Aholi geografiyasi
Download 26.54 Kb.
|
Aholi migratsiyasi MUSTAQIL ISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA - MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA FAKULTETI GEOGRAFIYA YO’NALISHI “AHOLI GEOGRAFIYASI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH MAVZU: AHOLI MIGRATSIYASI
Bajardi: Ziyatova D.
Qabul qildi: Qurbonov Sh.
ТОSHKЕNT 2013.
AHOLI MIGRATSIYASI REJA:
KIRISH
Migrassiya to’g’risida tushuncha. Migrassiya turlari. Migrassiya ko’rsatkichlari Migratsiya: yashash uchun kurash O‘zbekiston aholisining tabiiy va migratsion harakatlari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Aholi migratsiyasi - aholining yashash joyini o`zgartirishi bilan bog`liq ko`chishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri bo`lib, unta kishilarning oddiy mexanik ko`chish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ko`p tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xo`jalik jihatdan o`zlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo bo`lishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bog`liq. I.CH.NI joylashtirishdagi o`zgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi. Yo`nalishiga ko`ra tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadi. Tashqi aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik), ichki Aholi migratsiyasi esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining o`zgarishi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar — migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud — migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud — migrantlar o`rnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining ko`chib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron bir boshqa mamlakatdan ma’lum mamlakatga aholining ko`chib kelishi immigratsiya, unda ishtirok etganlar immigrantlar (kelgindilar) deyiladi.
MIGRASSIYA TURLARI. Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil o`zgartirish), vaqgincha (shartnoma asosida ma’lum muddatga ishga, o`qishga va b. sabablar bilan mamlakatdagi bir ma’muriy-hududiy birlikdan boshqasiga borish, yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoklari — qishloq xo`jalik, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va b. sabablarga ko`ra ko`chish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, o`qishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migrasiya turlari bo`ladi. Ma’lum vaqt davomida hududga ko`chib kelgan va ko`chib ketgan kishilar soni o`rtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Ba’zan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni o`zgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas. Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining to`xtovsiz o`sib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan ma’lum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan to`la qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab bo`ladi. O`zbekistonda aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi, 50—60-yillarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Bekobod, Angren, Olmaliq, Yangiyer va b. sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan ta’minlash maqsadida sho`rolar davrida SSSRning markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy ko`chirib keltirish hisobiga bo`ldi. Natijada bu sha-harlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, ko`pchiligi Respublika tashqarisidan yo`llanma bilan kelgan kishilar bo`ldi. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so`ng Toshkent shahri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida o`z yurtlaridan qochoq bo`lganlar va badarg`a qilinganlar ham O`zbekistonda qo`nim topdilar. Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy an’analar ham ta’sir ko`rsatadi. O`rta Osiyo xalqlarida, jumladan o`zbeklarda tug`ilib o`sgan joyga mehri balandligidan migratsiyaga moyillik ancha sust. Migrassiya ichki (yani bir mamlakatning ichida ayrim rayonlar o’rtasida, qishloqdan shaharga) yoki tashqi (bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga, bir qit’dan ikkinchi qit’aga) bo’lish mumkin. Migrassiya, shunningdek, doimiy hamda vaqtincha (shu jumladan mavsumiy bo’ladi.) Aholi migrassion harakatining sabablari xilma-hil bo’lishi mumkin. Aholini bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishga majbur qiluvchi sabablardan eng muhimlari ikkita: iqtisodiy sabablar (masalan, ish qidirib yoki moddiy axvolini yaxshilash maqsadida bir rayondan ikkinchi rayonga yoki boshqa mamlakatga ko’chish xamda siyosiy sabablar (siyosiy, milliy yokiy diniy etiqodga ko’ra quvg’in ostiga olinishi natijasida, davlatlar o’rtasidagi chegaralarning o’zgarishi yoki xarbiy harakatlar davom etgan rayonlardan boshqa joylarga ko’chib o’tish, davlatlar o’rtasidagi millatlar vakillarini ayirbosh qilish kabilar). Ichki migrassiyalar mamlakatlar aholisining ko’payishi va kamayishiga ta’sir ko’rsatmaydiб balki aholining mamlakat xududi bo’ylab shahar qishloq o’rtasida qayta taqsimlanishga olib keladi holos. Tashqi migrasiyalar esa, aksincha bir mamlakat, xatto aholisining ko’payishiga sababchi bo’ladigan muhim omil hisoblanadi.Xalqaro migratsiyasi 6 guruhga ajratiladi: Oilaviy va boshqa sabablarga ko’ra doimiy yashahs maqsadida bir davlatdan boshqa davlatga ketgan emigratlar. Migrant mexnatkashlar. Nolegal immigrantlar. Qochoqlar. Talabalar ilmiy hodimlar, tadqiqotchialr. Turli maqsadda ko’chib yuruvchilar –turistlar, dam oluvchilar, anjuman qatnashchilari. MIGRASSIYA KO’RSATKICHLARI: Aholining bir joydan ikkinchi joyga ko’chib joylashishi juda qadim zamonlardayoq mavjud bo’lgan. Biroq xar bir davrning migratsiyasiga o’ziga xos xususiyatlarga ega va turli xil oqibatlarga olib keladi. Antik davrning oxiri va o’rta asrlarining boshlarida ro’y bergan hamda adabiyotlarda “xalqlarning buyuk ko’chish davri” deb nomlangan migrassion harakatlar Yevropa va Osiyodagi ko’p xalqlarning etnik tarkibiga katta tasir ko’rsatadi. Markaziy va Shimoliy EVROPAGA German xalqlarining joylashuvi, ularning Britaniya opollariga kirib borishi xuddi ana hsu davrga to’g’ri keladi. Shu davrda slavyan xalqlari Sharqiy Yevropa xamda bokon yarimorolini egalladi xamda O’rta Osiyoda turkiy xaqlar paydo bo’ldi. Arablarning istelolari (ayniqsa Yaqin sharq va shimoliy Afrika hududlarida), mug’ullarning yurishlari va boshqalar xam uzoq o’tmishda xalqlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chib ketishga xamda ularning etnik sostaviga ta’sir qilgan muxim voqealardandir. XV-XVI asrlardagi buyuk geografik kashfiyotlar aholi migrasiyasining avj olishiga sabab bo’ldi. Bu davrda yangi dunyo (Amerika)ning kashf qilinishi natijasida yevropadan juda ko’plab odamlar bu yerga ko’chib kela boshladilar, keyinchlik esa, asosan shimoliy Amerikaga ingilizlar, gollandlar fransuzlar va boshqa yevropaliklar ko’chib borib u yerlarni egalladilar. Shimoliy Amerikaning janubiy qismlari xamda markaziy Amerikaning o’zlashtirilishida Afrikadan qul olib borilgan negrlar katta ro’l o’ynadi. Aholi migrassiyasi kapitalizmning rivojlanishi bilan ayniqsa, kuchayib boradi . Bu esa kapitalistik ishlab chiqarishning tub mohiyatidan, uning aholi qonunlaridan kelib chiqadigan bevosita natija edi. Yevropada kapitalizmning rivojlanishi natijasida bu yerda nisbiy ortiqcha aholining, ishsizlik va yersiz dexqonlar sonining ko’payishiga sababchi bo’ldi. Monopolistik kapitalizmgacha bo’lgan davrlarda yevropadan Amerikagacha, Avstraliyaga va boshqa qit’larga ko’chib boruvchilar uchun ma’lum imtiyozlar va yetarli miqdorda yerlar bo’lib berilar edi. Bu xol yevropadan boshqa qit’alarga, ayniqsa Amerika, Avstraliya, Yangi Zellandiyaga ko’chib ketishni kuchaytirdi. XVI asr o’rtalaridsan to ikkinchi jaxon urushi boshlangunga qadar Yvropadan boshqa qit’alar 70 milliondan ortiqroq aholi ko’chib ketgan. Boshqa rayonlarga xan Yevropadan, ayniqsa, ko’p aholi ko’chib ketgan. Agar 1870 –yi8llargacha Emigrantlar ko’proq G’arbiy va shimoliy Yevropa mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, Skandinaviya mamlakatlari va boshqalar)dan ketgan bo’lsa XIX asrning oxirlaridan boshlab, emigrantlar soni bo’yicha Janubiy va sharqiy Yevropa mamlakatlari (Italiya, Avstriya-Vengriya, rossiya kabilar) birinchi o’ringa chiqib oldi. Buning nasosiy sabablari ana shu mamlakatlar qishloq xo’jaligida kapitalizmning rivojlaninshi va dexqonlarning qishloqlashuvida edi. Bu davrga kelganda transport aloqalarnining rivojanishi xam ko’chib ketishni ancha osonlashtirdi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida AQSHda arzon ishchi kuchiga talab oshib bordi. Janubiy va sharqiy yevropa mamlaktlatlari eas ana shunday arzon ishchi kuchi yetkazib beruvchi rayonga aylanib qoldi. XVIII asr va XIX asrlardagi emigratlar ko’proq Amerika (AQSH, Kanada)ga ko’chib borgan bo’lsalar, XIX asrdan boshlab yana janubiy Amerika mamlakatlari (ayniqsa Argentina, Braziliya)ga ko’plab ko’chib bordilar. Chunki shimoliy mamlakatlarda kapitalizm umumiy krizisning kuchyishi natijasida ishsizlar ko’paya boshladi, yerlarning narxi qimmaqlashib ketdi, keyinchalik AQSH Kanada mamlakatlariga ko’chib kelish to’xtatildi. Bu davrlarda asosan Inglizlar va Britaniya orollarida yashovchi boshqa millat vakillari Avstrliya yangi Zellandiya, Janubiy Afrikaga ko’plab ko’chib bordilar. Shimoliy Afrika mamlakatlariga Jazoirga – fransuzlar va ispanlar xam ko’plab yevropaliklar ko’chib bordilar. Shunday qilib, XVX va XIX asrlardagi eng yirik migrassiya yevropadan boshqa joylarga ko’chib ketish bilan bog’liq qit’aning o’z ichida yoki ayrim mamlaktlarning ichidagi migrassion xarakatlar uncha katta emas edi. Maslan XIX asrning ikkinchi yarmida ya’ni Rossiyada kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanib borishi va krepostniklik xuquqining bekor qilinishi munosabati bilan mamlakatning Yevropa qismidan Osiyo qismi (Sibir, Qozog’iston, O’rta Osiyo )ga ko’chib o’tish ancha kuchaydi. 1861-1914 yillar davomida rossiyaning g’arbidan 5 millionga yaqin aholi (asosan Ruslar, Ukrainlar, Beloruslarб Tatarlar, Mordvalar) kuchib o’tdi. XIX asr XX asrning boshlarida Xitoydan Janubiy-Shaqiy Osiyo mamlakatlari Malaziya, Tayland, Indoneziya va boshqalar)ga Yaponiyadan Gavayi orollariga, AQSH ga va ayniqsa, Shimoliy-Sharqiy Xitoy (manchjuniya) xamda Koreyaga, Xindistondan, Shrilankaga, Janubiy va Sharqiy Afrika mamlakatlariga, Janubiy Sharqiy Osiyo (Birma, malaziya)ga va boshqa joylarga aholi ko’chib o’tdi. Aholining mamlakatlararo va qit’alararo migrassion xarakatlari natijasida juda ko’p davlatlarda (aynisa Amerika qiasida) etnik tartibi xilma-xillanib ketdi. Xozir AQSH, Kanada , Braziliya, Argentina , Avstraliya, Yangi Zellandiya kabi mamlaktlarda yashayotgan 300 milliondan ortiq aholining oltidan besh qismi yevropaliklar avlodlaridir. Faqat AQSH ning o’zidagina barcha aholining 90 foizi yevropadan yoki ularning avlodlari xisoblanadi. Yevropaning ayrim davlatlaridan ko’chib borgan xalqlar xozir xam aloxida yashahsga harakat qiladilar. Masalan, Aqshning Shimoli-Sharqida asosan buyuk britaniya va Irlandiyadan ko’chib kelganlar edi. Nyuyorkda ko’pchilikni italyanlar va yaxudiylar tashkil etadi. Braziliyaning sharqiy rayonlarida asosan portugaliyadan ko’chib kelganlar, Argentinaning sharqida esa Ispaniyadan kelganlar Yashaydi va hokazo. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari juda katta migrasion harakatlarga sabab buldi.Urush davom etib turgan paytdagi migrasion harakatlar vaqtincha migrasiyadir. Chunki aholining xarbiy harakatlar zonasidan qochib xavf – xavfsizroq rayonlarga ko’chishi urush paytidagi qonuniy bir xoldir. Urush tugagandan so’ng chegaralarning o’zgarishi yangi davlatlarning tuzulishi va boshqalar doimiy migrasion harakatlarga sabab bo’ladi. Ikkinchi jahon urushi boshlanmasdan avval sharqiy va janubiy Sharqiy Yevropa mamlakatlari xududida Yevropa mamlakatlar (asosan Polsha, Chexoslavakiya, Vengriya, Ruminiya, Sobiq Yugoslavakiya) 12 millionga yaqin nemislar yashar edi. Urushning Germaniyaning mag’lubiyati bilan tugashi va yevropada yangi konferensiyaning qaroriga muvofiq nemislarning deyarli xammasi Germaniya, va qisman Avstriya hududiga ko’chib o’tdi. Xozirgi paytda sharqiy yevropa mamlakatlarida (asosan ruminiya va vengriyada 800 mingga yaqin nemislar yashaydi). Urush davrida va undan so’ng Sharqiy yevropa mamlakatlari o’rtasida qaysi millatga mansubligiga qarab aholi ayirboshlash ham bo’ldi. Bu chegaralarni aniqlash va o’zgartirish yoki o’z aholisi milliy tarkibining mumkin qadar bir xil bo’lishini ta’minlash maqsadida ko’rilgan chora edi. Ana shunday aholi ayirboshlash Bolgariya bilan Ruminiya, Polsha va Rossiya, Chexoslovakiya va hakozalar o’rtasida bo’ldi. Ikkinchi jahon urushining siyosiy va harbiy yakunlari bilan bog’liq bo’lgan migratsion harakatlar Osiyoda ham kuzatildi. Bu esa imperialistik Yaponiyatining urushda taslim bo’lishi va u ilgari bosib olgan rayonlardan yaponlarning o’z yurtiga qaytishi bilan bog’liq edi. 1956 yilgacha Yaponiyaga milliondan ortiqroq yaponlar ko’chib keldi (asosan xitoy va Koreya xududidan). Ammo ikkinchi jahon urushidan keyingi Osiyoda eng kata migratsion harakatlar Hindiston va Pokiston davlatlarining tashkil topishi bilan bog’liqdir. Ma’lumki, bu ikkita davlatga ajralish u yerda yashovchi aholining diniy e’tiqodiga qarab amalga oshirildi. Natijada Hindiston ko’chib o’tdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin qit’alararo migratsiya yanada kuchaydi. 1946-1961 yillarda yevropadan 6,9 millionga yaqin aholi boshqa qit’alarga ko’chib ketdi. Italiyadan 1,1 million kishi – asosan Argentina, AQSh va Venesuelaga. Buyuk Britaniyadan (950 ming kishi – ko’proq Kanada, Avtraliya va AQSh ga), Ispanidan (500 mingdan ortiqroq kishi Argentina va Venesuelaga) ko’plab kishilar ko’chib ketdi. Shunday qilib ikkinchi jahon urushidan keyin 60-yillarning boshlarigacha yevropa boshqa mamlakatlariga muxojirlar beruvchi qit’a bo’lib keldi. Faqat keyingi yillardagina yevropada emigratsiya birmuncha susaydi. Ayrim hollarda esa, yevropa boshqa qit’alar bilan migratsion aloqalarda xatto ijobiy migratsion balansga ega bo’la boshladi. Chet davlatlardagi aholining migratsion harakati haqidagi qisqacha obzorni tugatar ekanmiz, migratsiya oqibatlariga qisqacha to’xtalib o’tish zarur. Migratsiya oqibatida Biron davlat aholisi ko’payadi yoki kamayadi, bundan tashqari, aholining yosh, jinsiy tarkibi o’zgaradi. Bu esa bir qancha oqibatlarga olib keladi. Ma’lumki, migratsion harakatlarda ko’pincha yosh va o’rta yosh aholi (eng sifatli mehnat resurslari) ishtirok etadi. Bu esa, emigrantlar ketgan mamlakat mehnat resurslari soning kamayishi, tarkbining yomonlashuviga sabab bo’lsa, immigrantlar qabul qilgan davlat mehnat resurslari tarkibini har tomonlama yaxshilaydi. Migratsion harakatlarda mehnatga yaroqli yoki o’rta yashar kishilar orasida ko’proq erkaklar ishtirok etadi. Shuning uchun ham olimlar emigratsiyaning oqibatini urushlar oqibati bilan tenglashtiradilar. Chunki ko’p emigrantlar yo’qotgan mamlakatlar urushlardagi singari, o’zining yo shva o’rta yoshdagi, asosan erkak mehnat resurslaridan judo bo’ladi. Bu esa shu mamlakatda aholining bundan keyingi takror barpo qilinishi hamda iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
MIGRATSIYA: YASHASH UCHUN KURASH Aholi migratsiyasi yangi ming yillik boshida o‘zgacha qiyofa kasb etmoqda. Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo aholisining 3 foizi (200 mln. kishi) tug‘ilib o‘sgan yurtini tark etib, iqtisodiy ahvoli yaxshi bo‘lgan davlatlarga ko‘chib o‘tgan. Bu ko‘chishlar xalqaro mehnat taqsimotidagi notenglik, mamlakatlardagi ziddiyatlar, ishsizlik, notinchlik va shu kabi ko‘plab omillar bilan bog‘liq. Yevropada Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniya, Osiyoda Saudiya Arabistoni, Pokiston, Gonkong kabi davlatlar hozirgi kunda migrantlarni eng ko‘p qabul qilayotgan mamlakatlar sanaladi. Qadimda aholi ko‘chishlari erkin va beqaror bo‘lgan, keyinchalik esa ma’lum bir maqsadlar yoki siyosiy manfaatlar ta’sirida ro‘y bergan. Biroq bu omillar ko‘p jabhalarda burilishlar yasasa-da, umuminsoniy qadriyatlar, madaniyatlarga daxli yo‘q edi. Keyingi o‘n yilliklarda odamlarning o‘zga o‘lkalarda qo‘nim topishi va mehnat qilishi mamlakatlarning iqtisodiy, siyosiy ahvoliga ta’sir etibgina qolmay, bashariyat hayotida yangicha tsivilizatsiyalar, madaniy bosqichlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Migratsiya har bir davrda turlicha ahamiyat kasb etgan, u ayrim jamiyatlarda muammolar tug‘dirsa, ba’zilarida ijobiy samara bergan. Masalan, XIX asrda Angliyani iqtisodiy tanazzuldan asrab qolgan uch omildan biri aholining ommaviy emigratsiyasi edi. Yaponiyaning rivojlanishiga jadallik kiritgan narsa o‘tish davridagi chetga chiqib ketgan fuqarolarning katta hayotiy tajriba, mol-mulk va qimmatbaho boyliklar bilan qaytishi bo‘lgan. Tashqi ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro iqtisodiy aloqalarda muhim o‘rin tutib, avvalo, ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarda ishsizlar soni qisqarishi, xorijiy mamlakatlardan valyuta kelishini ta’minlagan. Bu esa, tabiiyki, mazkur mamlakatning milliy daromadi o‘sishiga ta’sir etadi. Xalqaro migratsiya tashkiloti ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, xorijda ishlayotgan har bir ishchi o‘z mamlakatiga yiliga o‘rtacha 2-10 ming AQSh dollari olib keladi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarning daromadi rasmiy e’lon qilingan ma’lumotdan ikki marta ko‘pdir, chunki migrantlar o‘zlari bilan jamg‘arilgan pul, texnika va asbob-uskunalar ham olib kelishadi.
Qadimgi ko‘chishlar Aytish joizki, kishilik jamiyatining barcha davrlarida migratsiya ro‘y bergan. Yevropa va Osiyoda ko‘p xalqlarning tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatgan yirik aholi migratsiyasi o‘rta asrlarning boshlariga to‘g‘ri keldi. Ayniqsa, XV-XVI asrlarda aholining ko‘chishi juda avj oldi. Yangi qit’a — Amerikaga Yevropadan ko‘chib boruvchilar soni borgan sari ko‘paydi: dastlab u yerga ispanlar va portugallar, so‘ngra frantsuzlar, gollandlar, inglizlar, shotlandiyaliklar va boshqa millat vakillari borishgan. “Yashash uchun qulay joy qidirish” — migratsiya jarayoni Rossiya tarixida ham ko‘p bo‘lgan. 1861-1914 yillar mobaynida mamlakatning Yevropa qismidan 5 milliondan ortiq aholi ko‘chib keldi. Natijada shaharlarda yashovchilar 1911 yilda jami mamlakat aholisining 6 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 1913 yili 18 foizga yetdi. O‘sha vaqtda chetdan kelganlar Toshkentda 17 foizni, Samarqandda 21 foizni, Bokuda esa 64, Olmaotada 53 foizni tashkil qilgan. Shuning ta’sirida O‘rta Osiyodagi hamma eski shaharlar biqinida “yo‘ldosh” shaharlar bunyod bo‘lgan. Shuningdek, temir yo‘l yoqalarida, hatto ayrim qishloqlarda aholi yashaydigan qo‘rg‘onchalar paydo bo‘ldi. Avliyoota, Chimkent, Toshkent, Samarqand, Farg‘onada 1865-1910 yillar mobaynida 68 ta ana shunday qo‘rg‘oncha tashkil topdi. Bu davrda Markaziy Osiyodagi aholi migratsiyasi chor Rossiyasining siyosiy, iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog‘liq edi.
Burilishlar omili Migratsiya tarixi ko‘plab burilishlar va evrilishlarga boy. Ikkinchi jahon urushi davrida turli sabablarga ko‘ra fuqarolarining muayyan qismini yo‘qotgan mamlakatlar urushdan keyin o‘z aholisini milliy jihatdan yaxlitlash tadbirini ko‘rdi. Shuning natijasida o‘zga mamlakatlarda yashagan 12 million nemis, Xitoy va Koreya Xalq Demokratik Respublikasidan 6 million yapon, turli joylarda yashayotgan bir million yahudiy o‘z vataniga qaytdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qadimda ham, yaqin yuz yilliklarda ham migratsiya bizning davrimizdagidek salmoqli ahamiyat kasb etmagan. Ular shu paytgacha davlatlarning taraqqiyotiga, ijtimoiy, siyosiy faoliyatiga, fan-texnika yutuqlariga ta’sir etib kelgan bo‘lsa, hozirda umumbashariy madaniyatlarning istiqboliga ham tahdid solayotir, madaniyatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Avval “madaniyat” tushunchasi muayyan hududlarga siyosiy chegaralarga bog‘liq holda tushunilgan bo‘lsa, endilikda bu tushuncha hududiy ahamiyat kasb etmay qoldi. Bugun turk madaniyatini mamlakat chegaralari bilan belgilab bo‘lmaydi. Chunki Berlin aholisining katta qismi turk madaniyati vakillari. Qolaversa, bugun oddiy hol hisoblanuvchi yarim umrini Meksikada, yarim umrini AQShda o‘tkazadigan ishchilarning madaniyatini qanday tushunish kerak? BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1995 yilda 125 million kishi o‘zga mamlakatlarda yashagan. O‘sha paytda yashirin emigrantlarning soni 30 million kishi atrofida bo‘lgan. Bugun esa bu raqamlar ancha ortib ketdi. Aholining bunday sur’atda ko‘chib yurishi tsivilizatsiyalarga bevosita ta’sir o‘tkazmoqda. Bu jarayonda esa barcha mamlakatlar o‘z milliyligini asrash uchun zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rishi zarur. Chunki migratsiyalar ta’sirida tilga, milliy madaniyatga e’tiborning susayishi millat va milliy g‘ururga ta’sir o‘tkazishi ham sir emas. Bu holat tarixda ham o‘z isbotini topgan.
O‘ZBEKISTON AHOLISINING TABIIY VA MIGRATSION HARAKATLARI Aholining shakllanish jarayoni, uning takror barpo bo‘lishi va aholi migratsiyasi o‘rtasidagi aloqalar bilan bog‘liq. Aholining takror barpo bo‘lishi, uning tabiiy harakatini o‘z ichiga olsa, migratsiya bu aholining xududiy harakatidir. 2007 yilda O‘zbekistonda doimiy o‘rtacha aholi soni 26867,8 ming kishini tashkil etdi. SHundan 64 foizi qishloq joylarida yashadi. Mustaqillik yillarida aholi soni 6 mln. kishidan ziyodga ko‘payib, o‘rtacha yillik mutlaq miqdori 375 ming kishini tashkil etdi. 2006 yilga nisbatan 2007 yilda aholi sonining o‘sish sur’ati 1,4 foizni tashkil etdi. O‘zbekiston xududlarida aholining o‘sish sur’atlari bir-biridan farq qildi. Xususan, o‘tgan yilda aholining yillik o‘sish sur’ati Surhandaryo, Qashqadardyo va Xorazm viloyatlarida 1,6-1,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida 1,4-1,5 foizni, Buhoro, Jizzah va Sirdaryo viloyatlarida esa 1,1-1,3 foizni tashkil etdi. Qolgan xududlarda esa u 1 foizdan past bo‘ldi. SHahar va qishloq joylari aholisining yillik o‘sish sur’ati ham bir-biridan farq qildi. Masalan, 2006 yilga nisbatan 2007 yilda qishloq aholisi 1.6 foizga ortgan bo‘lsa, shahar aholisi 0.9 foizga ko‘paydi. Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Buhoro va Xorazm viloyatlarida shahar aholisining yillik o‘sish sur’ati bir foizdan past bo‘ldi. Qolgan mintaqalarning shahar aholisi 1 foizdan ko‘proqqa ortdi. Tahlil etilayotgan yilda barcha mintaqalarning qishloq aholisi (Navoiy viloyatidan tashqari) 1,2-1,9 foiz orasida o‘sdi. Umuman, barcha mintaqalar qishloq aholisining yillik o‘sish sur’ati shahar aholisiga nisbatan yuqoridir (Navoiy viloyati bundan mustasno). Keyingi chorak asr davomida aholi ko‘payishi faqat tabiiy o‘sish, ya’ni tug‘ilganlarning o‘lganlar sonidan yuqoriligi hisobiga yuz bermoqda. Undan oldingi yillarda esa, tabiiy o‘sish bilan birga migratsion o‘sishning, ya’ni boshqa davlatlardan ko‘chib keluvchilar hisobiga ham hissasi katta bo‘lgan. Mustaqillik yillarida respublikada tabiiy o‘sish ko‘rsatkichining pasayib borayotganligi kuzatiladi. Masalan, 1991 yilda aholi soni har ming kishi hisobiga 28,3 taga ortgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2006 yilda 15,6 tani tashkil etdi. Aytish mumkinki keyingi 16- yilda tabiiy o‘sishning umumiy koeffitsenti 12.3 taga qisqardi. Agar mutlaq sonlarda ifodalansa, 1991-2006 yillarda aholi tabiiy ko‘payishining mutlaq yillik miqdori 594 ming kishidan 411.6 ming kishiga tushdi yoki 182.4 mingga kamaydi. 2007 yil boshida respublika aholisining 34.2 foizini kichik yoshdagi bolalar va o‘smirlar (0-15 yosh) tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Rossiya, Ukraina, Belorusiya davlatlarnikidan deyarli ikki marta, YAponiya va Gerniya davlaridan esa ikki yarim marta ko‘p.Umuman respublika aholisining o‘rtacha yoshi 24 ga teng bo‘lib, O‘zbekiston aholisi yosh davlatlar tarkibiga kiradi. Bu esa O‘zbekistonda o‘smir va yoshlarga alohida etibor berishni talab etadi. Migratsiya aholi soniga, uning milliy tarkibiga va turli ijtimoiy guruhga xos aholi shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ma’lumki, O‘zbekiston qadimda Buyuk ipak yo‘lida joylashganligi, CHor Rossiyasining va sho‘rolar tuzumining Turkistonda olib borgan xalqlarni aralashtirib yuborishdek mustamlakachilik siyosati va qolaversa, respublikamizning boy tabiiy resurslarini o‘zga xalqlar tomonidan bosib olishga urinishlar kabi tarixiy voqealar bu erga ko‘plab evropalik (asosan rus) xalqlarning ko‘chib kelishiga qulay sharoit yaratdi. Bularning barchasi O‘zbekistonda aholi soniga ta’sir etib, ular sonining miqdoriy o‘zgarishi va etik tarkibi turlicha bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Xususan, Rossiya Turkistonni bosib olgunga qadar aholining etnik tarkibi bir xil bo‘lgan. Mavjud statistik manbalarga ko‘ra, 1872 yilda aholining milliy tarkibida mahalliy millatlar ulushi 99,8 %ni tashkil etgan. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, o‘sha davrda aholining etnik tarkibi bir xil bo‘lgan. Lekin Rossiya Turkistonni bosib olgandan keyin ruslarning ko‘chib kelish oqimi kuchaydi. 1897 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, chetdan kelganlar ulushi 8,9%ni tashkil etdi. Vaholanki, bu ko‘rsatkich 1872 yilda 0,2%ga teng edi. Tashqaridan O‘zbekistonga ko‘chib keluvchi migrantlarning miqdori 1917 yildan keyin yana ham ko‘paydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab evropaliklar evakuatsiya qilindi. Bundan tashqari 1966 yilda Toshkent zilzilasi talofatlarini bartaraf etish maqsadida Rossiya, Ukraina, Belorussiya davlatlaridan keluvchi yosh migrantlar oqimi yanada kuchaydi. Ularning bir qismi o‘z yurtlariga ma’lum vaqdan keyin qaytib ketgan bo‘lsa, ma’lum qismi shu erda qolib yashadilar. Bularning hammasi respublikada aholining etnik tarkibida keskin o‘zgarish yasadi. SHu bilan birga mahalliy millatlarning turmush tarziga, ularning kiyinish va urf-odatiga, qadriyatlariga ta’sir ko‘rsatdi. Aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishiga avvalambor iqtisodiy-ijtimoiy omillar, jumladan ishsizlik, ya’ni ish qidirish, madaniy-maishiy sharoitdan qoniqmaslik, o‘qish va boshqalar sabab bo‘ladi. 2006 yilda respublikada jami 391.2 mingdan ortiq kishi o‘z yashash joyini o‘zgartirdi. Bu ko‘rsatkich 1990 yilda 864 ming kishini tashkil etgan. 1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi sababli O‘zbekistonda yashovchi nomahalliy millatlarning ko‘pchiligi tarixiy vatanlariga qaytdilar. 1991-2006 yillar mobaynida O‘zbekiston aholisi soni tashqi migratsiya hisobiga 1,5 million kishiga kamaydi.Albatta, bu hol aholi soning o‘sish sur’atlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. 90-nchi yillarning o‘rtalaridan boshlab mamlakatda iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatning barqarorlashuvi natijasida migratsiya hajmi ancha kamaydi. Migratsiyada ishtirok etuvchilarning asosiy qismi shahar aholisiga to‘g‘ri keladi. Agar 1000 ta shahar aholisining 23,7 tasi o‘z yashash joyini o‘zgartirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qishloq aholisi orasida 9,2 tani tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, qishloq aholisining migratsion intensivligi shahar aholisiga nisbatan deyarli 3 marta kam. Qishloq aholisining sust darajada migratsiya jarayonida ishtirok etishida qarindosh-urug‘chilik aloqalarining mustahkamligi va tug‘ilib o‘sgan erida yashashni afzal ko‘rishi bilan izohlanadi. Biroq, keyingi yillarda ko‘chib yuruvchilar orasida shaharliklar salmog‘i qisqarib qishloq aholisining ulushi ortib bormoqda. Iqtisodiyotdagi isloxatlarning chuqurlashuvi hamda bozor munosabatlarining shakllanishi qishloqdan shaharga bo‘lgan migratsiyaning o‘sishiga ob’ektiv sharoit yaratdi. Lekin, buning uchun shahar joylar ham katta migratsion oqimini qabul qilishga «tayyor» bo‘lishlari talab etiladi. Hozirgi kunda qishloqlardan asosan hech qanday malakaga ega bo‘lmagan ishchilar kelmoqda. SHahardagi mavjud ish o‘rinlari esa kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kadrlarni talab etadi. Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri qishloq joylarida ortiqcha ishchi kuchining to‘planib qolishidir. O‘zbekiston iqtisodiyotining hozirgi taraqqiyotida ishlab chiqaruvchi kuchlardan oqilona foydalanishning zarurligi, kichik va o‘rta shaharlarni har tomonlama rivojlantirishni taqozo etadi. Kichik va o‘rta shaharlarda mahalliy hom-ashyo hisobiga yangi sanoat tarmoqlarini tashkil etish yoki xalq hunarmandchiligining umuman xalq iste’moli buyumlari ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlarini rivojlantirish asosida yangi ish joylarini tashkil qilib, ortiqcha mehnat yoshidagi aholini ish bilan ta’minlash muammolsini ma’lum darajada hal qilish mumkin. Kichik va o‘rta shaharlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga u erga qishloq joylaridagi ortiqcha ishchi kuchlari jalb qilish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Aholini ish o‘rinlari bilan ta’minlashni yaxshilashda, ularni nafaqat ish joyi ko‘p bo‘lgan xududlarga ko‘chirib o‘tishga yordamlashish, balki ishlab chiqarishni, jumladan sanoat tarmog‘ining mehnatni ko‘p talab qilib, hom-ashyo, suv va elektr energiyasini kam iste’mol etuavchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni, maishiy hizmat ko‘rsatish sohalarini aholi zich joylashgan xududlarda keng ko‘lamda rivojlantirishni amalga oshirish lozim.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining to`xtovsiz o`sib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan ma’lum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan to`la qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab bo`ladi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar — migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud — migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud — migrantlar o`rnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining ko`chib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Aholining bir joydan ikkinchi joyga ko’chib joylashishi juda qadim zamonlardayoq mavjud bo’lgan. Biroq xar bir davrning migratsiyasiga o’ziga xos xususiyatlarga ega va turli xil oqibatlarga olib keladi. Antik davrning oxiri va o’rta asrlarining boshlarida ro’y bergan hamda adabiyotlarda “xalqlarning buyuk ko’chish davri” deb nomlangan migrassion harakatlar Yevropa va Osiyodagi ko’p xalqlarning etnik tarkibiga katta tasir ko’rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Q.Abdurahmonov, X.Abdurahmonov Demografiya T.:-2011 M.R.Bo’rieva, Z.N.Tojieva, S.S.Zokirov “Aholi geografiyasi va demografiya asoslari” T.:-2011 www.google.ru www.ziyonet.uz www.wikipedia.org www.geogr.uz Download 26.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling