalarda unga turlicha ta’riflar beriladi. Xususan, siyosiy integratsiya – davlatlararo siyosiy tuzilmalarni shakllantirish, yagona strategik maqsadlar va siyosiy huquqiy bazani shakllantirishni, ijtimoiy integratsiya – jamiyatdagi ijtimoiy qatlam va guruhlarning o‘zaro hamkorligini, madaniy integratsiya – til, urf-odat va madaniyatlararo aloqalarning kuchayishini, iqtisodiy integratsiya esa mamlakatlar milliy manfaatlaridan kelib chiqib, ixtiyoriylik asosida, mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda iqtisodiy rivojlanishni va ishlab chiqarish raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida o‘zaro chuqur va barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Shuni e’tiborga olish lozimki, integratsiya dinamik jarayon bo‘lib, doimo ichki va tashqi omillar ta’siri ostida rivojlanadi. Xususan, avval bir butun bo‘lakka birlashgan qismlar obyektiv yoki subyektiv sabablar bo‘yicha ajralib ketishi jarayoni dezintegratsiyani (lotinchadan de – “bekor qilish” + integratio – “birikish”) keltirib chiqarsa, ularning yana qaytadan birlashishi reintegratsiyani (lotinchadan re – “qayta” + integratio – “birikish”) keltirib chiqaradi. Nazariyotchilar integratsiyani bir paytning o‘zida ham doimiy rivojlanib boruvchi jarayon (dinamik), ham ma’lum bir holat (statik) sifatida tadqiq etishni taklif etadilar 3 Iqtisodchi olimlarning fikricha integratsiya jarayonlari turli darajalarda amal qilib, dunyo miqyosida (globalizatsiya) va bir nechta davlatlar o‘rtasida (mintaqaviy integratsiya) kechishi mumkinligiga e’tibor qaratishadi. Global darajadagi iqtisodiy integratsiya Butunjahon savdo tashkiloti doirasida, mintaqaviy integratsiya davlatlar o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama savdoni erkinlashtirish va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar asosida tashkil etilmoqda. Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda dunyodagi hech bir davlat boshqa mamlakatlar bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ymay taraqqiy eta olmaydi. Davlatlar siyosiy, iqtisodiy, geosiyosiy yoki geoiqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda ma’lum tuzilmalarga birlashadilar va turli integratsiyaviy guruhlarni shakllantiradilar. Ayni paytda jahondan 50 dan ortiq iqtisodiy integratsiyaviy birlashmalar, 300 ga yaqin mintaqaviy savdoni erkinlashtirishni nazarda tutuvchi ko‘p tomonlama davlatlararo kelishuvlar amal qilmoqda.4 1-rasm. Integratsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar5 Yuqoridagi chizmada keltirilganidek, transformatsiyaviy omillar mintaqaviy integratsiyaviy tuzilmalarga birikayotgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan bog‘liq bo‘lsa, transaksion omillar integratsiya subyektlarining o‘zaro aloqalarini kuchaytirishga xizmat qilishi bilan tavsiflanadi. Mazkur omillarning mamlakatlar kesimida bir-biridan tubdan farq qilishi, davlatlarning o‘z geoiqtisodiy va geosiyosiy manfaatlarini himoya qilishga bo‘lgan intilishlari va global miqyosda yuz berayotgan siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar bir makondagi mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarini turli darajalar va sur’atlarda kechishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiy integratsiyani tadqiq etishda yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qilmoqda. Bu borada hozirgi kunda nazariyotchi olimlar tomonidan “qiyosiy regionalizm” (Comparative Regionalism) tushunchasi kiritilmoqda. Ushbu yondashuvga ko‘ra, mintaqaviy integratsiyalashuv jarayonlarida mintaqadan tashqaridagi davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlar, xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik va mamlakatlardagi siyosiy barqarorlikni saqlab qolishga bo‘lgan intilish, mintaqa doirasidagi o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlik omiliga nisbatan ko‘proq ahamiyat kasb etadi6 Shu o‘rinda tadqiqotchilar rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tomonidan tashkil etilgan integratsiyaviy tuzilmalar o‘rtasidagi farqlarga e’tibor qaratadilar. Ularning fikricha, rivojlanayotgan davlatlar ishtirokidagi integratsiyaviy tashkilotlarda umumiy qadriyat sifatida suverenitetning saqlanishi va ichki ishlarga aralashmaslik g‘oyasi ilgari suriladi.7 Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda, mamlakatlar oldida turgan “integarsiyalashuv jarayonida ishtirok etish kerakmi?” yoki “davlatdan yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan o‘z suverenitetning cheklashga yo‘l qo‘ymaslik kerakmi?” degan savollarga javob berishga yangicha nuqtai nazar bilan qarash imkoniyatini yaratadi. Bu esa mintaqada kechayotgan iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etishda har bir mamlakat o‘z iqtisodiy salohiyatidan, siyosiy maqsadlaridan va milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda tuzilma doirasidagi majburiyatlarni qabul qilish darajasi va ularni bajarish davrini mustaqil tarzda belgilashi mumkinligini anglatadi. Iqtisodiy integratsiya va globallashtirish jahon iqtisodiyoti va mamlakatlarning o'zaro bog'lanishini va ta'sirini ko'plab o'zgartirib bormoqda. Bu jarayonlar birinchi qatorda o'zaro bozorlarni rivojlantirish, savdo va xizmat almashishini osonlashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni o'z ichiga oladi. Buning natijasida keng miqiyosda eng zo'r javoblar kengayib, ya'ni iqtisodiy foydalar va qiyinliklar komplex va farqli yondashuvlar bilan bog'liqdir. Iqtisodiy Integratsiya va Globallashtirishning Iqtisodiy Foydalari: 1. Savdo Va Xizmat Osonlashtirilishi: Iqtisodiy integratsiya va globallashtirish mamlakatlarni dunyo bozorlariga kirish uchun o'zaro savdo va xizmat osonlashtirishini oshiradi. Bu, mamlakatlarning tashqi savdo miqyosini oshirib, har bir mamlakat uchun iqtisodiy foydani ko'paytiradi. 2. Xorijiy Investitsiyalar: Globallashtirish va integratsiya mamlakatlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini beradi. Bu investitsiyalar mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi va yangi ish o'rinlarini yaratishiga olib keladi. 3. Texnologik Rivojlanish: Qirq yil avval, iqtisodiy integratsiya va globallashtirish texnologiyalar va innovatsiyalarni tezlashtiradi. Mamlakatlar o'rtasidagi texnologik almashish, yangi mahsulotlar yaratish va texnologiyalarni doimo yaxshiaydi o'rganishga olib keladi. 4. Innovatsiyalar va Tadbirlar: Iqtisodiy integratsiya va globallashtirish yangi ideyalarni olib keladi. Ularni ishlab chiqarish va amaliyotga o'tkazish uchun eng katta qiyinliklar va muammolar yuzaga keladi. Shuning uchun, innovatsiyalar va tadbirlar muhimdir. Iqtisodiy Integratsiya va Globallashtirishning Qiyinliklari: 1. Kuchli Integratsiya: Integratsiya jarayonlari ilg'or ishonch hosil qilishi kerak va ular o'zaro iqtisodiy, siyosiy, va ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishlari kerak. Bu, so'zlashgan jamoa va iqtisodiy to'g'ri kelishlarini amalga oshirishni talab qiladi. 2. Xorijiy Mablag'lar Kechishi: Mamlakatlar qo'shma kapitalni va xorijiy mablag'larini olib kelish yoki export qilish orqali moliyalashtirish uchun boshqa mamlakatlarning talablari va shartlari bilan bosh tortishlari mumkin. 3. Ishsizlik va Moliyaviy Barqarorlik: Globallashtirish va iqtisodiy integratsiya o'rtasidagi mushtarak ish o'rinlarining o'zgarishi natijasida qisqa muddat ichida ishsizlik va iqtisodiy barqarorlikni ta'sir qilishi mumkin. 4. Qadriyatlar va Mahsulot Turi: Iqtisodiy integratsiya va globallashtirish jahon bo'ylab mahsulotlar, xizmatlar, va boshqa iqtisodiy tuzilmalar ko'payishini olib keladi, ammo mamlakatlarning o'z mahsulotlarini himoya qilish, ularning o'z tashqi tizimlarini barqarorlashtirish lozim. Iqtisodiy integratsiya va globallashtirish dunyo iqtisodiyotini o'zgartirib bormoqda. Ular mamlakatlarga kengayish, innovatsiyalar va investitsiyalar ko'rsatadi, lekin ulardagi muammolar va qiyinliklar ham kelajakdagi iqtisodiy rivojlanishni talab qiladi. Shuning uchun, qo'shma integratsiya va globallashtirish jarayonlarini tarqatish uchun yangi siyosiy va iqtisodiy yondashuvlar zarurdir, shuningdek, iqtisodiy foydalar va qiyinliklarni adolatli qo'llab-quvvatlash va boshqa hal qilishning yollari qidirilishi kerak. 2-rasm. Integratsiyaviy model tuzilmasi8 Iqtisodiy integratsiya jarayonlari darajalaridan kelib chiqqan holda integratsiya subyektlari davlatlar (rasmiy daraja) va biznes-tuzilmalar (korporativ daraja) bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda rasmiy institutsional mexanizmlar faqat davlatlararo iqtisodiy integratsiya sharoitida shakllantiriladi. Institutsional mexanizmlarni tanlashda integratsiya subyektlarining iqtisodiy aloqalarining chuqurligi va hamkorlikning shakllari asosiy omillar hisoblanadi. Integratsiya jarayonida ishtirok etuvchi biznes-tuzilmalar o‘z navbatida milliy tadbirkorlik subyektlari va transmilliy kompaniyalardan (TMK) iborat. Yuqoridagi subyektlarining integratsiya jarayonlarida ishtirok etish maqsadlarini sharti ravishda quyidagicha ifodalash mumkin: - milliy tadbirkorlik subyektlari: savdo tarmoqlarini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish; - TMK: monopol mavqeiga erishish orqali arzon resurslarga ega bo‘lish va foyda darajasini ko‘tarish; - davlatlar: ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, geosiyosiy va geoiqtisodiy manfaatlarni qondirish. Davlatlararo iqtisodiy integratsiyalashuv modelini shakllantirishda ishtirok etuvchi mamlakatlarning iqtisodiy potensialining o‘zaro mutanosibligi muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy jihatdan bir davlatning boshqalariga nisbatan yaqqol ustuvorligi o‘z-o‘zidan unga ushbu tuzilmadagi o‘ziga xos “lokomativ” rolini bajarishga zamin hozirlaydi. Bu esa, integratsiyaviy tuzilma doirasida, boshqa iqtisodiy jihatdan zaif davlatlarining yetakchi mamlakat ta’sir doirasiga tushishiga olib keladi. Integratsiya jarayonlarinig chuqurlashishi iqtisodiy (xususan, o‘zaro savdoda, mehnat migratsiyasi, tashqi investitsiyalarni jalb etishda) nomutanosibliklarni yanada kuchaytiradi, bu esa o‘z navbatida, kompensatsion mexanizmlarni shakllantirishni, davlatlararo munosabatlarni institutsional tartibga solish zaruratini keltirib chiqaradi. Quyidagi chizmada integratsiyaviy modellarning iyerarxik rivojlanish bosqichlari keltirilgan. 3-rasm. Davlatlararo iqtisodiy integratsiyalashuv shakllarining iyerarxik tuzilishi Davlatlararo iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarining dastlabki bosqichi o‘zaro savdoda turli afzalliklar berishni nazarda tutuvchi ikki va ko‘p tomonlama bitimlarni tuzishni nazarda tutadi. Erkin savdo hududi doirasida o‘zaro savdoda bojxona bojlari va notarif to‘siqlar pasaytiriladi yoki olib tashlanadi, erkin tranzit o‘tkazuvi ta’minlanadi. Bojxona ittifoqida yagona bojxona hududi shakllantiriladi, a’zo bo‘lmagan davlatlarga nisbatan yagona bojxona tariflari, savdoni notarif tartibga solish qoidalari belgilanadi, yagona bojxona qonunchiligi amal qiladi, davlatdan yuqori turuvchi boshqaruv tashkiloti tuziladi hamda boshqa mamlakatlarga nisbatan umumiy savdo siyosati yuritiladi. Umumiy bozorda tovar, xizmat, kapital va ishchi kuchining erkin harakatlanishi ta’minlanadi, milliy qonunchilik me’yorlari o‘zaro yaqinlashtiriladi, davlat haridlari va tabiiy monopoliyalarni taritibga solishning umumiy tamoyillari ishlab chiqiladi, mamlakatlar iqtisodiyotning muhim sohalarida o‘zaro muvofiqlashtirilgan siyosat olib boradilar. Iqtisodiy ittifoq sharoitida a’zo davlatlar o‘zaro muvofiqlashtirilgan makroiqtisodiy siyosat yuritadilar, hamda iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqadilar. Iqtisodiy va valyuta ittifoqiga birlashgan davlatlar, iqtisodiy ittifoqdagi shart-sharoitlarni yaratish bilan birga yagona valyuta va pul-kredit siyosatini amalga oshiradilar, yagona valyutani joriy qilishadi hamda umumiy emission markazni tashkil etadilar. Yuqorida sanab o‘tilgan integratsiyaviy tuzilmalar faoliyatini samarali tashkil etishda tegishli institutsional mexanizmlarni joriy etish muhim rol o‘ynaydi. Xususan, preferensial savdo bitimlari va erkin savdo hududlari doirasida o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda alohida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlaridan tuzilmaydi. Savdo munosabatlarini, Preferensial savdo hududi, Erkin savdo hududi, Bojxona ittifoqi, Umumiy bozorIqtisodiy ittifoq Iqtisodiy va valyuta ittifoqi muvofiqlashtirish bo‘yicha a’zo davlatlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar shakllantiriladi. Integratsiya jarayonlarining yuqori darajasida alohida vakolatlarga ega bo‘lgan maxsus tashkilot tuzish zarurati yuzaga keladi. Mazkur organ barcha a’zo davlatlar uchun majburiy bo‘lgan qarorlarni bajarish ustidan nazoratni amalga oshiradilar, qarorlar qabul qilish mexanizmlarini (konsensus, ovoz berishning turli shakllari) takomillashtrish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zaro savdodagi disbalans va iqtisodiy yo‘qotishlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha fondlarni tashkil qiladilar. Ushbu integratsiyalashuv jarayonlarida a’zo davlatlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy qarama-qarshiliklar bilan bir qatorda ularning o‘z suverenitetlarini cheklashga naqadar tayyorligi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda, ayrim tadqiqotchilar mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni kengayishini turli yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rsatib o‘tadilar. Xususan, iqtisodiy regionalizmni ikki shakli mavjud bo‘lib, u mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik va mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaga ajratiladi, hamda ular o‘rtasidagi asosiy farq hamkorlik qilayotgan davlatlarning suverenitetining cheklanish yoki cheklanmasligi hisoblanadi. Bunda mintaqa davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlanishi o‘z ichiga imtiyozli savdo bitimlarini tuzishdan boshlab to global strategik hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlarga erishishgacha bo‘lgan jarayonlarni oladi, hamda davlatlar suverenitetini cheklamaydi 9. Hozirgi davrga kelib, integratsiyalashayotgan davlatlar o‘z suverenitetlarini cheklashga yo‘l qo‘ymagan holda, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni kuchaytiris, an’anaviy integratsiya shakllariga ayrim qo‘shimchalar kiritish hollari kuzatilmoqda. Masalan, erkin savdo hududini shakllantirgan mamlakatlar qo‘shimcha ravishda o‘zaro investorlar huquqlarini himoya qilish, tovar va xizmatlarni texnik standartlarini umumiy tartibga solish va boshqa yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama kelishuvlar tuzish orqali, nafaqat tovarlarni erkin harakatlanishi, balki o‘zaro kapital oqimini kuchaytirish, ishlab chiqarilayotgan tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlash kabi masalalarni ham hal qilishmoqda. Har qanday integratsiyaviy tuzilma samaradorligi subyektiv (a’zo davlatlarning amalga oshirayotgan chora-tadbirlari, integratsiyaviy tuzilmaning vakolatli organining o‘z vazifalarini bajara olish imkoniyatlari va h.k.) va obyektiv (integratsiyaviy salohiyat) omillarga bog‘liq. Integratsiyaviy salohiyat – integratsiyaviy tuzilmaga a’zo davlatlarning tabiiy, ishlab chiqarish, mehnat, moliyaviy, intellektual va boshqa resurslari majmuasi bo‘lib, ulardan birgalikda foydalanish, yakka tartibda foydalanilganga nisbatan ko‘proq samara berishi bilan tavsiflanadi. Ushbu omil integratsiyaviy tuzilmaning global miqyosda boshqa davlat va tuzilmalarga nisbatan raqobatli ustunlikka erishishlariga imkon beradi. Yuqoridagi aytib o‘tilgan integratsiyaviy salohiyatdan samarali foydalanishga a’zo davlatlarning umumiy chegaraga ega bo‘lish omili muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur omildan kelib chiqqan holda ayrim olimlar integratsiyaviy tuzilmalarni quyidagicha tasniflaydilar: 10 - mintaqaviy (umumiy chegaralarga ega davlatlar hamkorligi); - xalqaro (umumiy chegaraga ega bo‘lmagan, lekin bir qit’ada joylashgan davlatlar hamkorligi); - transkontinental (turli qit’alardagi davlatlarning hamkorligi). Mazkur tasnifga ko‘ra, ayrim shakldagi integratsiyaviy tuzilmalarni (bojxona ittifoqi, umumiy bozor) shakllantirishda umumiy chegaraga ega bo‘lish, ularning to‘laqonli faoliyat yuritishlarining muhim sharti hisoblanadi. Shu o‘rinda, dunyo miqyosidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlariga turli omillar ta’sir ko‘rsatib, ularni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin Xulosa
- Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarini murakkab va dinamik xarakterga ega ekanligi, uni tadqiq etish bo‘yicha turli ilmiy yondashuvlarni shakllanishiga olib keldi, bu esa, makon va zamon omilidan kelib chiqib, eng maqbul nazariyalar asosida ushbu fenomenni ilmiy o‘rganish va amaliy takliflar ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltirmoqda; - iqtisodiy integratsiya jarayonlarida eng dolzarb masalalardan biri davlatlarning ayrim suveren huquqlarini davlatdan yuqori turuvchi tashkilotlarga o‘tkazishi muammosi hisoblanadi; -O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlari kun tartibiga mintaq doirasidagi iqtisodiy integratsiyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning chuqur o‘ylangan tamoyillari va shakllarini ishlab chiqish masalasini qo‘ymoqda. Bu esa muammoning nazariy jihatlarini har tomonlama batafsil o‘rganish zaruratini keltirib chiqaradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi, 28 dekabr 2018 yil // Xalq so‘zi 271-272-son 29.12.2018 y. 2. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T.: O‘zbekiston, 1997. -B299. 3. Philippe De Lombaerde. Indicators of economic integration. United Nations University - Comparative Regional Integration Studies. Bruges, Belgium, 2008. 4. . Börzel T., T.Risse. Grand Theories of Integration and the Challenges of Comparative Regionalism. //Journal of European Public Policy, Issue 8, Published Online: May 2019. 19 p. 5. Sheryazdanova K. G. Zamonaviy integratsiya jarayonlari: darslik. Ostona: Davlat akademiyasi. masalan. PK Prezidenti huzurida, 2010. -61 b 6. Bagdasaryan K. M. Iqtisodiy integratsiya modeli tahlili // Iqtisodiyot nazariyasi jurnali. - 2019. - T. 16. - No 3. -S. 352-361 7. Mavlonov I.R. Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik muammolari va jahon tajribasi: nazariy jihatlari. //Xalqaro munosabatlar jurnali, 2019 yil, 1-son. - 20-21-betlar. 8. Integratsiya ko'rsatkichlari tizimi mintaqaviy integratsiya birlashmalari faoliyatini tahlil qilish vositasi sifatida. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, 2019 yil 9 Rastvortseva S.N., Lebedev A.O. Mintaqalararo iqtisodiy integratsiya omillari va shakllarini baholash usullarini ishlab chiqish: Monografiya. -M.: “Ekon-Inform”, 2016. - B.17. 1O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi, 28 dekabr 2018 yil // Xalq so‘zi 271-272-son 29.12.2018 y. 2Sheryazdanova K. G. Zamonaviy integratsiya jarayonlari: darslik. Ostona: Davlat akademiyasi. masalan. PK Prezidenti huzurida, 2010. -61 b.. 3 Растворцева С.Н., Лебедев А.О. Развитие методов оценки факторов и форм межрегиональной экономической интеграции: Монография. -М.: «Экон-Информ», 2016. - С.17 4 Integratsiya ko'rsatkichlari tizimi mintaqaviy integratsiya birlashmalari faoliyatini tahlil qilish vositasi sifatida. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, 2019 yil 5 Rastvortseva S.N., Lebedev A.O. Mintaqalararo iqtisodiy integratsiya omillari va shakllarini baholash usullarini ishlab chiqish: Monografiya. -M.: “Ekon-Inform”, 2016. - B.17. 6 Börzel T., T.Risse. Grand Theories of Integration and the Challenges of Comparative Regionalism. //Journal of European Public Policy, Issue 8, Published Online: May 2019. 19 p. 7 7 Болгова И., Никитина Ю. Евразийский экономический союз между интеграцией и суверенитетом. //Журнал Современная Европа, 2019, №5, -С 13-22. 8 Bagdasaryan K. M. Iqtisodiy integratsiya modeli tahlili // Iqtisodiyot nazariyasi jurnali. - 2019. - T. 16. - No 3. -S. 352-361 9Mavlonov I.R. Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik muammolari va jahon tajribasi: nazariy jihatlari. //Xalqaro munosabatlar jurnali, 2019 yil, 1-son. - 20-21-betlar.. 10Bagdasaryan K. M. Iqtisodiy integratsiya modeli tahlili // Iqtisodiyot nazariyasi jurnali. - 2019. - T. 16. - No 3. -S. 352-361 Download 47.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling