Maktabgacha ta'lim muassasalarida ekologik tarbiya berish


Download 230.5 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi230.5 Kb.
#1047636
Bog'liq
EKOLOGIK TARBIYA BERISH




maktabgacha ta'lim muassasalarida ekologik tarbiya berish

Farzandlarimizni yetuk, ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol etib tarbiyalashda ekologik tarbiyaning o‘ziga xos o‘rni bor. Zero, ta’lim jarayoni bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan ma’naviy, iqtisodiy, psixologik, texnologik taraqqiyot ta’siriga bo‘ysunadi. Bu jarayon dunyoqarashi keng, iqtidorli, erkin va sog‘lom fikrlovchi shaxslarni voyaga yetkazishning bosh omilidir. Aynan sog‘lom bola Vatani, yurti istiqboli uchun jonkuyar bo‘ladi. Tug‘ilib o‘sayotgan zaminining tabiati, ota-bobolarining azaliy merosi va madaniyatini ko‘z qorachi­g‘idek asrab-avaylashga intiladi.


Maktabgacha yoshdagi bola ongi-shuurida qadriyatlar kurtaklarini shakllantirish, rivojlantirish, egallagan malakasini mukammallashtirish, bilimini boyitish tarbiyachilardan katta mahorat talab etadi.
Ekologik ta’limning ilk vazifalarini bajarishda bolalar faoliyatining turli ko‘rinishlarini qo‘llash mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar jalb etiladigan faoliyatlar mujassam ravishda izchil tashkil etilsa, maktab ta’limiga puxta zamin tayyorlanadi. Muassasada tashkil etiladigan tasviriy faoliyat, nutq o‘stirish, matematika, badiiy adabiyot bilan tanishtirish bo‘yicha o‘yin-mashg‘ulotlar, sayr va kuzatuvlar, tevarak-atrof bilan tanishtirish, mehnat topshiriqlarini bajarish kabi faoliyatlarning barchasi ekologik ta’lim vazifalarini uyg‘unlashtirishni, bolalar bilim-tushunchalarining bir tizimli bo‘lishini ta’minlaydi.

Olingan natijalardan shu narsalar ma’lum bo‘ldiki, ekologik ta’lim bo‘yicha dastur vazifalarini to‘laqonli bajarish uchun faqat tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarining o‘zi kifoya qilmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda shakllanishi zarur bo‘lgan o‘quv malakalari yetarli darajada bo‘lishi uchun ularning faoliyat turlarini nafaqat almashtirib turish, balki kom­p­leks – uyg‘unlashtirilgan tarzda qo‘l­lashga e’tibor qaratish zarur.


Tajribadan yana shuni xulosa qilish mumkinki, qo‘llaniladigan faoliyat qanchalik rang-barang, bir-biridan farq qiladigan bo‘lsa, bolalarning tafakkuri shunchalik faollashadi, yodlab qolish, esga tushirish, xulosa qilish va o‘z fikrini izchil, dadil bayon etishga sharoit yaratiladi.
Bolalarning tabiatga oid bilim, malaka, ko‘nikmalarini ularning har qanday faoliyati davomida hosil qilish, faollashtirish, mustahkamlash mumkin. Jismoniy tarbiya va badantarbiya mashqlari, harakatli o‘yinlar, tasviriy faoliyat, badiiy adabiyot, matematik tasavvurlarni o‘stirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish, til o‘rgatish, nutq o‘stirish, tajribalar o‘tkazish mashg‘ulotlaridan tashqari sayr, kuzatuvlar, suhbatlar jarayonida ham bu vazifa hal etilishi mumkin.
Bolalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun savol-javoblar, testlar o‘tkazilishi, top­shiriq bajartirish maqsadga muvofiq. Maxsus tayyorlanadigan mitti kitobchalar mazmuniga bolalar faoliyatining turli ko‘rinishlarini mujassamlashtirgan savollar, topshiriqlarni kiritish mumkin. Bunday kitobchalar nafaqat bolalar, balki ota-onalar foydalanishi uchun ham qulay. Kitoblar kichkintoy yoshi, ta’lim vazifalari, faoliyat turlarining almashib turishini nazarda tutib tayyorlanadi. Farzandlarimizni ma’naviy va jismoniy jihatdan yetuk hamda barkamol etib tarbiyalashda ekologik tarbiyaning o‘ziga xos o‘rni bor. Zero, ta’lim jarayoni o‘zaro uzviy bog‘langan ma’naviy, iqtisodiy, psixologik, texnologik taraqqiyot ta’siriga bo‘ysunadi. Bu jarayon dunyoqarashi keng, iqtidorli, erkin va sog‘lom fikrlovchi shaxslarni voyaga yetkazishning bosh omilidir. Aynan sog‘lom bola Vatan istiqboli uchun jonkuyar bo‘ladi. Tug‘ilib o‘sayotgan zaminining tabiati, ota-bobolarining azaliy merosi va madaniyatini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga intiladi.
Maktabgacha yoshdagi bola ong-shuurida ushbu qadriyat kurtaklarini shakllantirish, rivojlantirish, egallagan malakasini mustahkamlash, bilimini boyitish tarbiyachilardan katta mahorat talab etadi. Ekologik ta’limning ilk vazifalarini bajarishga bolalar faoliyatining turli ko‘rinishlarini keng qo‘llash orqali erishish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar jalb etiladigan faoliyatlar uyg‘unlashtirilgan holda tashkil etilsa, maktab ta’limiga puxta zamin tayyorlanadi. Muassasada tashkil etiladigan tasviriy faoliyat, nutq o‘stirish, matematika, badiiy adabiyot bo‘yicha o‘yin-mashg‘ulot, sayr va kuzatuvlar, tevarak-atrof bilan tanishtirish, mehnat topshiriqlari bajarish ekologik ta’lim vazifalarini uyg‘unlashtirish bolalar bilim tushunchalarining tizimli bo‘lishini ta’minlaydi.
Bolalar bilan olib borilayotgan ushbu ta’lim-tarbiya ularda quyidagi malakalarning shakllanishiga yordam beradi: tinglash, jismonan rivojlanish, mustaqil harakat qilish, dadil fikrlash, badiiy-estetik saviyasini o‘stirish va mas’ullikni oshirish.
Olingan natijalardan ma’lum bo‘ldiki, bolalarni tabiat bilan tanishtirish bo‘yicha dastur vazifalarini to‘laqonli bajarish uchun faqat atrof-muhit bilan tanishtirish mashg‘ulotlarining o‘zi kifoya qilmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda shakllanishi zarur bo‘lgan o‘quv malakalari yetarli darajada bo‘lishi uchun ularning faoliyat turlarini nafaqat almashtirib turish, balki kompleks tarzda qo‘llanishiga e’tibor qaratish zarur.
Tajribadan yana shuni xulosa qilish mumkinki, bolalar faoliyati qanchalik rang-barang, o‘zaro farqli bo‘lsa, ularning tafakkuri shunchalik faollashadi, esga tushirish, xulosa qilish va o‘z fikrini izchil, dadil bayon etishga sharoit yaratiladi.
Bolalarning tabiatga oid bilim, malaka, ko‘nikmalarini ularning har qanday faoliyati davomida hosil qilish, faollashtirish, mustahkamlash mumkin: jismoniy tarbiya va badantarbiya mashqlari, harakatli o‘yinlar, tasviriy faoliyat, badiiy adabiyot, matematik tasavvurlarni o‘stirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish, til o‘rgatish, nutq o‘stirish, tajribalar o‘tkazish mashg‘ulotlaridan tashqari, sayr, kuzatuvlar, suhbatlar jarayonida ham bu vazifa hal etilishi mumkin va zarur.
Bolalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun savol-javoblar, topshiriqlar bajarish, testlar o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Maxsus tayyorlangan kitobchalar mazmuniga bolalar faoliyatining turli ko‘rinishlarini mujassamlashtirgan savol va topshiriqlarni kiritish mumkin. Ushbu kitobchalardan ota-onalar uchun ham foydalanish qulay. Bu bolalar yoshi, ta’lim vazifalari, faoliyat turlarining almashib turishini nazarda tutib tayyorlanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasida ekologik ta'lim berishda muhim vazifalardan biri bu bolalarning bilimga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish bo'lib hisoblanadi. Psixologlar fikricha bilimga bo'lgan qiziquvchanlik tevarak-atrofni o'rgatishga etaklovchi kuch bo'lib, bolalarning olgan bilimlarini faollashtiradi, amalda qo'llash malakalarini shakllantiradi.
Hozirgi zamon psixologiyasi bolalarning bilimini va amaliy faolligini orttirish vazifalari bilan birga muammoli vaziyatlarni echish yo'llarini ochib berdi. Bolalar oldiga fikr yuritib ishlash vazifasini qo'yish, ularning tafakkurini rivojlantirishga turtki bo'lib dunyoga bo'lgan ko'z qarashlarini shakllantiradi va bilish jarayonini tezlashtiradi.
Psixolog S.L.Rubinshteyn aytishicha «Muammoli vaziyat o'ylash jarayonining dastlabki payti bo'lib hisoblanadi. Insonda biror narsani tushunish talabi paydo bo'lgandan o'ylana boshlaydi.
Tarbiyachi bir xil sharoitda maydonchada qanday daraxtlar borligini, ularning soyasida odamlar dam olishini aytadi. Mevali daraxtlarning mnvasi insonlar uchun oziq bo'lishini tushuntirib, daraxtlarni avaylab o'stirish, shoxlarini sindirmasliklarini, kuzda salqin tushushi bilan yaproqlari tushib ketishi va kuch yig'ib bahorda yana gullab yashnaganini ko'rib ko'zimiz qo'vonishini aytib suhbatini yakunlaydi.
O'yinlar orqali ham bolalarning bilimiga bo'lgan qiziquvchanligi orttiriladi. Masalan: daraxtlarning turlari bilan tanishtirish vaqtida tarbiyachi «yaprog'iga qarab daraxt nomini ayt» degan oyindan foydalanadi. Dastlab bolalar daraxtlarning nomini aytib beradi, rangi, shakli, katta-kichikligi taqqoslanadi, belgilari aytib beriladi.
Pedagogik jarayon shunday tashkil qilinishinda bolalar tayyor bilimga ega bo'ladilar. Ayrimlari diqqatsiz bo'lib, bu bilim nima uchun kerakligini bilmaydilar.
Natijada:
— Nima uchun odamlar daraxtlarni parvarishlaydilar ?
— Daraxtlarning odamlarga qanday foydasi bor ?-degan oson savollarga javob bera olmaydilar.
Tarbiyachi o'zi savol berib, o'zi javob beradi. Bolalar savollariga berilgan javoblarni esda saqlashga harakat qiladi. Bu notug'ri bo'lib, bolalar passiv kuzatuvchiga aylanadi. Ular tarbiyachining so'zini tinglab hech narsa haqida o'ylamaydi va aytilgan narsani tez unitadi. Agar bolalar bilimlarini o'zlashtirishda faollik ko'rsatsa, o'nda olgan bilimlari puxta bo'ladi. Tarbiyachi daraxtlarning insonlarga foydasi haqida nima bilishlarini aniqlash maqsadida tayyor javob bermay kuzatishni, fikrlashni, tegishli xulosa chiqarishni vazifa qiladi. Bolalar tug'ri javob berishlari uchun tarbiyachi bolalarni oldin quyosh nurlari ostida turishni, keyin daraxt soyasida turishni taklif qiladi. Bolalar taqqoslash yo'li bilan amalda qo'llagani asosida tug'ri javob beradi.
Bolalar mevalarni eb, daraxt soyasida turib qiynalmasdan xulosa chiqaradilar. Demak, shuning uchun insonlar daraxtlarni ekib ularni parvarish qilar ekanlar.
Daraxtning shoxchasini sindirib olib suvga solib uni ko'zatamiz. Bu shoxcha rivojlanmaydi. Chunki bu erda shoxcha rivojlanishi uchun sharoit yo'q. Bolalarga daraxt o'sishi uchun to'proq suv, havo va quyosh nurlari zarur ekanligi isbotlonadi.
Nazariy bilimlarimizni amalda qo'llay olsakkina bolalarga ilk ekologik bilimlarni bera olamiz. Bolalarimiz olgan bilimlarini boshqa faoliyatlar bilan mustahkamlaymz. Rasm mashg'ulotlarida tabiatni aks ettiramiz, nutq o'stirishda she'r yodlaymiz, topishmoq va tez aytishlar aytamiz.
Bolalarda yangi narsalarni o'rganish talabi paydo bo'ladi, inson va tabiat o'rtasidagi bog'liqlikni sezadi. Bu sezgida fikrlash, so'zlash va xayol qilish kabi psixik jarayonlar rivojlanadi. Bolalar o'z fikrlarini aytish uchun o'ylanadi, taqqoslaydi. Agar bola o'z fikrini so'z bilan aytishga qiynalsa, unda narsalarning nomini, belgilarini bilimga qiziquvchanlik kuchayadi, bu jarayon esda saqlashni rivojlantiradi.
Tarbiyachilar bolalarga ilk ekologik bilimlarni berishda turli xil metodlardan, usullardan qiziqarli sharoitlar yaratishlardan foydalansagina maqsadga erisha oladi.
Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling