Kobalt avtomobilining moylash tizimini konustruksiyasini takomillashtrish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish


Download 23.9 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi23.9 Kb.
#1343819
Bog'liq
tezis 2


KOBALT AVTOMOBILINING MOYLASH TIZIMINI KONUSTRUKSIYASINI TAKOMILLASHTRISH BO‘YICHA TAKLIFLAR ISHLAB CHIQISH.
SAFARBOYEV MA’RUF
AndMI Avtomobilsozlik fakulteti Energiya Mashinasozlik yo‘nalish
2-bosqich talabasi

Butun dunyo innovatsion yechimlar izlayotgan bir paytda O‘zbekiston eng ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirgan qator davlatlar qatoriga qo‘shilish yo‘lidan ishonch bilan bormoqda. Kelajak avlodni o’ylagan holda, yurtimizda energiyada ishlovchi, zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish bo’yicha kamida 10 yil oldinga chiqish imkonini beruvchi yangi davr ostonasida turganimiz – bu O’zbekistonni MDHda birinchi va dunyoda 14-mamlakatga aylantirishda bizda barcha imkoniyatlar mavjud ekanligining yana bir isboti.
Bugun, O‘zbekiston avtomobilsozligi xalqaro maydonda o’z mavqeyiga ega bo’lish yo’lida odimlayotgani, hali oldinda katta marralar borligidan dalolat. Tan olish kerak, muhandislarimizning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda sohaga oid texnikalarni yanada rivojlantirishni bugungi davr taqozo etmoqda. Masalan, Janubiy Koreyada har yili talabalarning 50%i muhandislik sohasida tahsil oladi va ularning avtomobilsozlik sohasi hamda iqtisodiyotning yuksalishida erishgan yutuqlaridan barchamiz xabardormiz.
Yangi transport turini ishlab chiqarishga o'tish - kelajakka nazar solishni anglatadi. Kelajakda iqtisodiy rivojlangan, intellektual salohiyatga ega va raqobatbardosh davlatda, nafaqat transport vositasiga ega bo'lgan fuqarolarni ko'paytirish, balki ko’plab hali mavhum hamda kashf etilmagan yangiliklarni yaratuvchi ijodkor va olimlarni shakllantirish yo’lidagi izlanishlarimizni davom ettiramiz!
Zamonaviy avtomobil dvigatellari uchun murakkab (kombinatsiyalashgan) moylash tizimi qo'llaniladi: katta yuklanish bilan ishlayotgan detallarga moy bosim ostida, boshqalarga sachratish yoki o'z oqimi bilan yuboriladi. Tirsakli val va aylanayotgan boshqa detallar vositasida moy sachratiladi. Bunda dvigatel karterining bo'shlig’i moyning mayda tomchilari bilan to'ladi. Bu mayda moy tomchilari detallarga o'tiradi, so'ng ishqalanuvchi sirtlar orasidagi tirqishlarga oqib kiradi.
Shatun podshipniklariga moy tirsakli val ichidagi tuynuklar orqali o'ziga yaqin joylashgan o'zak bo'yinlaridan yetkaziladi. Gaz taqsimlash mexanizmi shtangalari va turtkichlarining sferasimon tayanchlari pulsatsiyalanadigan oqim bilan, qolgan detallar esa sachratib yoki moyning o'z oqimi bilan moylanadi.
Moy sidiruvchi halqa vositasida silindr devorlaridan sidirilgan moy, halqa ostidagi teshiklardan porshen ichiga tushib, bo'rtiqli tuynuklardagi va shatun kallagidagi porshen barmoqlari tayanchlarini moylaydi. Asosiy magistraldan moy bosim ostida termokuchli datchikka va kran ochiq holatida gidromuftaga jo'natiladi.
Nasosning radiator seksiyasidan moy markazdan qochma usulda tozalash filtriga va ochiq turgan kran orqali radiatorga hamda undan poddonga yuboriladi. Agar kran yopiq bo'lsa, u holda filtrdan o'tgan moy klapan orqali poddonga quyiladi.
Moy nasosi bosim hosil qiladi va moylash tizimida moyning aylanishini ta'minlaydi. Avtomobil dvigatellari uchun, odatda, shesternali moy nasoslari qo'llaniladi. Nasosning asosiy elementlari o'zaro ilashishda bo'lgan shesternalardir. Shesterna tirsakli valdan harakat oladigan valga shponka qo'yib o'tkazilgan. Yetaklanuvchi shesterna nasos korpusiga zichlab o'tkazilgan o'qda erkin aylana oladi. Ikkala shesterna korpusda juda kichkina (korpus bilan tishlarning cho'qqilari va yon sirtlari orasidagi) tirqish bilan aylanadi. Shesternalar aylanganda o'z tishlari orasidagi botiqliklarda moyni so'rish bo'shlig’idan haydash bo'shlig’iga olib o'tadi, u yerda moy tishlar ilashganda, botiqlikdan siqib chiqariladi'moy kanal orqali moylash tizimiga kelib tushadi. Moyning tizimdagi yuqori (maksimal) bosimi (0,3 - 0,9 MPa) reduksion klapan yordamida cheklanadi. Tarmoqdagi bosim belgilangan chegaraga yetganda klapan zoldiri prujinani siqadi va moyning bir qismi so'rish bo'shlig’iga yoki dvigatel karteriga oqib o'ta boshlaydi. Shu taxlitda tizimdagi moy bosimining ortib ketishiga yo'l qo'yilmaydi.
Seksiyalar korpusiga 0,8 - 0,85 MPa bosimida ochilishga rostlangan saqlagich klapanlari o'rnatilgan. Asosiy magistraldagi bosimni cheklovchi differensial klapan haydash seksiyasi korpusiga joylashtirilgan. U 0,4-0,45MPa bosimda ochilishga rostlangan.
Moy filtrlari muhim ahamiyatga ega. Chunki, ular moyni metall zarrachalari (yeyilish qurumlari), qurum, smola va changlardan tozalaydi. Moy yetarli darajada tozalanmasa, dvigatelning ishqalanuvchi detallari tez yeyiladi. Moy qabul qilgichning to'rsimon filtri, moyni nasosga kirishidan oldin dastlabki tozalovdan o'tkazadi. Avtomobil ichki yonuv divigatrllarini moylash tizimi nafaqat moylash balki sovitish va undan chiqayotgan shovqinni ham pasaytirishga xizmat qiladi. Ichki yonuv dvigatellarining moylash tizimiga taklifim shundan iboratki bilamizki moylash tizimida ish bajaradigan suyuqlik moy karterda turadi va shu joydan butun divigatel bo‘ylab aylanadi va ish bajarib kelgan moy qizigan xolatda karterga tushadi. Bilamizki ichki yonuv dvigatellarining karter qismidan sovitish tizimi tarmoqlari o‘tmagan yani karter devorlari ichidan suv aylanmaydi. Agar karter devorlaridan suv aylansa karterda turgan moy sovigan xolda turadi. Buning avzalliklari shundaki dvigatelda ishlayotgan moyni eksplatatsion davrining uzayishiga olib keladi.
Ilmiy raxbar Avtomobilsozlik kafedrasi assistenti Maxmudov Xayrullo.
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. M.M.Orifjonov. Ichki yonuv divigatellarini loyiihalash. Toshkent “O‘qituvchi” 1993 y.69 b

  2. Qodirov S.M.Ichki yonuv divigatellari. Toshkent “O‘qituvchi” 1988y.292 b

Download 23.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling