1. Ajrashmasdan er va xotindan biri umumiy mol-mulkni bo’lishni talab qilishga haqlimi ?


Download 213.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi213.1 Kb.
#1593500
  1   2   3   4
Bog'liq
er-xotin umumiy mol-mulk post



“Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‟lish haqidagi ishlarni 
ko‟rishda qonunchilikni qo‟llash amaliyoti to‟g‟risida”gi O‟zbekiston Respublikasi 
Oliy Sudi plenumining qarori 
1. Ajrashmasdan er va xotindan biri umumiy mol-mulkni bo’lishni talab 
qilishga haqlimi ? 
Yuqoridagi plenum qarorining 1-bandiga va Oila kodeksining 27-moddasiga 
ko‟ra er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‟lish er va xotindan birining talabiga 
ko‟ra, ular nikohda bo‟lgan davrda ham, nikoh bekor bo‟lgandan keyin ham 
amalga oshirilishi mumkin. 
2. Erning nomiga rasmiylashtirilgan yer uchastkasi yoki xotinining 
mablag’lari hisobiga olingan avtomashina er-xotinning umumiy mulki 
bo’ladimi ? 
Yuqoridagi plenum qarorining 4-bandiga asosan mol-mulkni umumiy 
birgalikdagi mulk deb topish masalasini hal qilishda mol-mulk er yoki xotindan 
qaysi birining nomiga rasmiylashtirilganligi yoxud pul mablag„lari qaysi biri 
tomonidan kiritilganligi ahamiyat kasb etmaydi. Demak, er-xotinning umumiy 
mulki hisoblanadi. 
3. Avtomashina er yoki xotin tomonidan nikohga kirgunga qadar kreditga 
sotib olingan bo’lib, nikoh davomida esa kredit majburiyatlari asosida 
pul summasi to’langan. Ushbu sotib olingan avtomashina er-xotinning 
umumiy mulki bo’ladimi ? 
Yuqoridagi plenum qarorining 21-bandiga ko‟ra, nikohga kirgunga qadar er 
yoki xotin tomonidan kredit mablag‟lari evaziga sotib olingan mol-mulk, nikoh 
davomida kredit majburiyati asosida to‟langan pul summasi er-xotinning 
birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Ya‟ni, nikohga kirgunga qadar kredit 
mablag‟lari evaziga sotib olingan avtomashinaga nikoh davomida to‟langan pul 
summasigina er-xotinning umumiy mulki hisoblanadi. 



Download 213.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling