1. Akrabatik mashqlarini o’rgatish Akrobatik mashqlar


Download 430.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana26.03.2023
Hajmi430.36 Kb.
#1298292
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Akrabatik mashqlarini o’rgatish Akrobatik mashqlar-fayllar.org



1. Akrabatik mashqlarini o’rgatish Akrobatik mashqlar 
Bilet – 3
1. Akrabatik mashqlarini o’rgatish
Akrobatik mashqlar – asosan turli о‘qlar atrofida aylanma harakatlarni bajarish (о‘mbaloq 
oshish, tо‘ntarilish, salg‘to va h.k). Shuningdek, g‘ayri oddiy tayanch sharoitida bajariladigan 
muvozanatni saqlash mashqlari (yakka, juft va guruh bо‘lib). Har xil kontinentli mashg‘ulotlarda 
kuchlilik, epchillik, egiluvchanlikni, fazoda yо‘nalish olishni, vestibulyar apparatni mashq 
qildirish uchun qо‘llaniladi.
Akrobatik mashqlarni о‘rganish bir vaqtning о‘zida murakkab mashqlarni bajarishga tayyorarlik 
vazifasini bajaruvchi sodda mashqlardan boshlanadi.
Dumalashlar va о‘mbaloq oshishlar. О‘quvchilar avval dumalashlar, о‘mbaloq oshish va 
salg‘toni bajarish uchun tayyorgarlik mashqlarini egallab olishlari zarur.
Dumalash – tananing alohida qismlarini ketma-ket tayanchga tekkizgan holda boshdan 
oshmasdan turib aylanma harakatlarni bajarish. О‘quvchilar bu usulni quyidagi ketma-ketlikda 
egallab oladilar: dastlabki holatdan yarim qо‘llarni polga tayangan holatida о‘ngga va chapga 
dumalash; о‘tirgan holatdan – orqaga dumalash; tizzalarda turgan holatdan – oldinga dumalash.
О‘mbaloq oshish – tananing boshdan oshib о‘tib, sо‘ngra tayanchga tekkiziluvchi aylanma 
harakati. Oldinga о‘mbaloq oshish oyoqlarni ochgan holda qо‘llarga tayanib turishdan osonroq 
о‘zlashtiriladi: oldinga engashib, boshning orqa tomoni bilan (tana og‘irligini qо‘llarda ushlab 
turgan holda) tayaniladi va dumalab о‘tirib olinadi, sо‘ngra о‘tirib tayaniladi. Buni о‘zlashtirib 
olgach, о‘tirib tayanishdan о‘mbaloq oshishni bajarish mumkin.
Himoyalash: yon tomondan tizzada turib, bir qо‘l bilan yelkadan ushlab turish, ikkinchi qо‘l 
bilan tizzalar orqasidan itarib, aylanishni (о‘mbaloq oshishning birinchi fazasini bajarishga) 
yordam berish.
Orqaga о‘mbaloq oshishni og‘ma tekislikdan (masalan, gimnastik mat qoplangan tramplindan) 
о‘tirish holatidan, tanani egib turib va qо‘llar bilan (kaftlar pastga qaratilgan) yelkaga tayangan 
holda о‘zlashtirish ancha oson. О‘quvchilar og‘madan о‘mbaloq oshishni о‘rganib olgach, uni 
akrobatik yо‘lkada yoki matlarda bajarishga о‘tadilar. 
Himoyalash: yon tomondan tizzada turib, yelkasidan ushlanadi va aylanma harakatni 
muvaffaqiyatli bajarishga yordam beriladi. Bu о‘mbaloq oshishni egilib bajarishni oldinga 
engashib о‘tirish holatidan boshlash kerak, dumalash qо‘llar bilan yelkaga tayanib, sо‘ngra 


oyoqlar bosh orqasidagi tayanchga tushiriladi. Bosh orqali aylanganda g‘ayrat bilan qо‘llar 
ochiladi, engashib (yahni oyoqlar tо‘g‘ri tutiladi) asosiy holatga о‘tiladi.
Sakrab о‘mbaloq oshishni (oldinga) dastlab turgan joyda bajarishni о‘rganish kerak. Yarim 
о‘tirgan holatdan oldinga yarim engashib, qо‘llar orqaga qilinadi: qо‘llarni oldinga 
harakatlantirish (siltash) bilan bir vaqtda oldinga yuqoriga g‘ayrat bilan sakraladi, uchlik 
fazasidan sо‘ng, qо‘llarga tayangan xolda oldinga umbaloq oshish bajariladi . 

Download 430.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling