1. afrika va Lotin Amerikasi davlatlarining urushdan keying holati


Download 74.5 Kb.
bet1/4
Sana07.01.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1082283
  1   2   3   4
Bog'liq
28-Mavzu


28-Mavzu. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari. Yaponiya Xitoy va Janubiy Koreya: Osiyo sivilizatsiyasi qadriyatlari va G‘arb ishlab chiqarish usuli uyg‘unligi.
Reja:
1.afrika va Lotin Amerikasi davlatlarining urushdan keying holati.
2.Yapon mo’jizasi.
3.Osiyoning yangi industirial davlatlari.


Ikkinchi jahon urushida Yaponiya mag‘lubiyatga uchradi. Urushda 6,5 mln. yaponlar halok bo‘ldi, Yaponiya o‘zining barcha mustam- lakalaridan ayrildi. Mamlakat AQSH tomonidan okkupatsiya qilinib, hokimiyat general Duglas Makartur boshchiligidagi AQSH okkupatsion qo‘shinlari shtabiga o‘tdi. 1952-yilgacha Yaponiya hukumati shu shtab tomonidan nazorat qilindi, mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha reja va tashabbuslar ham shu shtabga tegishli edi. Amerikaliklar yaponlarni eng zamonaviy biznes usullari bilan tanishtirib bordi. 1950-yildan kadrlar tayyorlashning amerikacha standartlari joriy qi- lindi. Yapon mahsulotlarining sifatini oshirishga katta e’tibor qara- tildi. Edvards Deming va boshqa amerikalik mashhur iqtisodchilar ma’ruzalar bilan chiqdi. Yaponiya iqtisodini boshqarish davlat tizimi yaratildi. Bu tadbirlar 1950 — 1960-yillarda Yaponiyaning to‘liq iqtisodiy tiklanishiga olib keldi.Yaponiyada demokratiyaning shakllanishi. Ayni paytda demokratik islohotlar ham olib borildi. Siyosiy va diniy erkinliklar to‘g‘risida direktiva qabul qilindi. Matbuotda senzura bekor qilindi, barcha siyosiy mahbuslar ozod etildi, ilgarigi militaristik jamoat tashkilotlari tarqatib yuborildi. Siyosiy partiyalarni qayta tuzish jarayoni boshlandi. Amerikaliklar yaponlarni demokratiya sharoitida yashashga o‘rgatdi.Yaponiya iqtisodiy mo‘jizasi. Butun dunyoda «yapon iqtisodiy mo‘jizasi» deb iqtisodning nihoyatda jadal —yiliga 11%dan rivojlanish davriga aytiladi. Bu davr 1956 — 1970-yillarni o‘z ichiga oladi. Unda ayniqsa, sanoatning o‘sish sur’atlari juda yuqori bo‘lib, bu, asosan, og‘ir sanoat va kimyo ishlab chiqarishini rivojlantirish hisobiga yuz berdi. 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya yalpi ichki mahsulot- ning hajmi bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Yaponiya o‘z yutuqlarini Tokioda bo‘lib o‘tgan «
Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling