1. Ajrashmasdan er va xotindan biri umumiy mol-mulkni bo’lishni talab qilishga haqlimi ?


Er-xotin nikoh davomida oilaviy munosabatlarini tugatgan paytida


Download 213.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi213.1 Kb.
#1593500
1   2   3   4
Bog'liq
er-xotin umumiy mol-mulk post

4. Er-xotin nikoh davomida oilaviy munosabatlarini tugatgan paytida
ya’ni alohida yashagan davrida er o’z mablag’lariga yer uchastkasi 
sotib olgan, keyinchalik xotini nikohdan ajratish bilan birga umumiy 
mol-mulkni bo’lish da’vosida ushbu yer uchastkasini ham umumiy 
mulk sifatida bo’lishni talab qilgan. Ushbu talabi sud tomonidan 
qanoatlantiriladimi ? 
Yuqoridagi plenum qarorining 7-bandiga asosan agar er yoki xotin oilaviy 
munosabatlarini tugatgandan keyin o‟z mablag‟laridan alohida foydalangan va 
umumiy mablag‟lar hisobiga mol-mulk olmagan bo‟lsalar, er yoki xotinning 
biri tomonidan oilaviy munosabatlar tugatilgan davrda orttirilgan mol-mulkni 
ulardan har birining o‟z mulki deb topiladi. Mazkur vaziyatda er-xotin 
tomonidan oilaviy munosabatlar tugatilgan vaqtga qadar orttirilgan mol-mulkni 
bo‟lishi mumkin. Demak, agar er umumiy mablag‟lardan emas, balki o‟z 
mablag‟lari hisobidan yer uchastkasini sotib olgan bo‟lsa, sud tomonidan ushbu 
yer uchastkasi erning o‟z mulki deb topiladi. Natijada, xotinining yer 
uchastkasini ham umumiy mulk sifatida bo‟lish haqidagi talabi sud tomonidan 
qanoatlantirilmaydi.
5. Er umumiy ko’chmas mulk hisoblangan yer uchastkasini xotinining 
notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olmasdan, oldi-sotdi shartnomasi 
asosida uchinchi shaxsga sotib yubordi. Xotini bu haqida bilgandan 
paytdan boshlab qancha muddat ichida ushbu shartnomani haqiqiy 
emas deb topishni talab qilishga haqli ? 
Yuqoridagi plenum qarorining 7-bandiga ko‟ra, umumiy mol-mulkni tasarruf 
etish bo„yicha amalga oshirilgan bitim yuzasidan nizolashganda, nizo Oila 
kodeksi 24-moddasining 3 va 4-qismlari talablariga asosan hal qilinishi lozim. 
Ushbu moddaning 4-qismiga asosan umumiy ko‟chmas mol-mulkni tasarruf 
etish bo‟yicha bitim tuzishda xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan 
roziligi olinmagan er yoki xotin mazkur bitim amalga oshirilganligini bilgan 
yoki bilishi lozim bo„lgan kundan boshlab bir yil davomida bu bitimni sud 


tartibida haqiqiy emas deb topishni talab qilishga haqlidir. Demak, xotini oldi-
sotdi shartnomasini ushbu shartnoma tuzilganlini bilgan yoki bilishi lozim 
bo‟lgan kundan boshlab 1 yil davomida bu shartnomani sud tartibida haqiqiy 
emas deb topishni talab qilishga haqli.

Download 213.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling