1. afrika va Lotin Amerikasi davlatlarining urushdan keying holati
Download 74.5 Kb.
|
28-Mavzu
Den Syaopin Tyananmin maydo- nidagi namoyishni kuch bilan tarqatib yuborishni buyurdi. Talabalarga qarshi qurolli kuch ishlatildi, yuzlab yoshlar halok bo‘ldi, ko‘plab kishilar qamoqqa olindi. AQSH Kongressi Xitoyga qarshi sanksiya e’lon qildi. Ammo industrial mamlakatlar bilan munosabatlarning yomonlashuvi yuz bermadi. Chunki bu paytga kelib Xitoy juda katta ta’sirga ega mamlakatga aylangan edi. Bu voqealarga qaramasdan, Xitoyda islohotlar davom ettirildi. Tashqi siyosat. Xalqaro munosabatlarda Xitoy uzoq yillar o‘zini ikkinchi darajali davlat sifatida his etib keldi. Xitoy BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarda o‘z o‘rniga ega emasdi, uning o‘rnini Tayvanda joylashib olgan Chan Kayshi boshchiligidagi gomindanchilar egallagandi. Ko‘plab G‘arb davlatlari bilan normal munosabatlar mavjud emasdi. 1970-yillardan boshlab holat o‘zgardi. G‘arb davlatlari bilan diplomatik munosabatlar tiklandi, Tayvan o‘rniga BMTda o‘z o‘rnini egalladi. AQSH bilan munosabatlar yaxshilandi, faqat SSSR bilan murakkab ligicha qoldi. 1980-yillari Xitoy yadro quroliga ega bo‘lgan davlatga aylandi va xalqaro munosabatlarda shunga yarasha o‘rin egallashga intildi. 1980-yil larning ikkinchi yarmidan SSSR bilan ham munosabatlar yaxshilandi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Lotin Amerikasi mamlakatlari iqtisodiy islohotlar o‘tkazishi uchun qulay sharoit vujudga keldi: ular ancha katta valuta zaxirasiga ega bo‘ldi, jahon savdosida ulushi oshdi. Bu hol Lotin Amerikasi mamlakatlarida ommabop, lekin avtoritar rejimlarning shakllanishi uchun qulay muhit yaratdi. Bu 1979-yili Nikaraguada inqilobga, Salvador va Gvatemalada isyonchilik harakatining kuchayishiga olib keldi. Janubiy Amerika davlatlari — Ekvador, Peru, Boliviya, Argentina, Braziliya va Urugvayda harbiy rejimlar fuqarolik hukumatlari bilan almashtirildi. XX asrda Lotin Amerikasi mamla-katlari uchun umumiy bo‘lgan modernizatsiyalashning uchta — inqilobiy, neokonservativ va islohotchilik variantlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu variantlarni uchta mamlakat misolida ko‘rib chiqamiz. Download 74.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling