21-Mavzu: Vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish,ortish va tushirish frontlari hamda vagonlarni aylanish muddati Vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish
Download 25.3 Kb.
|
21-Mavzu.Tovar yuk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temir yo‘l shoxobcha yo‘liga xizmat ko‘rsatish tartibi va harakatni tashkil qilish haqidagi Yo‘riqnoma ” va “Temir yo‘l shoxobcha yo‘lini texnik pasportini
- Yo‘riqnoma tasdiqlanmagunicha temir yo‘l shoxobcha yo‘liga vagonlarni olib kirib berish taqiqlanadi
- GU-2 shaklidagi xabar berish Kitobi
- Vagonlarni olib kirib berish, olib chiqish uchun va manyovr ishlari uchun haq shartnoma tuzilgan har bir tashkilot yoki jismoniy shaxsdan alohida undiriladi.
21-Mavzu: Vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish,ortish va tushirish frontlari hamda vagonlarni aylanish muddati Vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish. Temir yo‘l shoxobcha yo‘li qurib bitkazilganidan va ekspluatatsiyaga topshirilganidan so‘ng, temir yo‘l shoxobcha yo‘lini egasi “Temir yo‘l shoxobcha yo‘liga xizmat ko‘rsatish tartibi va harakatni tashkil qilish haqidagi Yo‘riqnoma” va “Temir yo‘l shoxobcha yo‘lini texnik pasportini” ishlab chiqishi kerak. Stansiya boshlig‘i bilan kelishilgan (muzokaradan o‘tkazilgan) Yo‘riqnomani temir yo‘li mintaqaviy bo‘linmasi rahbari tasdiqlaydi. Yo‘riqnoma uzatma (poyezd) ni vazn me’yori va uzunligi, ruxsat berilgan harakat tezligi, lokomotiv turi, manyovr harakatlarini amalga oshirish tartibi, strelkalarning normal holati, signallarning mavjudligi va joylashishi va h.k. lar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Yo‘riqnoma tasdiqlanmagunicha temir yo‘l shoxobcha yo‘liga vagonlarni olib kirib berish taqiqlanadi. Temir yo‘li tasrrufidargi temir yo‘l shoxobcha yo‘liga xizmat ko‘rsatish va manyovr ishlarini tashkil etish tartibi stansiyaning texnika-taqsimot aktida (TRA) va unga ilova qilingan temir yo‘l shoxobcha yo‘li yo‘llarining qaydnomasida ko‘rsatiladi. Temir yo‘l shoxobcha yo‘liga vagonlarni olib kirib berish xabar berish bo‘yicha amalga oshiriladi. Stansiya vagonlarni olib kirib berishdan 2 soatdan kechikmay vagonlarni olib kirib berish vaqti haqida xabar berish kerak. Vagonlarni olib kirib berish vaqti haqidagi xabar sutka davomida (tunu-kun) berilishi kerak. Tashkilot yoki jismoniy shaxs xabarni qabul qilib olish uchun mas’ul shaxsni tayinlashi shart, uni familyasi va telefon nomeri stansiya boshlig‘iga bildirib qo‘yiladi. Agar yuk ortish, ushbu temir yo‘l shoxobcha yo‘lida yuk tushirishdan, bo‘shaydigan vagonlar hisobidan ta’minlanadigan bo‘lsa, yuk ortish uchun bo‘sh vagonlarni olib kirib berish vaqti haqida xabar berish kerak bo‘lmaydi. Vagonlarni olib kirib berish vaqti haqidagi xabarni berish tartibi temir yo‘l shoxobcha yo‘lini ekspluatatsiyasi shartnomasida va vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish shartnomasida nazarga olinadi. Vagonlarni ortishga yoki tushirishga olib kirib berish vaqti haqida xabar berishni yozib borish uchun stansiyada GU-2 shaklidagi xabar berish Kitobi yuritiladi. O‘rtacha sutkalik yuk ortish yoki yuk tushirish 50 vagondan ziyod bo‘lsa temir yo‘l shoxobcha yo‘liga vagonlarni olib kirib berish va temir yo‘l shoxobcha yo‘lidan qaytarish jadval bo‘yicha yoki olib kirib berishlar o‘rtasidagi vaqt intervaliga rioya qilib belgilanishi mumkin. Vagonlarni olib kirib berish va qaytarish tartibi temir yo‘l shoxobcha yo‘lini ekspluatatsiyasi shartnomasida va vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish shartnomasida ko‘rsatiladi. Temir yo‘l shoxobcha yo‘lining ortish va tushirish punktlari yo‘liga yoki tashkilot (jismoniy shaxs) ning territoriyasidagi qabul qilish-topshirish yo‘liga temir yo‘lining lokomotivida vagonlarni olib kirib berish uchun va olib chiqish uchun temir yo‘li belgilagan stavkalar bo‘yicha haq undiriladi. Ikki tomonga vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish uchun haq undiriladigan masofa temir yo‘l shoxobcha yo‘lini ekspluatatsiyasi shartnomasida va vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish shartnomasida ko‘rsatiladi. Vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish uchun haq undiriladigan masofa, stansiya sxemasi yoki temir yo‘l shoxobcha yo‘li texnik pasport ma’lumotlari, stansiyaning texnik taqsimot akti (TRA) yoki temir yo‘l shoxobcha yo‘li tutashgan strelkadan (agar u stansiya yo‘llariga tutashsa) yoki vagonlarni olib kirib berish amalga oshiriladigan stansiyadan chiqadigan strelkadan (agar temir yo‘l shoxobcha yo‘li peregonda tutashsa) vagonlarni ortish-tushirish frontigacha yoki chiqarib qo‘yish yo‘ligacha haqiqiy o‘lchab chiqish bo‘yicha, aniqlanadi. Vagonlarni olib kirib berish, olib chiqish uchun va manyovr ishlari uchun haq shartnoma tuzilgan har bir tashkilot yoki jismoniy shaxsdan alohida undiriladi. Vagonlarni olib kirib berish qanday tartibda: har bir tashkilotni, jismoniy shaxsni hammasiga bir vaqtni o‘zida (birdaniga) yoki alohida amalga oshirilganiga qaramasdan haq undiriladi. Temir yo‘l shoxobcha yo‘liga temir yo‘lining lokomotivida xizmat ko‘rsatilganidi vagonlarni topshirish va qabul qilish ortish yoki tushirish joylarida, shoxobcha yo‘li egasining lokomotivida xizmat ko‘rsatilganida esa chiqarib qo‘yiladigan (qabul qilish – topshirsh) yo‘lda amalga oshiriladi. Temir yo‘l shoxobcha yo‘lini ekspluatatsiyasi va vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish shartnomalarida vagonlarni olib chiqish muddati belgilanadi. Vagonlarni ortish, tushirish joyidan, qabul qilish-topshirish yo‘lidan olib chiqish muddati temir yo‘l shoxobcha yo‘li va u tutashgan stansiya ishini tashkil etish texnologiyasi asosida belgilanadi. Xabar berish bo‘yicha vagonlarni olib chiqishda (topshirishda), shuningdek jadval bo‘yicha yoki belgilangan vaqt intervali orqali vagonlarni olib chiqishga (topshirishga) tayyor emasligida yuk jo‘natuvchi, yuk oluvchi yoki shoxobcha yo‘l egasi oldindan (shartnomada belgilangan muddatda) vagonlarni olib chiqishga (topshirishga) tayyor bo‘lish vaqti haqida temir yo‘liga xabar berishi shart. Xabar berish bo‘yicha vagonlarni olib chiqishda (topshirishda) olib chiqish (topshirish) muddati xabar berilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Jadval bo‘yicha yoki belgilangan vaqt intervali orqali vagonlarni olib chiqishda (topshirishda) jadvalda yoki intervalda nazarda tutilgan vaqt olib chiqish (topshirish) muddati deb hisoblanadi. Temir yo‘l shoxobcha yo‘lida vagonlarni va yuklarni qo‘riqlash tashkilot, jismoniy shaxs majburiyatiga kiradi. Temir yo‘l shoxobcha yo‘liga temir yo‘lining lokomotivida xizmat ko‘rsatilganida, esa vagonlarni va yuklarni ortish va tushirish joylariga qo‘yish paytigacha va u joylardan olish paytigacha qo‘riqlash temir yo‘lining zimmasida bo‘ladi. Temir yo‘l shoxobcha yo‘liga yukli va bo‘sh vagonlarni topshirish topshiruvchi va qabul qiluvchi taraf xizmatchilari imzosi bilan qabul qiluvchi topshiruvchi esdaligida (GU-45 - shakl) yoki vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish qaydnomasida tasdiqlanadi. Ortish va tushirish frontlari. Ortish va tushirish fronti deb bir vaqtning o‘zida yuklarni ortish va tushirish uchun belgilangan ombor yoki ochiq maydon yo‘llarning bir qismiga aytiladi. Ortish va tushirish frontlarining o‘lchami temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini ekspluatatsiyasi va vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish shartnomasining eng muhim shartlaridan biridir, chunki u temir yo‘l shoxobcha yo‘lida vagonlardan samarali foydalanishga bevosita ta’sir etadi. Bir vaqtning o‘zida ortib-tushirilayotgan vagonlarni soni, binobarin, ularni temir yo‘l shoxobcha yo‘lida turgan vaqti frontning o‘lchamiga chambarchars bog‘liqdir. SHuning uchun, shartnoma tuzish oldidan ortish va tushirish fronti o‘lchamini belgilash masalalari bo‘yicha juda ko‘p baxslar paydo bo‘ladi. Frontning sig‘imi (o‘lchami) qancha katta bo‘lsa, yetib kelgan yuklarni tushirish yoki tashish rejasini bajarish uchun berilayotgan bo‘sh vagonlarga yuk ortish shuncha tezlashadi. Bunday holatda taraflar front sig‘imini oshirishga intilishlari kerakdek bo‘lib ko‘rinadi. Lekin, ortish va tushirish frontining sig‘imini katta bo‘lishi ortish-tushirish ishlarini bir vaqtning o‘zida bajarish uchun anchagina ko‘proq mehnat harajatlarini talab qiladi. SHuning uchun korxonalar ortish-tushirish frontining o‘lchamini qisqartirishga, temir yo‘li esa uni ko‘paytirishga harakat qiladi. U va bu talablar har doim ham asosli bo‘lavermaydi. Ortish va tushirish frontining o‘lchami omborning turiga va ortish-tushirish ishlarining uslubiga bog‘liq bo‘ladi. Download 25.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling