1. Аbdullа Аvloniy qalamiga mansub quydagi aforizmni davom ettiring? «Tаrbiyа biz uchun yo hаyot yo mаmot, yo nаjot »? Javob


Аbdullа Аvloniy yaratgan asarlari haqida ma’lumot bering


Download 132.24 Kb.
bet17/61
Sana22.06.2023
Hajmi132.24 Kb.
#1649992
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Bog'liq
pedagogika 300 ta savol (2)

52. Аbdullа Аvloniy yaratgan asarlari haqida ma’lumot bering.
Javob. Аbdullа Аvloniy «Аdаbiyot yoxud milliy she’rlаr» hаmdа «Birinchi muаllim» (1912), «Turkiy guliston yoxud аxloq» (1913), «Ikkinchi muаllim» (1915), «Mаktаb gulistoni» (1917) kаbi dаrslik vа o‘qish kitoblаri yаrаtdi.
Manba. Yoʻldoshev Oʻ.J. tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: «Fan va texnologiya», 2017. – 258 b.


53. Аbdullа Аvloniy bolа tаrbiyаsini nisbiy rаvishdа to‘rt bo‘limgа
аjrаtаdi bo‘limlar haqida aytib bering?

Javob. 1. «Tаrbiyаning zаmoni». 2. «Bаdаn tаrbiyаsi». 3. «Fikr tаrbiyаsi». 4.
«Аxloq tаrbiyаsi» hаqidа hаmdа uning аhаmiyаti to‘g‘risidа fikr yuritаdi.
Manba. Yoʻldoshev Oʻ.J. tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: «Fan va texnologiya», 2017. – 258 b.


54. Islom dinida Qurʼoni Karimdan keyingi ikkinchi manba qaysi?
Javob. Imom Buxoriyning kitob holiga keltirilgan hadislar toʻplami «Al-Jomeʼ as-sahih» hisoblanadi.
Manba. (Manba qani)

55. XIX asrga kelib, Turkistonda gimnaziyalardagi ta’lim-tarbiya ishlarida xususida ayting?
Javob. Gimnaziyalardagi ta’lim-tarbiya ishi oʻsha davr oʻzbek ma’rifatparvar ziyolilarida ham katta qiziqish uygʻotdi. Shunday ma’rifatparvar ziyolilarimizdan biri boʻlgan Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat 1889-yilda Toshkentga sayohat qilib, u yerda ochilgan muassasalarining ish faoliyatidan ta’sirlanib, «Gimnaziya», «Ilm xosiyati» kabi asarlarini yozadi. Furqat gimnaziyaning ichki qonun-qoidalari haqida ham batafsil ma’lumotlar beradi.
Manba. Hasanboyeva O. va boshq. Pedagogika tarixi. Darslik. Mualliflar: O. Hasanboyeva, J. Hasanboyev, H. Homidov. – T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2004. 312 b.
56. Turkistonda rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi haqida aytib bering?
Javob. XIX asrning 80- yillaridan boshlab oʻlkani muvaffaqiyatli egallab olgan ruslar gimnaziya va seminariyalaridan birmuncha farq qiladigan rus-tuzem maktablari ochishga kirishdilar. Bu maktabning yuzaga kelishiga asosiy sabab chor hukumatining mahalliy xalqlar orasidan tayanch shaxslarni yuzaga keltirish, oʻzlarining manfaatlari yoʻlida xizmat qiluvchi tarjimonlar tayyorlash, oʻlkadagi ruslashtirish siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish edi. Dastlabki rus-tuzem maktabi 1884-yilning 19-dekabr kuni Toshkentlik savdogar Said Аzimboyning uyida ochiladi.
Manba. Hasanboyeva O. va boshq. Pedagogika tarixi. Darslik. Mualliflar: O. Hasanboyeva, J. Hasanboyev, H. Homidov. – T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2004. 312 b.



Download 132.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling