Boshqaruv tahlilini tashkil qilish va uni ma’lumotlar bilan ta’minlash


Download 122.83 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi122.83 Kb.
#1699457
Bog'liq
Boshqaruv tahlilini tashkil qilish va uni ma’lumotlar

Boshqaruv tahlilini tashkil qilish va uni ma’lumotlar bilan ta’minlash

Tayanch iboralar: tashkil etish tamoyillari, tahliliy ish bosqichlari, reja ma‘lumotlari, hisobot ma‘lumotlari.

Tahliliy ishni muvaffaqiyatli, samarali o’tkazilishi uni har tomonlama o’ylab, sinchiklab tashkil qilinishiga bog‘liq. Uning o’tkazilishi ilmiy xususiyatga asoslangan bo‘lishi hamda reja asosida amalga oshirilishi lozim.

  • Tahliliy ishni muvaffaqiyatli, samarali o’tkazilishi uni har tomonlama o’ylab, sinchiklab tashkil qilinishiga bog‘liq. Uning o’tkazilishi ilmiy xususiyatga asoslangan bo‘lishi hamda reja asosida amalga oshirilishi lozim.
  • Tahliliy ishda xilma-xil bosqichlar mavjud. Ularning mazmuni oldindan aniqlanishi kerak va bajarilishi ma‘lum tamoyillarga asoslangan bo’lishi kerak.

Tahlilni o‘tkazuvchilar o'rtasida vazifalarni ularning ma‘lumoti, ish staji va mutaxassisligini hisobga olgan holda aniq taqsimlash lozim.
Tahlil natijasi aniq xulosa va takliflardan iborat bo‘lishini ta‘minlash.
Ishlab chiqarishda tahlilni tashkil qilishda eng zarur tamoiyllardan biri uni tejamliligi, ya‘ni oz xarajat sarf qilinishi va qisqa vaqtda samarali natija olish.

Ishlab chiqarishda o'tkaziladigan tahliliy ish quyidagi bosqichlardan iborat:


Boshqaruv tahlilining obyekti va subyektini aniqlash, ularni tashkil qilish shaklini tanlash va uni bajaruvchi bo‘linmalar o'rtasida to'g;ri taqsimlash.
Korxona faoliyatini tahlil qilishni reja asosida bajarish.
Tahlilni kerakli ma‘lumot va uslubiy qo‘llanma bilan ta‘minlash.
O'tkazilgan tahlil natijasini rasmiylashtirish.
Tahlil natijasiga asoslanib ishlab chiqilgan tashkiliy-texnikaviy va iqtisodiy chora-tadbirlarini ishlab chiqarishga tatbiq etilishini nazorat qilish.

Yirik sanoat korxonalarida iqtisodiy xizmatlarni iqtisodiyot bo'yicha direktor muovini, ya‘ni bosh iqtisodchi boshqaradi. Bevosita uning rahbarligida quyidagi iqtisodiy bo’limlar faoliyat ko'rsatadi:

Yirik sanoat korxonalarida iqtisodiy xizmatlarni iqtisodiyot bo'yicha direktor muovini, ya‘ni bosh iqtisodchi boshqaradi. Bevosita uning rahbarligida quyidagi iqtisodiy bo’limlar faoliyat ko'rsatadi:

  • boshqaruv tahlili laboratoriyasi;
  • ishlab chiqarishni tashkil qilish bo'limi;
  • iqtisodiy rejalashtirish bo’limi;
  • mehnat va ish haqi bo'limi, buxgalteriya hisobi;
  • moliyaviy bo’lim.

Boshqaruv tahlili faqatgina iqtisodchi xodimlarning burchigina bo'lmay, balki texnik xodimlar, huquqshunoslar, konstruktorlar ham tahlil o’tkazishga jalb qilinishi kerak. Buning sababi xo'jalik faoliyati har tomonlama: iqtisodiy, texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy jixatdan tashkil qilinishi lozim.

  • Boshqaruv tahlili faqatgina iqtisodchi xodimlarning burchigina bo'lmay, balki texnik xodimlar, huquqshunoslar, konstruktorlar ham tahlil o’tkazishga jalb qilinishi kerak. Buning sababi xo'jalik faoliyati har tomonlama: iqtisodiy, texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy jixatdan tashkil qilinishi lozim.
  • Boshqaruv tahlilini mutaxassislar bilan birgalikda amalga oshirish tahlilning sifatini ta‘minlaydi va xato, kamchilik hamda imkoniyatlarni to’g’ri aniqlashga yordam beradi.

Boshqaruv tahlilini o‘tkazishda ishlatiladigan ma‘lumotlar manbai quyidagilardan iborat:
reja ma‘lumotlari
reja
hisobot ma‘lumotlari
hisobotdan tashqari ma‘lumotlar

Reja ma‘lumotlari manbaiga korxonada ishlab chiqiladigan istiqbol, joriy, tezkor rejalar, normativ materiallar, smetalar, narxlar kiradi. Hisobot ma‘lumot manbalari bu buxgalteriya, statistika hujjatlarida aks ettirilgan haqiqiy hisob va hisobotlar.

  • Hisobotga olinmaydigan ma‘lumotlar manbaiga xo‘jalik faoliyatini boshqarishda qo‘llaniladigan hujjatlar kiradi va bu hujjatlar yuqorida keltirilgan hisob va hisobotlarga kirmaydi. Hisobotga olinmaydigan hujjatlarga quyidagilar kiradi:
  • Korxonalar o’z faoliyatida foydalanishi shart bo‘lgan rasmiy hujjatlar.
  • Xo'jalik huquq hujjatlari: shartnomalar, orbitraj va sud qarorlari, reklamatsiyalar, reviziya, auditorlik natijalari.
  • Ilmiy texnika axboroti: nashr qilingan ma‘lumotlar, ilmiy tadqiqot ishlar natijasi haqidagi hisobot.
  • Jamoaning umumiy yig‘ilish qarorlari.
  • Korxonalarning ilg’or tajribalari haqidagi ma‘lumotlar;
  • Texnik hujjatlar.
  • Alohida ish joylaridagi ahvolni kuzatish natijalari.

THANK YOU


Download 122.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling