1 Aksiyadorlik jamiyati turlari va ulardagi aksiyalar muomalasi


Download 8.8 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi8.8 Kb.
#1797371
Bog'liq
“Yog‘ochsoz” AJ


“Yog‘ochsoz” AJ aksiyadori Obilov o‘z qo‘lida AJ aksiyalarining 25%ini to‘pladi va AJning boshqa aksiyadorlari aksiyalarini ham sotib olishga harakat qilib, ularga yuqori narxlar taklif qildi. Bu holatga “Yog‘ochsoz” AJ muassislari va rahbarlari befarq qarab turishmadi, ular bundan bayon har bir aksiyador o‘z aksiyalarini AJ umumiy yig‘ilishining roziligisiz sotishi mumkin emas, deb qaror chiqarishdi.
Qaror qonuniymi? AJning turlari va ulardagi aksiyalar muomalasi haqida gapirib bering?
1 Aksiyadorlik jamiyati turlari va ulardagi aksiyalar muomalasi.
2. “Yog‘ochsoz” AJ muassislari va rahbarlari chiqargan qaror qonuniymi?

1.Aksiyadorlik jamiyati turlari va ulardagi aksiyalar muomalasi.


Aksiyadorlik jamiyati xojalik yurituvchi subyektlar tizimida alohida orin egallaydi.
Professor E.Suxanovning e’tirof etishicha, aksiyadorlik jamiyati hozirgi zamonda Rossiyada tadbirkorlik faoliyatining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi .
Ustav fondi muayyan aksiyalar soniga bolingan jamiyat aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi .
Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq bolishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi. Yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi .
Qatnashchilari ozlariga tegishli aksiyalarni ozga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxsga berishi mumkin bolgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb ataladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati ozi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna otkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir.
Aksiyalari faqat oz muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar ortasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb ataladi .
Bunday jamiyat ozi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna otkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif qilishi mumkin emas.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan oshmasligi kerak. Bundan tashqari, “Jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ularni ommaviy joylashtirish yo‘li bilan qonunchilik talablarini hisobga olgan holda ochiq obuna o‘tkazishga haqli.
Jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ularni xususiy joylashtirish yo‘li bilan yopiq obuna o‘tkazishga haqli” , deb belgilab qoyilgan. Bizningcha, aksiyadorlik jamiyati undagi aksiyalarmimg muomalada bolishiga kora ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlariga bolinar ekan. Uning qanday turda ekanligi undagi aksiyalar muomalasini belgilab beradi.
Ya’ni, ochiq yoki yopiq aksiyadorlik jamiyati oz aksiyalareini erkin sota olish yoki sota olmasligiga ko’ra farqlanadi.
2 "Yog‘ochsoz” AJ muassislari va rahbarlari chiqargan qaror qonuniymi? Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yigilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.
"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida: “Aksiyadorlar ozlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning va jamiyatning roziligisiz o zga shaxsga berishga haqli”, deb belgilab qoyilgan . Bundan korinib turibdiki, aksiyadorlar umumiy yigilishining roziligisiz ham aksiyador oz aksiyasini sotishga haqli.
Ya’ni, yuqoridagi vaziyatda “Yog‘ochsoz” AJ muassislari va rahbarlari chiqargan qaror qonuniy emas degan fikrga kelishimiz mumkin. Bundan tashqari, aksiyadorlar umumiy yigilishining vakolatiga bundan buyon har bir aksiyador o‘z aksiyalarini AJ umumiy yig‘ilishining roziligisiz sotishi mumkin emas, deb qaror chiqarish kirmaydi. Shuning uchun ham “Yog‘ochsoz” AJ aksiyadori Obilovning harakatlari o`rinlidir.
Download 8.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling