Mavzu: Suvchechak. Reja


Download 24.82 Kb.
bet1/3
Sana06.11.2023
Hajmi24.82 Kb.
#1751652
  1   2   3
Bog'liq
Suvchechak


Mavzu: Suvchechak.
Reja:

  1. Qo‘zg‘atuvchisi

  2. Alomatlari

  3. Xavf guruhi

  4. Tashxislash

  5. Suvchechakni davolash

  6. Asoratlari

  7. Oldini olish



Qo‘zg‘atuvchisi


Suvchechak qo‘zgatuvchisi Varicella Zoster virusi bo‘lib, o‘lchami yirik, oddiy yorug‘lik mikroskopida ko‘rinadi. Kasallikning 3-4-kunidan boshlab toshmalar ichidagi suyuqlikda aniqlanadi. Virus tashqi muhitga chidamsiz bo‘lib, quyosh nurlari ta’siri, qizdirish, ultrabinafsha nurlari ostida tezda nobud bo‘ladi. Organizmdan tashqarida uning yashovchanligi o‘rtacha 10 daqiqani tashkil etadi. Qo‘zg‘atuvchi 3-tip gerpes guruhi viruslariga mansub.
Kasallikka ta’sirchanlik 70 foizni tashkil etadi. Bemorlar kasallikni toshma toshishidan 24 soat oldin va toshmalarning usti qobiq bilan qoplanguncha muddat oralig‘ida atrofdagilarga yuqtirishi mumkin. Aksariyat hollarda virus bilan zararlanish kasallangan kishi bilan aloqa qilish natijasida yuzaga keladi. Keng tarqalgan yuqish yo‘llari:

  • So‘lak;

  • Yo‘tal;

  • Aksa urish;

  • Pufakchalardagi suyuqlik bilan aloqa qilish.

Kasallik asosan 6 oylikdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, homilador ayollar kasallanganda, homila ham suvchechak bilan kasallanishi ehtimoli mavjud bo‘ladi. Bu bolada tug‘ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin, masalan badbasharalikka. Kasallik shifo topganidan so‘ng organizmda barqaror immunitet hosil bo‘ladi.



Alomatlari


Toshma kattaligi 2-4 mm bo‘lgan qizil donachalardan iborat. Ular bir necha soatdan keyin papulaga aylanadi, keyin esa vezikulaga. 1-3 kun o‘tgach, vezikulalar yuzaki qobiq (yara) qoldirib quriydi. Shu bilan birga, shilliq qavatda asta-sekin enantema — sarg‘ish-kulrang yuzaki qobiq hosil bo‘ladi.
Suvchechakning inkubatsion davri 7-21 kun davom etadi. Ya’ni infektsiya toshma va boshqa alomatlar boshlanishidan shuncha kun oldin organizmga tushgan bo‘ladi. Boshqa belgilar bir necha kun davom etib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Isitma;

  • Bosh og‘rig‘i;

  • Ishtaha yo‘qolishi.

Odam sog‘ayishdan oldin kasallikning uch bosqichdan o‘tadi:

  1. Qizil va pushti donachalar butun tanada rivojlanadi;

  2. Donachalar suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalarga aylanadi;

  3. Pufakchalar qattiqlashib, yuzaki qobiq paydo bo‘ladi.

Tanadagi toshmalar bir vaqtning o‘zida yo‘qolmaydi. Virus faoliyati davomida yangi vezikulalar paydo bo‘lib turadi. Pufakchalar kuchli qichishi mumkin, ayniqsa, usti qobiq bilan qoplanishidan oldin. Donachalar butunlay yo‘qlishi uchun 7-14 kun vaqt ketadi.

Download 24.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling