1. Agar dnk uzunligi 183,6 nm ga teng bo‘lib, undagi qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng bo‘lsa, ushbu dnk fragmentida nechta nukleotidlar bo‘ladi va ular nechta aminokislotalarni kodlaydilar


Download 21.5 Kb.
Sana07.09.2020
Hajmi21.5 Kb.
#128706
Bog'liq
Masala


test masala

____________________________

1. Agar DNK uzunligi 183,6 nm ga teng bo‘lib, undagi qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng bo‘lsa, ushbu DNK fragmentida nechta nukleotidlar bo‘ladi va ular nechta aminokislotalarni kodlaydilar?

A) 540 ta, 180 ta B) 1080 ta, 180 ta C) 536 ta, 1800 ta D) 5480 ta, 180 ta

2. DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25% tashkil qilsa, nukleotidlar orasi 0,34 nm bo‘lsa, bu holda DNK uzunligi necha nanometr?



A) 4250 nm B) 2125 nm C) 1062,5 nm D) 6250 nm

3.DNK molekulasi muayyan fragmentining uzunligi 33,32 nm, DNK molekulasidagi nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng. Ushbu DNK fragmentida nechta nukleotid bor?



A) 196 B) 98 C) 89 D) 133

4.DNK molekulasining tarkibida 1222 adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 26%-ini tashkil qilsa, bu holda guanin nukleotidining soni nechaga teng?

A) 1128 B) 1222 C) 2444 D) 2256



5.DNK molekulasining tarkibida 1222 adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 26%-ini tashkil qilsa, bu holda DNK ning tarkibida umumiy nukleotidlarning soni nechaga teng?

A) 4700 B) 3540 C) 2350 D) 13500

____________________________

6. DNK molekulasi muayyan fragmentining uzunligi 73,1 nm ga teng. DNK molekulasisidagi nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng bo‘lsa, ushbu fragmentda nechta nukleotid bor?

A) 215 B) 430 C) 305 D) 21,5

____________________________

7. DNK molekulasining bo‘lagi 12 juft nukleotiddan iborat. Agar nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 angestrem bo‘lsa, mazkur DNK bo‘lagining uzunligini toping.

A) 40,8 B) 3,8 C) 4,08 D) 34

8.DNK molekulasi tarkibidagi (T) timin nukleotidi umumiy zanjirning 16% ni tashkil etadi. Qolgan nukleotidlarning har biri necha foizni tashkil qiladi?

A) A−16, G−34, S−34 B) A−32, G−32, S−32

C) A−16, G−16, S−16 D) A−34, G−16, S−16

9.Agar DNK molekulasida A−600, G−2400 ta bo‘lsa, ushbu molekulaning reduplikatsiyasida qancha va qanday nukleotidlar ishtirok etadi?

A) 600−T, 2400−S B) 600−A, 600−G

C) 600−A, 2400−G D) 1200−S, 4800−T

10.Agar DNK uzunligi 816 A bo‘lsa, (nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 Aga teng) transkripsiya jarayonida xosil bo‘lgan i- RNK nechta nukleotiddan iborat?

A) 480 B) 160 C) 80 D) 240

11. Nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar o‘zaro fosfodiefir bog‘lari orqali bog‘lanadi. Oqsil 140 ta aminokislotadan iborat bo‘lsa, shu oqsil haqida axborot saqlovchi DNK bo‘lagi qo‘sh zanjiridagi fosfodiefir bog‘lari sonini aniqlang.

A) 840 B) 418 C) 718 D) 838

12.Molekulasida 100 ta timinli nukleotid bo‘lib, bu umumiy nukleotidlarning 10% ini tashkil etadi. Ushbu DNK molekulasidagi guaninli nukleotidlar sonini aniqlang.

A) 400 B) 200 C) 1000 D) 1500

13.Nuklein kislota molekulasi nukleotidlari o‘zaro fosfodiefir bog‘i orqali birikadi. Tarkibida 52 ta aminokislota bo‘lgan oqsil haqida axborot saqlovchi DNK qo‘sh zanjirida nechta fosfodiefir bog‘i bor?

A) 312 B) 310 C) 156 D) 155

14.DNK zanjirida adenin va timin orasida ikkita, guanin va sitozin orasida uchta vodorod bog‘ mavjud. DNK molekulasida 100 ta timinli nukleotid bo‘lib, umumiy nukleotidlarning 10%ini tashkiletadi. Ushbu DNK molekulasidagi vodorodli bog‘lar sonini toping.

A) 1500 B) 2800 C) 400 D) 1400

15.DNK molekulasida 4836 ta A va 8423 ta G bor. Ushbu molekulani uzunligi va H bog’lar sonini aniqlang.

A) 45080,6 A; 34941 B) 45980 A; 8672

C) 13259 A; 45080 D) 34941 A; 2843

16.AATSGGSTATA ushbu fragmentga komplementar zanjirdan sintezlangan i-RNK ni toping



A) TTAGSSGATAT B) AAUSGGUSUAA

C) AAUSGGSUAUA D) UUASGGSUSUU
Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling