21-Mavzu: Vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish,ortish va tushirish frontlari hamda vagonlarni aylanish muddati Vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish


Download 25.3 Kb.
bet5/5
Sana28.10.2023
Hajmi25.3 Kb.
#1730232
1   2   3   4   5
Bog'liq
21-Mavzu.Tovar yuk

Vagonlarni aylanish muddati. Tashkilot va jismoniy shaxslar tasarrufidagi temir yo‘l shoxobcha yo‘liga ularning lokomotivida xizmat ko‘rsatilganida, ya’niy temir yo‘li vagonlarni chiqarib qo‘yiladigan yo‘lda topshirganida va qabul qilib olganida, temir yo‘l shoxobcha yo‘lini ekspluatatsiyasi shartnomasida vagonlarning aylanish muddati belgilanadi. Tashkilot va jismoniy shaxslar tasarrufidagi temir yo‘l shoxobcha yo‘liga ularning lokomotivida xizmat ko‘rsatilganida vagonlarning aylanish muddati quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi:
a) topshirish-qabul qilish operatsiyalari vaqti, uzatma poyezdida-gi vagonlar soniga muvofiq har bir vagonga 1 daqiqa hisobidan belgilanadi, lekin bu vaqt birdaniga topshiriladigan barcha vagonlarga 30 daqiqadan ziyod bo‘lmasligi kearak;
b) temir yo‘l shoxobcha yo‘lida vagonlarni harakatlanish va manyovr operatsiyalarni bajarish vaqti, harakatlanish masofasidan va tezligidan kelib chiqib hisoblash orqali aniqlanadi. Harakatlanish tezligi “Temir yo‘l shoxobcha yo‘liga xizmat ko‘rsatish tartibi va harakatni tashkil qilish haqida Yo‘riqnoma” belgilangan miqdorda qabul qilinadi;
v) vagonlarga yuklarni ortish va tushirish vaqti yuklarni tashish Qoidalarini 6-bo‘limi “YUklarni ortish va tushirish muddatlari” ga muvofiq qabul qilinadi;
g) temir yo‘l shoxobcha yo‘lida sostavlarni tarqatish va shakillash vaqti xronometraj kuzatuvlari asosida aniqlanadi, lekin sostavni tarqatish yoki shakillash 30 daqiqadan ziyod bo‘lmasligi kerak.
Temir yo‘l shoxobcha yo‘lida kontragentlar mavjud bo‘lganida vagonlarni aylanish muddatlari bunday kontragentlarni ishlarini inobatga olib aniqlanadi.
Vagonlarni aylanish muddatlari:
a) bitta operatsiyali vagonlar (ortish yoki tushirish) uchun;
b) ikkita operatsiyali vagonlar (ortish va tushirish) uchun;
v) marshrutlarni ortish va tushirish uchun belgilanadi.
Yuqorida “a”, “b”, “v” punktlarda nazarda tutilgan alohida vagonlarning aylanish muddatlari o‘rniga, temir yo‘l shoxobcha yo‘lida bajariladigan operatsiyalardan qa’tiy nazar barcha vagonlar uchun bitta umumiy (yagona) aylanish muddati belgilash ham mumkin.
Ortish-tushirishning me’yoriy muddatlarini, munosib holatlarda esa vagonning aylanishning me’yoriy muddatini bajarmaganligi, uchun yuk jo‘natuvchilar va yuk oluvchilar vagonning to‘xtab turishi uchun jarima turidagi fuqarolik - huquqiy javobgarligiga tortiladilar.
Download 25.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling