10. Er yoki xotin tomonidan umumiy mol-mulk hisoblangan televizor, kir
yuvish mashinasi yo’q qilindi. Ushbu yo’q qilingan mol-mulklarning
qiymati mol-mulkni bo’lishda hisobga olinadimi ?
Yuqoridagi plenum qarorining 12-bandiga ko‟ra,
agar er yoki xotin umumiy
mol-mulkni yashirgan, unga zarar yetkazgan yoki yo„q qilgan bo„lsa,
sud oila
va fuqarolik huquqining umumiy tamoyillari (huquq o„xshashligi), shuningdek
halollik va adolat tamoyillaridan kelib chiqib, mol-mulkni bo„lishda ushbu mol-
mulkni yoki uning qiymatini hisobga olishi mumkin
.
11. Umumiy mol-mulkni bo’lishda to’y va nikoh marosimlari bilan bog’liq
qarzlar hisobga olinadimi ?
Yuqoridagi plenum qarorining 20-bandiga ko‟ra, umumiy mol-mulkni bo‟lishda
er-xotinning umumiy qarzlari inobatga olinadi. Lekin, to‟yni, shuningdek nikoh
marosimlari bilan bog‟liq boshqa tadbirlarni o‟tkazish uchun olingan qarzlar va
boshqa xarajatlar inobatga olinmaydi. Demak, umumiy mol-mulkni bo‟lishda
to‟y va nikoh marosimlari bilan bog‟liq qarzlar hisobga olinmaydi.
12. Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo’lish
haqidagi talablariga da’vo muddati necha yilni tashkil etadi ?
Yuqoridagi plenum qarorining 11-bandiga ko‟ra, er-xotinning umumiy mol-
mulkni bo‟lish haqidagi talablari uchun 3 yillik da‟vo muddati belgilangan.
13. Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o’rtadagi voyaga
yetmagan bolalar nomiga qo’yilgan omonatlar er-xotinning umumiy
mol-mulkini bo’lish paytida e’tiborga olinadimi ?
Yuqoridagi plenum qarorining 6-bandiga ko‟ra, voyaga yetmagan bolalar
ehtiyoji uchun olingan narsalar (kiyim-kechak,
oyoq kiyim, maktab va sport
anjomlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar), shuningdek er-
xotinning umumiy mol-mulki hisobidan voyaga
yetmagan bolalari nomiga
qo‟yilgan omonatlar ham bolalarga tegishli hisoblanib, er va xotinning umumiy
mol-mulkini bo‟lishda hisobga olinmaydi.
WhatsAppTelegramViberFacebookOdnoklassniki