1. Akrabatik mashqlarini o’rgatish Akrobatik mashqlar


 Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif


Download 430.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana26.03.2023
Hajmi430.36 Kb.
#1298292
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Akrabatik mashqlarini o’rgatish Akrobatik mashqlar-fayllar.org

3. Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif.
O‘qituvchi darsga tayyorlanishda jismoniy yuklama bilan bog‘liq masalalarni ham hal etadi.
Jismoniy yuklama ma’lum darajada jismoniy mashqlarning me’yori bilan, ya’ni mashqlar 
miqdori, ularning takrorlanishi, mashqlarni bajarishga ajratiladigan vaqt, shuningdek, ularni 
bajarish sharoitlari bilan belgilanadi.
Barcha jismoniy mashqlar shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’sir ko‘rsatadi: ba’zilari ko‘proq, 
ba’zilari ozroq. Ko‘p miqdordagi mashqlardan iborat dars ancha og‘ir bo‘ladi. SHuning uchun 
darsdagi yuklama har xil bo‘ladi, o‘qituvchi uni mutanosiblashtirib turishi shart. O‘quvchilarga 
tushadigan yuklama oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu o‘quvchilarni toliqtiradi va 
ularning ish qobiliyatiga yomon ta’sir etadi. SHu bilan birga, mashg‘ulot engil ham bo‘lmasligi 
kerak, chunki unda mashqlarning organizmga ta’siri kamlik qiladi. 
O‘qituvchi har bir darsda o‘quvchilar organizmiga etarlicha og‘irlik berishi kerak. Bu ta’limiy 
vazifalar bilan birga organizmning zarur funksional faoliyati yaxshilanishini ham ta’minlaydi. 
Buning uchun jismoniy mashqlardan mohirona foydalanish va ularning shug‘ullanuvchilar 
organizmiga qanday ta’sir etishini bilish kerak.
Jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini aniqlaydigan ko‘plab usullar mavjud. Ularga 
quyidagilar kiradi: qon bosimi, tana harorati va tomir urishini o‘lchash, qon tarkibini tekshirish 
va boshqalar. O‘qituvchi ko‘rsatilgan usullardan ko‘proq tomir urishini o‘lchashdan foydalanadi. 
YUgurish, yurish bilan yugurish, almashlab to‘siqlarni oshib o‘tish yoki boshqa mashqlar 
boshlanguncha, o‘quvchining tomir urishi o‘lchanadi. So‘ng mashqlar o‘tkaziladi, shundan keyin 
tomir urishi qayta o‘lchanadi. Mashqlargacha va mashqlardan keyingi ko‘rsatkichlar 
taqqoslanadi. Agar tezlashgan tomir urishi 3 minut davomida mashq boshlanishigacha bo‘lgan 


ko‘rsatkichga yaqinlashmasa, bunga noxush signal sifatida qaraladi, ya’ni bu yuklamaning 
kattaligi yoki o‘quvchining yurak-tomir tizimi faoliyatidagi kamchilikdan darak beradi. 
O‘qituvchi har ikkala holga ham jiddiy e’tibor berishi kerak.
O‘quvchilar holatini ko‘rsatuvchi ko‘plab tashqi belgilar mavjud: qo‘l va oyoqning qaltirashi, 
yuzning toliqqan ko‘rinishi yoki oqarib ketishi, qad-qomatning bo‘shashishi, faollikning 
susayishi, holsizlik, mashqlarni bajarish sifatining yomonlashuvi, o‘quvchilarning toliqishdan 
shikoyati va hokazo. YUqoridagi barcha belgilar haddan ziyod jismoniy yuklama berilganining 
ko‘rsatkichi hisoblanadi va o‘qituvchidan mashqlar miqdorini va sur’atini kamaytirishini yoki 
butunlay to‘xtatishni talab qiladi. 
O‘qituvchi jismoniy yuklamani oldinroq, dars rejasini tuzayotganda belgilaydi, dars jarayonida 
esa kuzatishlarga muvofiq ba’zi bir tuzatishlar kiritadi. Bunda og‘irlikni asta-sekin oshirib 
borishga intilish lozim. Katta yuklama darsdagi asosiy qismning o‘rtasida berilishi kerak.
O‘quvchilarga tushadigan yuklama haddan oshib ketmasligi uchun qiyin mashqlarni bir oz osoni 
bilan, tanish mashqlarni esa notanish mashqlar bilan almashtirib turish kerak. 
Turli jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan ko‘p miqdordagi o‘quvchilarning bir vaqtda 
shug‘ullanishi yuklamani mutanosiblashtirishni qiyinlashtiradi. Mashg‘ulotni o‘rtacha jismoniy 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallash kerak, jismonan kuchliroq o‘quvchilarga 
esa individual (qo‘shimcha) topshiriqlar berish lozim.
Darsda jismoniy tarbiya yuklamasini mutanosiblashtirish uchun quyidagi usullardan 
foydalaniladi: 
- o‘yinlar va mashqlar miqdorini o‘zgartirish;
- mashqlarni turlicha miqdorda takrorlash; 
- mashq bajarishga ajratilgan vaqtni ko‘paytirish yoki ozaytirish;
- mashqning bajarish sur’atini o‘zgartirish; 
- harakatlar amplitudasini ko‘paytirish yoki ozaytirish;
- mashq bajarishni murakkablashtirish yoki soddalashtirish; 
- mashq bajarishda turli predmetlarni qo‘llash.

Download 430.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling