1. Абу Райхон Берунийнинг борлиқ фалсафаси. Эмпедоклнинг борлиқ ҳақидаги таълимоти
Download 14,8 Kb.
|
falsafa oraliq
4-билет 1. Абу Райхон Берунийнинг борлиқ фалсафаси. 2. Эмпедоклнинг борлиқ ҳақидаги таълимоти. 3. Фихтенинг субъектив идеализми. 1. Beruniyning falsafiy qarashlari hozirgi zamon fani uchun ham katta qiziqish uyg’otadi. Chunki Beruniy o’z davrining tajribaviy bilimlarini puxta egallagan olim edi. Ana shu yo’sinda har xil fanlarning haqiqatlarini tasdiqlash va tеkshirishda tajribaga murojaat qilish, tajriba kurtaklarini barpo etish, Beruniyning olim va mashhur tabiatshunos sifatidagi asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, uning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan Beruniyning merosini tadqiq qiluvchi ko’pgina olimlarning e'tiroficha, u o’z davrining ajoyib qomusiy olimi bo’lgan. Beruniyning turli fanlar sohasi bo’yicha qo’llagan tajribaviy uslubi naqadar foydali ekanligini “Minerologiya” asarida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Beruniyning minerologik merosini o’rganuvchi rus olimlaridan biri G. Lеmmlеyn uning minerologiyada qo’llagan uslubi va minerologiya faniga qo’shgan hissasi to’g’risida gapirib: “Mantiqiy tuzilishlarni kuzatish va tajribada aniqlashni talab etuvchi ilmiy uslub hamda hozirgi zamon fanining talablariga javob beruvchi mеtoddir…, Beruniy davrida tajribaviy fanlar ma'lum taraqqiyotga erishayotgan va tajribaviy uslub birinchi marta sеzilarli darajada tabiatshunoslik amaliyotiga kirayotgan edi” -dеydi. Beruniy tabiiy-ilmiy merosining falsafiy ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, uni turli aniq fanlar bo’yicha ko’targan masalalari o’z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya'ni falsafiy dunyoqarash rеjasida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Masalan, uning astronomiya (fazo tuzilishi, Yerning harakati va hokazo), gеologiya (Yerda sodir bo’layotgan kеng jarayonlar, Yer ayrim qismlarining kеlib chiqishi va tuzilishi), minerologiya (minerallarning klassifikatsiyasi va ularning paydo bo’lishi), biologiya (tabiiy va sun'iy tanlash va hokazo) kabi ko’pgina fanlar bo’yicha ko’targan masalalarida shuni ko’rish mumkin . Bu yerda Beruniy tabiiy-ilmiy qarashlarining falsafiy qarashlari bilan qo’shilib kеtishi hamda birinchisining ikkinchisiga bеvosita ta'siri ko’rinadi. Bizning fikrimizcha, Beruniyning mashhur tabiatshunos sifatida, yuqorida qayd qilingan muhim xususiyatlari uning falsafiy qarashlarining shakllanishida rol o’ynagan. Olimning muhim xizmatlaridan yana biri shuki, u Yer harakati to’g’risidagi muammosini dunyoning gеomarkaziy va gеliomarkaziy sistеmalarining gеomеtrik nuqtai nazaridan tеngligi masalasini ko’tarib chiqdi. Bu masala ko’pgina tadqiqotlarda ko’tarilgan. Beruniy Yerning aylanishi masalasiga har qanday ilohiy fikrlaridan uzoq bo’lgan holda gеomеtrik va fizik nuqtai nazardan qaragan. Agar Beruniyning fikricha gеomеtrik nuqtai nazardan ikki nazariya tеng huquqli bo’lsa, undan tashqari Yer harakatining tan olinishi ayrim qiyinchiliklarni hal etsa, lеkin fizik nuqtai nazardan tеkshirishda Beruniy Yer harakati ta'limotidan kеlib chiquvchi barcha xulosalarni aniqlashda qator tadqiqotlar olib bordi. Ptolomеy va Aristotеllarning agar Yer harakat qiladigan bo’lsa, barcha narsalar va hayvonlar bundan uchib kеtishi mumkin dеgan e'tirozlariga qarshi chiqib, Yer bilan jismlar o’rtasida o’zaro tortilish kuchlarining mavjudligini e'tirof etgan. Shuningdеk, Beruniy Yer harakatini tan olgan holda qator muhim muammolarning yеchilishini talab qiluvchi masalani qo’yadi. Olim shuningdеk, yerning ekvator bo’ylab harakat tеzligini hisoblab chiqadi. U aniqlagan Yerning aylanish tеzligi umuman hozirgi zamonda hisoblab chiqilgan tеzlikdan dеyarli uzoq bo’lmagan. Bu o’z zamonasi va ayniqsa, kеyingi davrlar uchun ham katta ahamiyatga ega bo’lgan. Buyuk mutafakkirlar o’rtasidagi falsafiy munozaralarning tahlil qilinishi shuni ko’rsatadiki, Ibn Sino ham bu yerda chuqur bilimlarni namoyon qilgan va ko’pgina masalalarni hal etishda muhim hissa qo’shgan. Biroq u Aristotеl qarashlarining ayrim zaif tomonlaridan qaytmagan, Beruniy esa haqiqat va tajribaga ko’proq asoslanib, Aristotеl naturfilosofik ta'limotlarining ko’pgina asossiz tomonlarini aniqlashga uringan. Bularning hammasi Beruniyga Aristotеl ta'limoti, shuningdеk, Ibn Sino qarashlarining ko’p gina ijobiy tomonlarini ko’rishi va qadrlashiga halaqit bermay, aksincha, Ibn Sino bilan birga O’rta Osiyo ilg’or ijtimoiy- falsafiy lager tеvaragida jipslashishga, uning yanada taraqqiy etishiga va mustahkalanishiga katta hissa qo’shdi. Yuqorida qayd qilinganlarning barchasi insoniyat tafakkuri tarixida Beruniyning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi 2. Hayoti: EmpedokI (mil.av.490-430-yillar) Zenonning zamondoshi, falsafiy qissalar muallifi, shoir, faylasuf, muhandis. EmpedokI hayoti va faoliyati Sitsiliyadagi Agrigent shahrida o‘tgan. Agrigent miloddan awalgi davrdagi yunon shaharlari ichida savdo-sotiq nuqtayi nazaridan eng rivojlangan, ilg‘or shaharlaidan hisoblangan. Asosiy asari: U o‘z falsafiy qarashlarini mashhur «Tabiat haqida» asarida bayon etgan. Ta’limoti: U o‘z falsafiy ta’limotida ba’zi masalalar bo‘yicha Eley maktabi g‘oyalariga tayangan bo‘lsada, haqiqiy borliqning ele- mentlari, miqdor masalasida ular bilan kelisha olmagan. Eley maktabining ta’limotiga ko‘ra, haqiqiy borliq yaxlit va o‘zgarmas, u na paydo boiadi va na yemiriladi, hatto ko‘plikka ham ega emas. Empedokl esa eleyliklaming ta’limotiga qarshi chiqib, olamning asosiga to‘rt unsumi qo‘yadi. Uning ta’limotiga ko‘ra, tabiat jismlarning asosini tashkil etadi. Unsurlaming birikishi va ajralishi miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlarga bogiiq. Lekin boshlang‘ich ibtidolar o‘z- o‘zicha o‘zgarmaydi. Empedokl o‘z o‘tmishdoshlari g‘oyalarini yaxlit, bir butun tizimga solishga urindi. «U Parmenidning borliq mavjud va u moddiy, borliq hech qayerdan paydo bo‘lmaydi va hech qayerga yo‘qolmaydi, ya’ni u yo‘qlikdan paydo bo‘lishi mumkin emas va yana yo‘qlikka aylanmaydi, degan g‘oyasini qabul qilgan. Yoxud yo‘q narsadan nimadir paydo bo‘lishi mumkin emas va mumkin bo‘lmagan. Eshitilmagan narsadan nimadir paydo bo‘lishi uchun, mavjud bo‘Igan, o‘lgan, ya’ni u qayerga qo‘yilmasin, hamisha bo‘lgan.»13 Va yana: «..hech bir narsada bo‘sh narsaning ham va nihoyatda to‘la narsaning ham o‘zi yo‘q», «Aks holda ular qayerdan paydo bo‘lgan bo‘lar edi? »14, deb hisoblagan. Empedokl olamning asosiga to‘rt moddiy unsur: tuproq, suv, havo va olovni qo‘yadi. Empedokl olov va havoni erkak xudolar sifatida tuproq va suvni esa ayol xudolar sifatida talqin qilib, ulami bir-birlariga qarama-qarshi qo‘ygan. Ba’zan u bu to‘rtta unsumi tirik mavjudod deb qarab, gilozoistik (notirik narsalarni tirik deb talqin etish) ta’limotni ilgari surgan. Empedokl Fales singari butun tabiatni tirik va hatto ilohiy deb bilgan. Uning fikricha, moddiy unsurlar harakatlantiruvchi kuchlar bilan chambarchas bogiiqdir. Barcha unsurlarga harakatlantiruv- chi kuchlar muhabbat va yovuzlik xos. Unsurlami birlashtimvchi kuchni u muhabbat, do‘stlik, garmoniya va hatto Afrodita desa, ularni bir-biridan ajratuvchi kuchni yovuzlik, nafrat kuchi deb hisoblagan. Birlik va ko‘plik masalalarini EmpedokI Eley maktabi fal- safasi va Geraklit falsafasidan farqli, o‘ziga xos ravishda hal etgan. Eleyliklar faqat bir butunlikni, yaxlitlikni e’tirof etganlar, ya’ni yaxlitlikni, fikrda bor desalar, ko‘plik hissiy olam faqat hissiyotimizda boiadi deganlar. Geraklit uchun yaxlitlik va ko‘plik bir paytning o‘zida mavjud, ya’ni hamma narsa bir narsada va bir narsa hamma narsada namoyon boiadi. Empedoklning fikricha esa, birlik va ko‘plik, muhabbat va yovuzlik kabi qarama-qarshi kuchlar bir paytning o‘zida emas, navbatma-navbat mavjud boiadi. U tabiat hayotini davriy jarayon sifatida tushunib, muhabbatni - ashyoviy jismlami birlashtiruvchi kuch, yoviizlikni esa unsurlami parchalovchi kuch, deb tasawur qilgan. Olamda navbatma-navbat muhabbat va yovuzlik kuchlari hukmronlik qiladi. Muhabbat hukmronlik qilgan davrda hamma narsalar birlashadi, tabiat esa sifatsiz sharga o‘xshaydi. Unda alohida moddiy unsurlaming o'ziga xos xususiyatlari saqlan- maydi. Aksincha, yovuzlik hukmronlik qilgan davrda hamma narsa ko‘plikka aylanadi, unsurlar esa o‘ziga xos xususiyatga ega, alohida-alohida holatda boiadi. To‘rtta moddiy unsurlar ichida olov alohida maqomga ega. Uning fikricha, hamma narsaning asosini yovuzlik va muhabbat kuchlari tashkil etsa ham hamma narsa olovdan paydo boiib va у ana olovga qaytadi. Bu yerda uning dunyoqarashiga Geraklit taiimotining kuchli ta’sir etkanligini ko‘ramiz. EmpedokI tabiatdagi barcha narsalaming kelib chiqishini tushuntirishga harakat qilar ekan, sodda boisada, evolyutsionizm g‘oyasiga asos solgan. U nafaqat noorganik tabiatdagi, balki organik tabiatdagi hodisalami kuzatib, qiziqarli farazlami ilgari surgan. Uning fikricha, jismlar to‘rt unsuming teng mutanosibligi asosida paydo bo‘ladi. Masalan, inson va hayvonlarning asablari tuproq va olov unsurlarining bir qismi va suv unsurlarining ikki qismining o‘zaro birlashuvidan tashkil topgan. Dastlab, qorishib ketgan unsurlardan havo ajralib chiqib, atrofga yoyilgan. Keyin ulardan olov ajralib chiqqan. Borliqning eng yuqori qismini havo egallagani uchun olov gumbazsimon holatni tashkil etgan. Empedokl kosmologiyasiga binoan, Yer atrofida ikkita yarim shar mavjud, ular aylanma harakatda bo‘ladi. Birinchi yarim shar faqat olovdan tashkil topgan bo‘Isa, ikkinchi yarim shar esa havo va olov qorishmasidan tashkil topgan. Empedoklning astronomik gipotezasiga ko‘ra, Quyosh tabiatan olovli emas, balki gumbazsimon osmon ostidagi kunduzgi yoritqich bo‘lib, Quyoshning suvda aks etgani kabi u olovning aksidir. Oy esa havodan tashkil topgan. Havo yuqorida quyuqlashib, do‘lga o‘xshash shaklga kirgan. Oy o‘zidan nur taratmay, balki Quyosh yog'dusini aks ettiradi. Empedokl ham Quyosh, Oy tutilishini tabiiy qonuniyat sifatida tusliuntirishga harakat qilgan. Empedokl Geraklit singari olamning rivojlanishi davriy holatda deb bildi. Uning fikricha, olam paydo bo‘ladi va yemiriladi, lekin olamning paydo bo‘lishi dastlabki olovning boshqa holatga o‘tishi orqali emas, balki o‘zgarmas unsurlaming o‘rin almashishi orqali yuzaga kelgan o‘zgarish natijasida sodir bo‘ladi. Bimda hal qiluvchi rol olamni yaratuvchi ikkita kuchlarga taalluqlidir. Muhabbat, yovuzlik kuchlari Geraklitning to‘la mutanosiblik (garmoniya) va kurash g‘oyasini eslatadi. Biroq Empedoklning kuchlari alohida-alohida, qarama-qarshi, ular birlasha olmaydilar. Har bir davrda mutlaq farq qiladigan qarama-qarshi holatlar mavjud, har bir davr to‘rt davrga bo‘linadi. Birinchi davr - muhabbat hukmronlik qilgan davrda barcha unsurlar qorishib, yaxlitlikni tashkil etadi. Muhabbat hamma narsani birlashtirib, markazga joylashadi, harakat to‘liq sokin holatga keladi. Ikkinchi davr - yovuzlik chetdan yoki pastdan asta-sekin markazga yaxlitlik ichiga kirib, muhabbat birlashtirgan turli unsurlami bir-birlaridan ajratib, har birini, ya’ni olovni olov bilan, suvni suv bilan birlashtiradi va h. k. Uchinchi davr - yovuzlik toia hukmronlik qilgan davr. U markazga joylashib, muhabbatni tashqariga siqib chiqaradi. Bu davrda borliq alohida-alohida joylashgan to‘rt unsurdan iborat bo‘ladi. To‘rtinchi davr - muhabbat markazda hukmronlik qilayotgan yovuzlik ichiga kirib boradi va asta-sekin yovuzlikni siqib chiqarib, barcha unsurlami birlashtiradi. Bu davrlar yana takrorla- naveradi. EmpedokI fikricha, olam ikkinchi va to‘rtinchi davrda paydo boigan. U bizning dunyodan tashqarida boshqa dunyolar ham mavjud, degan g'oyani ilgari surgan. EmpedokI bilishni inkor etmadi. Lekin uning ta’kidlashicha, sezgilar bir-biriga monand bo‘lmasa, ya’ni obyekt va subyektdan chiqadigan nurlanishlar bir-biriga mos kelmasa, bilim ham paydo bo‘lmaydi. Inson olamni bilishda obyekt va subyektning g‘ovaklaridan chiquvchi nurlar bir-biriga mos kelishi kerak. Hissiy a’zolarimizning g‘ovaklari turlicha bo‘lganligi uchun har bir a’zo o‘ziga tegishli sezgisini qabul qiladi. Ya’ni ko‘zimiz bilan ko‘ramiz, qulog‘imiz bilan eshitamiz. Ko‘rish ko‘z qorachi- g‘imizda joylashgan olovning nurlanishi orqali sodir boiadi. Ko'z o‘z tarkibida mavjud olov, suv va boshqa unsurlami ma’lum miqdorini qabul qiladi. Ranglar unsurlardan taralib, ko‘z g‘ovaklariga urilib, ko‘zda paydo boiadi. Asosiy ranglar to‘rtta unsur singari to‘rttadir. Oq, qora, qizil va sariq ranglar dan iborat. Oq ranglar olov g‘ovaklari orqali qabul qilinsa, qora rang suv g‘ovaklari orqali qabul qilinadi. Agar ko‘zning tarkibi shunchalik maium boisa, nega ko‘z har xil ko‘radi? Biri yaxshi, biri yomon ko‘radi. EmpedokI buni ko‘zlaming joylashishiga bogiiq deydi. Birining ko‘zida olov unsuri ko‘p boisa, ikkinchisining ko‘zida esa suv unsuri ko‘p boiadi. Olov unsuri ko‘p boigan maxluq tunda yaxshi ko‘radi. Olamni bilishda hissiyotdan tashqari aql ham muhim rol o‘ynaydi. Insonning ongi uning holatiga bogiiq, olgan tasavvurlari tanasining o‘zgarishiga bogiiq. Kishining fikri bu qalbni yuvib turuvchi qondir. Empedoklning fikricha, haqiqat mezoni sezgilar emas, balki to‘g‘ri fikrlashdir. To‘g‘ri fikrlashning asosida maium darajada ilohiylik, bir qismida esa insoniylik yotadi. Ilohiylikni bilib boimaydi, insoniylik esa o‘tkinchidir. To‘g‘ri fikrlash hissiyotga tayanmaydi. EmpedokI fikricha, narsalarga o‘zgarmas va o‘zgaruvchi sifat- lar xosdir. Moddiy unsurlaming o‘zgarmas sifatlari ulaming o‘ziga xos asosiy xususiyatlaridir. 0 £zgaruvchan xususiyat esa ikki kuchning bir-biriga o‘zaro ta’siri natijasida hosil boiadi. Shu bilan EmpedokI tabiatdagi tortishish va itarish kuchlari haqida taxminiy fikrlar ham aytgan. Shunday qilib, EmpedokI tabiatdagi narsalaming o‘zgarishini o‘ta soddalik bilan tushuntirib berishga uringan. U harakat kuchlarini materiyadan ajratib qo‘yadi. Lekin bu kamchiliklarga qaramay, Empedokl o‘z davriga nisbatan ancha ilg‘or g‘oyalami ilgari sura olgan. Keyinchalik uning ta’limoti Anaksagor tomonidan yanada rivojlantirilgan. 3. logan Fixte (1762-1814 yy.) - nemis falsafasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri. Fixte hunarmand to‘quvchi oilasida dunyoga kelgan. U bolalik va o‘smirlik yillarini kam- bag‘allikda o‘tkazdi. Tasodifiy bir hoi uning o‘rta maktabni tugatib, universitetga kirib o‘qi- shiga sabab bo‘ldi. Asarlari: «Har qanday bashoratning tanqidiy tajribasi», «Fan- lami o‘rganish asoslari», «Olimning mas’uliyati haqida muhoka- malar, «Tabiiy huquq asoslari» va boshq. Fixte falsafasining g‘oyaviy asoslari va ozidan keyingi ta’limotlarga ta’siri o‘z aksini topgan. Mahalliy zamindor qishloqdan kelgan bu bolaning xotirasiga qoyil qoladi, ruhoniy o‘qigan duoning so‘zlarini hech yang- lishmay, to‘la takrorlashidan hayratlanib, uni homiylikka oladi va o‘qishini davom ettirish uchun moddiy yordam berib turadi. Fixte awal Iena umversitetida, keyinchalik Leypsig universitetining ilohiyot fakultetlarida ta’lim oladi. Fixte Erkin bo‘Iish - demak o‘z-o‘zini erkin qilishdir. Erkinlik - zaruratni bilish faoliyatidir, “Men” sohasini kengayishi “Men-emas” hisobidan, lekin yagona mutlaq hisobidan. Nemis subyektiv idealizml- ning yirik namoyondasi Kantning «narsa o‘zida»haqidagi ta’limotini uloqtirib tashlab, bilish shaklining butun xilma-xilligini bir subyektiv idealistik ibtidodan keltirib chiqarishga o‘ringan. Bu ibtido shundan iboratki, faylasuf qandaydir mutlaq subyektiv* «Men»ni nazarda tutib, unga benihoya aktiv faoliyat beradi, shundan keyin u olamni yaratadl. Boshlang‘ich «Men»bu o‘ziga xos «Men» emas, balki ongning axloqiy faoliyagidir. Ana shu mistik boshlangich «Men» alohida «Men»nl keltirib chiqaradi. Uni Fixte mutlaq emas, balki cheklangan inson subyekti yoki empirik«Men» deb tushunadi va bunga tabiat, ya'nl empirik tabiat qarama-qarshi turadi. Fixtening fikricha, absolyut subyekt «Men» va tabiat, ong va narsalar bir-biri bilan o‘zviy bogiangan, ulaming hech birini ayrim ravishda bilib boimaydi. Fixte ta’limotidagl dialektik fikrlar uning ijobiy tomonini hosil qiladi. Download 14,8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling