1. Agregatlarning ish unumi va turlari. Yonilg‘i va moylash mahsulotlari sarfi. Mehnat va mablag‘ (ekspluatatsion) sarfi


Download 122.68 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi122.68 Kb.
#1580952
  1   2   3   4
Bog'liq
AGREGATLARNI ISHLATISHDA ISH UNUMI, ENERGIYA VA YOQILG‘I SARFLARINI HISOBLASH


AGREGATLARNI ISHLATISHDA ISH UNUMI, ENERGIYA VA YOQILG‘I SARFLARINI HISOBLASH


Reja:


1. Agregatlarning ish unumi va turlari.
2. Yonilg‘i va moylash mahsulotlari sarfi.
3. Mehnat va mablag‘ (ekspluatatsion) sarfi.

Ma’lumki, mehnat unumdorligi o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligining eng muhim ko‘rsatgichidan biri hisoblanadi.


M ye h n a t u n u m d o r l i g i sarflangan mehnat birligiga (1 kishi-kun, 1 kishi-soat) to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.Har qanday mehnat qo‘l kuchi bilan yoki turli ko‘rinishdagi qurollar yordamida amalga oshiriladi.
Mehnat unumdorligini oshirishda uni ilmiy asosda tashkil etish muhim rol o‘ynaydi. Uning asosiy vazifasi – kam mehnat sarflagan holda insonning mehnatidan ko‘proq samara olishdir.
Mehnatni ilmiy tashkillashtirish – bu ishlab chiqarishni davomli, ketma-ket va og‘ishmasdan yaxshilash hamda yangi usullar, qurollar, mehnat sharoitlarini va boshqaruvni yuqori saviyada tashkillashtirish demakdir.
Mehnat samaradorligini oshiruvchi chora-tadbirlarni uchta asosiy yo‘nalishda: ishlarni mexanizatsiyalashtirish, mehnatni oqilona tashkillashtirish va jadallashtirish yo‘nalishlarida olib borish mumkin.
Qo‘l mehnatini mashina bilan almashtirish, mehnatni yengillashtiruvchi turli moslamalarni qo‘llanish, kichik mexanizatsiya va hokazolar mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarfini keskin kamaytirishga imkon beradi.
Mehnatni oqilona tashkillashtirish – eng qulay ish sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarini oldindan hisoblash, odamlar va texnikani to‘g‘ri taqsimlash, soatbay grafiklar, asboblar sifatini yaxshilash, materiallarni ish uchun qulay joylashtirish, ya’ni ish joyini eng yaxshi tartibda tashkillashtirishdan iborat.
Har bir ishchining mehnatini jadallashtirish katta imkoniyatlar beradi. Buning uchun vazifalarni aniq taqsimlash, ish vaqtidan unumli foydalanish, ya’ni ish vaqtini yo‘qotmaslik, ishchilarning malakasini oshirish va umumiy madaniy saviyasini ko‘tarish, shuningdek boshqa imkoniyatlardan foydalanish lozim bo‘ladi.
O‘rmon xo‘jaligida mehnatni tashkillashtirishga ilmiy yondoshish, uning texnik jihozlanganlik darajasini oshirish muhim kasb etadi. O‘rmon ho‘jaligida mehnatni tashkillashtirish ancha murakkab bo‘ladi. Bunda kadrlar bilan ta’minlash va ularni kasbiy tayyorlash; korxona ichida ishlab chiqarish sohasiga qarab mehnatni taqsimlash, o‘rindoshlik qilish, shuningdek jamoa ichida ham mehnatni taqsimlash, ish joylarini tashkillashtirish, mehnat jarayonlarini boshqarish talab etiladi. Mehnatni normalash va haq to‘lash masalalari ham mehnatni tashkillashtirish masalalari bilan bevosita bog‘liqdir.
Mehnat unumdorligini oshirish qonuni - jamiyatimizning iqtisodiy qonunlaridan biridir. Mehnat unumdorligini o‘sishi ishchilar sonini oshirmasdan ko‘proq mahsulot yetishtirish imkonini yaratadi.
Shuning uchun ham mehnat unumdorligini belgilaydigan asosiy omillardan biri qishloq xo‘jalik agregatlarining ish unumi hisoblanadi, agregatning ish unumi qanchalik yuqori bo‘lsa, mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
2. Agregatning vaqt birligi ichida belgilangan sifatdagi bajarilgan ish miqdorigaqishloq xo‘jalik agregatining ish unumi deyiladi.
Qishloq xo‘jalik agregati bajargan foydali ish miqdori gektarda (yer haydash, chigit ekish, qator orasiga ishlov berish va b.), tonnada (paxta terish, g‘alla o‘rish va b.), tonna-kilometrda (yuk tashish ishlari), m.kubda (ariq va kanallarni tozalash), metrda (o‘qariqlar olish va tekislash) o‘lchanadi
Agregatning ish unumi vaqt davomiyligiga qarab nazariy va haqiqiy hamda bir soatlik va bir almashishlik (smenalik) ish unumiga bo‘linadi.
Agregatningnazariy ish unumi - uning konstruktiv qamrash kengligi Vk, nazariy xarakat tezligiVnva vaqtdan to‘liq foydalanilganda, ya’ni to‘xtovsiz ishlagandagi erishilgan ish unumiga aytiladi.
Agar konstruktiv qamrash kengligi Vk bo‘lgan agregat (4.1-rasm) bir soatda Vnnazariy tezlik bilan beto‘xtov xarakatlansa, ishlov berilgan to‘g‘ri to‘rtburchak maydon (VkVn) agregatning bir soatlik ish unumini belgilaydi.
Agar Vk metr va Vn km/soatda olinsa, agregatning bir soatdagi nazariy ish unumi quyidagicha topiladi:


Download 122.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling