Mavzu: “San’at” rivojlanish markazida tasviriy faoliyat turlarini faollashtirish Kirish
Download 93.54 Kb.
|
Mavzu “San’at” rivojlanish markazida tasviriy faoliyat turlarin
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.bob. San’at” rivojlanish markazida tasviriy faoliyat turlari kengaytirish chora tadbirlari va bunda zamonaviy uslublardan foydalanish
- Xulosa Foydalanilgana adabiyotlar Kirish Mavzuni dolzarbligi
Mavzu: “San’at” rivojlanish markazida tasviriy faoliyat turlarini faollashtirish Kirish I.bob.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyatning o’rni va tasviriy faoliyat turlari 1.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyatning o’rni va ahamiyati 1.2.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat turlari II.bob. San’at” rivojlanish markazida tasviriy faoliyat turlari kengaytirish chora tadbirlari va bunda zamonaviy uslublardan foydalanish 2.1.“San’at” rivojlanish markazida tasviriy faoliyat turlari kengaytirish chora tadbirlari 2.2. “San’at” rivojlanish markazida tasviriy faoliyat turlarini faollashtirishda zamonaviy uslublardan foydalanish Xulosa Foydalanilgana adabiyotlar Kirish Mavzuni dolzarbligi. Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining tasviriy faoliyat birlamchi yo‘nalishi maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik tarbiyalash hisoblanadi. Bu yo‘nalishning samarasi estetik yo‘nalishning barcha vositalarini (teatr, musiqa, badiiy adabiyot, rasm chizish, applikatsiya va boshq.) kompleks tarzda qo‘llanilgandagina aniq bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tiladigan “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari bolalarga beriladigan estetik tarbiya masalalarini yechishda katta ahamiyatga ega. Chunki tasviriy faoliyat o‘z xususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat hisoblanadi. Badiiy faoliyat mashg‘ulotlarining barcha turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarda bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish; maktabda esa tasviriy san’atning turlari rang tasvir, grafik, haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari xilma-xildir: rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg‘ulotlari hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida keltirilgan mashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi. Download 93.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling