1. abdulla avloniyning hayoti
Download 0.62 Mb.
|
ABDULLA AVLONIY (1878 - 1934)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadid maktablari faoliyati
O’lkada yuz berayotgan voqealar tufayli, xalqning ruhi tushib ketganini, ziyolilarning esa ma’naviy tanazzul tomon yuz o’girganini ko’rgan Munavvar Qori bu holatlarning ijtimoiy ildizini tekshirishga urinadi. Ushbu urinish uning maktab va madrasa faoliyatini tamoman isloh qilish fikriga olib keladi. U madrasalarda asosiy darslarni arab tilida emas, balki ona tilida olib borish, diniy sabokdar bilan birga ijtimoiy fanlarni o’qitish masalasini ko’ndalang qo’ydi. Usuli jadid maktablari faoliyatini teran o’rganib, yangi usuldagi maktablarni tashkil etish masalasini kun tartibiga chiqardi. Sababi, ongda, fikrlashda, maorifda o’zgarish qilmay turib siyosatda o’zgarish qilib bo’lmasdi. Vijdonni uyg`otmay turib, g`aflatdan qutulib bo’lmasdi. Dushmanni engish, o’zini har jihatdan himoya qilishning eng asosiy quroli ma’rifatli odamlardan tashkil topgan yangi jamkyatni tashkil qilish edi. Bunga esa maktab va madrasa tizimida inqilob yasamay turib erishish mumkin emasdi.
Shuni yaxshi tushunib etgan Munavvar Qori 1901 yilda Toshkent shahrida ilk usuli savtiya maktabini ochadi. Zikr etilayotgan davrda Turkistonda, xususan, Toshkentda mak-tab ishiga tatarlar bilan birga qrimlik muallimlar ham o’z hissalarini qo’shganlar. «Turkestanskie vedomosti» gazetasining muxbiri G. Andreev bilan qilgan suhbatida Munavvar Qori usuli jadid maktablarining tashkil etilishi haqida to’xtalib, bunday deydi: «Shaxsan mening o’zim og`ir hayot yo’lini bosib o’tdim. Biron narsani o’rganish uchun avval Toshkent, so’ng uzoq muddat Buxoro madrasalarida tahsil olishimga to’g`ri keldi. Har holda, madrasalarda fanlarni uzoq yillar mobaynida o’qishimga qaramay, men hayot uchun zarur bo’lgan ko’p narsani ola olmadim.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling