1. Aksiyadorlik jamiyatlari. Sho'ba va qaram jamiyatlar


AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA


Download 39.23 Kb.
bet2/7
Sana06.02.2023
Hajmi39.23 Kb.
#1169434
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Aksiyadorlik jamiyatlari. Sho\'ba va qaram jamiyatlar

AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA

Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2014-yil 6-maydagi O‘RQ-370-sonliQonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.



UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.

Qishloq xo‘jaligi, bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish chog‘ida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksi 49-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi“Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi“Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi qonunlari. Shuningdek qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi PF-1939-sonli “Fond bozorini yanada rivojlantirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalarini qayta o‘zgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida nizom va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori.




Download 39.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling