1. Aholining mexanik harakatini hisobga olish usullari


Xalqaro migratsiya va undagi o’zgarishlar


Download 98.43 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi98.43 Kb.
#1577321
1   2   3
Bog'liq
m

3. Xalqaro migratsiya va undagi o’zgarishlar
Aholi migratsiyasi — aholining yashash joyini oʻzgartirishi bilan bogʻliq koʻchishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri boʻlib, unta kishilarning oddiy mexanik koʻchish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning koʻp tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo boʻlishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bogʻliq. Ishchi kuchini joylashtirishdagi oʻzgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi.
Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil oʻzgartirish), vaqgincha (shartnoma asosida maʼlum muddatga ishga, oʻqishga va boshqa sabablar bilan mamlakatdagi bir maʼmuriy-hududiy birlikdan boshqasiga borish, yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoklari — qishloq xoʻjalik, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va boshqa sabablarga koʻra koʻchish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, oʻqishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migrasiya turlari boʻladi. Maʼlum vaqt davomida hududga koʻchib kelgan va koʻchib ketgan kishilar soni oʻrtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Baʼzan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni oʻzgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas.
Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining toʻxtovsiz oʻsib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan maʼlum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan toʻla qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab boʻladi.
Oʻzbekistonda aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi, 50-60-yillarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Bekobod, Angren, Olmaliq, Yangiyer va boshqa sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan taʼminlash maqsadida shoʻrolar davrida SSSRning markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy koʻchirib keltirish hisobiga boʻldi. Natijada bu sha-harlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, koʻpchiligi Respublika tashqarisidan yoʻllanma bilan kelgan kishilar boʻldi. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan soʻng Toshkent shahri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida oʻz yurtlaridan qochoq boʻlganlar va badargʻa qilinganlar ham Oʻzbekistonda qoʻnim topdilar.
Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy anʼanalar ham taʼsir koʻrsatadi. Oʻrta Osiyo xalqlarida, jumladan oʻzbeklarda tugʻilib oʻsgan joyga mehri balandligidan migratsiyaga moyillik ancha sust.
Xalqaro migratsiyani o’rganish uchun demografik tushunchakar va ta’riflar standart majmuini ishlab chiqdilar. Bir mamlakatdan boshqasiga harakati xalqaro migratsiya doimiy ekanligini amnglatadi. Sayyohlar sifatida xorijiy mamlakatlarga ko’chish yiki qisqa muddatga ishlash uchun borish , diplomatlar va xalqaro muhojirlar sifatida qaralmaydi.XX asrda asosiy migratnlar biradigan jahon davlarlari bular:AQSH, Kanada, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Avtraliya kiradi. Nafaqat O’zbekiston balki jahon davlarlarida migratsiyaning miqdoriy jihatiga to’xtaladigan bo’lsak migrantlar ko’p ko’chib boradi-

1-rasm
-gan hududlarda aholi sonini ko’payishi, ishlash uchun birgan migratnlar orasida mehnat taqsimotidagu muommolarni kelib chiqishi kuzatiladi.
Sifatiy ko’rsatkichlarni oladigan bo’lsak, mamlakat uchun misol qilishimiz mumkinki, salohiyati yuqori bo’lgan davlarlarga kishilarni o’qish uchun, yoki bo’lmasa oliy ma’lumotlilarni ishga jalb qilish maqsadida borishi mamlakatni rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shishi ham misol bo’la oladi. So’ngi yillarda dunyoning rivojlangan davlarlari yaxshi ish o’rnini yaratib berishi evaziga o’z hududiga jalb qilib kelmoqda.Undan tashqari ryemigratsiya va reimigratsiya degan tushunchalar ko’chib kelgan yoki ko’chib ketgan aholining qaytib kelishidir.
Doimoiy migratysiya- aholining biror hududga doimiy ravishda ko’chib ketishi.
Xulosa
Migratsiyasi aholining yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga
ko'nikishining shakli sifatida, ba’zan aholining ayrim qismining farovonligini oshirishning yagona imkoniyati sifatida yuzaga chiqadi. Migratsiya amalga oshirilish shakllari bo'yicha ijtimoiy tashkillashtirilgan (davlat yoki ijtimoiy organlarning ishtirokida va ularning iqtisodiy ko'magi yordamida amalga oshiriladigan) va ijtimoiy tashkillashtirilmagan (individual, ya’ni tashkilotlarning tashkiliy va moddiy yordamisiz migrantlar o'zlarining mablag'lari va kuchlari hisobiga amalga oshirilgan) shakllarga bo'linadi. Dunyoda va uning alohida hududlarida jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir tarixiy davrlarida va turli ijtimoiy guruhlaridagi migratsion harakatini o’rganoshda migratsiya ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.Ayniqsa , migratsiya jarayonini demografik nuqtayi nazardan o’rganilganda uning ko’rsatkichlari atroflicha tahlil etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Abduraxmanov Q.X., va boshqalar. Demografiya. Darslik. - T.: «Fan va texnologiya», 2014.

  2. Bo‘rieva M.R., Tojieva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. – T.: Tafakkur, 2011.

3.Abdurahmonov Q.X., Abdurahmon X.X. Demografiya.-T.: "Noshir",2011.
Download 98.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling