Nuklein kislotalarga doir masalalar tuzish va uning yechimini izohlash
1. . i-RNK dan sintezlangan oqsil massasi 16800 Daltonga teng. i-RNK sintezlangan DNKni 30% S tashkil qiladi. Shu DNK qo’sh zanjiri yoyilayotgan vaqtda nechta vodarod bog’ uziladi? (bitta aminokislotaning og’irligi 120 D deb olinsin).
A) 2184 B) 1092 C) 2500 D) 5000
Yechimi
16800 / 120 = 140 ta aminokislota
140 x 3 = 420 ta nukleotid i-RNK da
420 x 2 = 840 ta nukleotid DNK da
100 % ----------- 840 ta
30 % ----------- x x = 252 ta S 252 ta S bo`lsa, 252 ta G bo`ladi
840 – (252 + 252) = 336 ta A va T 336 / 2 = 168 ta dan A va T
252 x 3 = 756 ta H bog` G va s orasida
168 x 2 = 336 ta H bog` A va T orasida
Jami: 756 + 336 = 1092 ta H bog` uziladi
Javob: B
2. (A+T)-(G-S)=60 va umumiy vodorod bog`lar soni 360 bo`lsa, DNK fragmenti uzunligini aniqlang.(qo`shni nukleotidlar
orasidagi masofa 0,34nm)
A)51 B)50,4 C)61,2 D)45
Yechimi
2A + 3G = 360
2A – 2G = 60
5G = 300
G = 60
A = 90
60 + 90 = 150 bitta zanjirdagi nukleotidlar soni
150 x 0,34 = 51 nm
Javob: A
3.DNK qo`sh zanjirida 180ta vodorod bog` bo`lib ulardan 1/3 G-S orasida bo`lsa DNK fragmentidagi fosfodiefir bog`lar sonini aniqlang(qo`shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34nm)
A)158 B)178 C)79 D)89
Yechimi
Jami H bog` 180 ta bo`li 1/3 qismi G va S orasida
3 -------- 1
180 ----- x x = 60 ta H bog` G va S orasida
180 – 60 = 120 ta H bog` A va T orasida
60 / 3 = 20 tadan G va S
120 / 2 = 60 tadan A va T
20 + 60 = 80 ta nukleotid DNK bitta zanjirida
80 x 2 = 160 ta nukleotid DNK qo`sh zanjirida
160 – 2 = 158 ta fosfodiefir bog`
Javob: A
Do'stlaringiz bilan baham: |