1. abdulla avloniyning hayoti
Download 0.62 Mb.
|
ABDULLA AVLONIY (1878 - 1934)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munavvar Qorining ta`lim tarbiyaga oid qarashlari.
Munavvar Qori dunyoqarashining shakllanishida yuqorida tilga olingan voqea-hodisalardan tashqari, Turkiya va Misrdan kelgan mushavviqlar (tashviqotchilar)ning, turk, ozarbayjon, fors va rus tillaridagi adabiyotning rolini inkor qilib bo’lmaydi. Arxiv hujjatlari Turkiya bi-lan Turkiston va Buxoro ziyolilari o’rtasida mustahkam aloqa bo’lganini ko’rsatadi. Bundan tashqari, Orenburg, Qozon, Peterburgda nashr etilgan matbuot va adabiyot Ziyo Ko’kalp, Tavfiq Fikrat, Ziyo Posho kabi turk namoyandalaridan tashqari, islom va islom mamlakatlari istiqloli uchun qayg`urgan Muhammad Abdo, uning ustozi Jamoliddin Afg`oniy kabi kishilarning asarlari faqat Munavvar Qorigagina emas, balki ko’pgina musulmon mamlakatlaridagi yoshlarning ongi va dunyoqarashiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. J. Afg`oniyning Samarqand, Shahrisabz musulmonlarini Rusiya mustamlakasidan qutqarish to’g`risida 1875 yili turk sultoniga yozgan maktubidan keyin Buxoro va Turkistonga tashviqotchilar oqimi tinimsiz kelgan va ularning har biri oxranka tomonidan maxsus ro’yxatga olingan. Bulardan tashqari, o’sha davrda badiiy va ilmiy adabiyotchilar ichida Shekspir, Shiller, Volter, Didro kabi g`arb adib va mutafakkirlarning asarlari ham Turkistonga turli yo’llar bilan kirib kelganini ham unutmaslik lozim.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling