1. Afg`oniston milliy davlatining tashkil topishi. Afg`onistonning xorijiy davlatlar bilan munosabatlari. Birinchi ingliz –afg`on urushi


Download 19.09 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi19.09 Kb.
#1614583
1   2   3
Bog'liq
Afg\'aniston[1]

IKKINCHI INGLIZ - AFG`ON URUSHI.
1878 yilda inglizlar Afg`onistonga yana hujum qildi. Sheralixonning o`g`li yoqubxon (1878-18800 taslimchilikdan iborat Gandamak bitimini imzoladi. Unga ko`ra Afg`onistonning tashqi siyosati Angliya nazorati ostida bo`lishi lozim edi. Bunga qarshi Qobulga Afg`on qoshinlari va aholi 1879 yilda qo`zg`alon ko`tardi. Ingliz rezindensiyasi egallandi. Inglizlar qaytadan Qobulga hujum qildilar. Amir Yoqubxon ularga asir tushdi. G`azablangan xalq va qo`shinlar undan yuz o`girdilar va partizanlik urushi boshlandi.
1880 yil boshida qo`zg`alonchilarga bosh bo`lgan Dostmuhammadhonning nabirasi Sardor Abdurahmon qo`shinlari Qobulni o`rab oldilar. Abdurahmon inglizlari yengib, Shimoliy Afg`onistonda (Afg`on Turkistonda) hukumron bo;ib oldi. Shu asmoda, siyosat maydoniga Sheralixonning o`g`li Ayubxon chiqdi.
U 1880 yil yozida Mayband yonida inglizlarni tor-mor qilib Qandahorni egalladi. Shundan so`ng inflizlar asosiy kuchlarini olib kelib janga tashladilar . Ayubxon yengilib Hirotga chekindi. Ammo Abdurahmon boshliq aholi va Afg`on qo`shinlari inglizlarni ham chekinishga
majbur qildi. Ular Qandahorni tashlab chiqdilar. Shunday qilib ikkinchi ingliz-afg`on urushi inglizlarning mag`lubiyati bilan tugadi.
Endi Abdurahmon Ayubxon bilan “hisob-kitob” qilishi kerak edi. 1880 yil kuzida Hirot yaqinida bo`lib o`tgan jangda Abdurahmonning qo`li baland keladi. Amir Abdurahmon (1880-1901) Afg`oniston hukumdori bo`lib qoldi.
Ammo Amir Abdurahmon ham ba`zi masalalarda inglizlarga yon berishga majbur bo`lgan, masalan 1893 yildagi Dyurand bitimi bilan u Afg`oniston janubida inglizlar ustunligini tan olgan.
XX ASR BOSHLARIDA AFG`ONISTON.
1901 yilda Amir Abdurahmon vafot etgach , o`rniga uning o`g`li Habibullo (1901-1919) amir bo`ldi. U Angliya bilan yaqinlashish tarafdori edi. 1904 yilda Angliya Qobulga Den missiyasini yubordi va aAfg`onistonga savdo nazoratini berishni taklif qildi. Bundan tashqari Afg`onistonga temir yo`l qurish masalasini qo`ydi. 1907 yilda bu bitim imzolandi va Afg`oniston Angliya manfaatlari mintaqasi deb e`lon qilindi.
XX asr boshida garchi zavod-fabrikalar bo`lmasada qishloq xo`jaligi mamalakati bo`lib qolayotgan Afg`onistonda savdo rivojlandi. Qishloq xo`jaligida “ixtisoslashuv” ro`y berdi. Shaharlarda aholi ko`payib kengaydi.
Biroq, nochorlik shunday darajada ediki soliqlarni pul bilan olishning iloji bo`lmaganidan, natura –mahsulot tarzida soliq to`lanardi. Temir yo`l haqidagi rejalar amalgam oshmadi. Afg`oniston qoloq, agrar, yarim mustamlaka mamakatligicha qolaverdi.
Boshqaruv va madaniy o`zgarishlar ro`y berdi. Jumladan, ma`muriy va harbiy xodimlar maktabi ochildi. Kitob chop etish yo`lga qo`yildi . gazeta (“Siroj ul axbori Af`oniya”- Afg`on xabarlari chirog`i) chiqa boshladi. Bularga Muhammad Tarziy boshchilik qildi.
Muhammad Tarziy “Yosh afg`onlar” harakatining boshlig`I bo`lib, mamlakatda respublika tuziminm uchun kurash olib bordi. Ularning dasturida maktab- maorif , madaniyat, fan, texnika sohalarini rivojlantirish asosida mamlakatni qoloqlikdan olib chiqish, konsititutsiya qabul qilish, mahsulot solig`ini bekor qilish, ichki to`lovlarni yo`qotish, qabilalar tengligiga erishish va boshqa ilg`or qarashlar ilgari surilgan edi. “Yosh Afg`onlar” butun umidlarini amir Habibullohning o`g`li Omonullohonga bog`ladilar, chunki u “Yosh Afg`on” lar ro`hida tarbiyalangan edi. Keyinchalik 1919-1929 yillar amir bo`lgan Omonullahon Sovet Rossiyasi bilan yaqinlashib, inglizlarga qarshi siyosat yurgazdi. U Afg`onistonda G`arb avvolo Rossiyadagi yangiliklarni qo`llamoqchi bo`lib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada 1929 yilda Afg`on qabilalari boshliqlarining Bachai Saqqo rahbarligidagi qo`zg`aloni bilan yosh Afg`onlar hukumati ag`darib tashlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., “Sharq”. 1998.


2. Karimov I.A. Yuksak manaviyat yengilmas kuch. T., “Ma`naviyat” 2008.
3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi , O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari. T., “O`zbekiston” 2009.
4. Hidoyatov G.A. Из истории Англо- русских отношений в Средней Азии. Т. Фан. 1969.
Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling