1. Albatta, u zot kibr qiluvchilarni yaxshi ko’rmaydi. (Nahl surasi, 23-oyat). Chunki mutakabbirlardan yaxshilik chiqmaydi. Ular kufrni ixtiyor qiladigan odamlardir


Download 12.64 Kb.
Sana12.08.2023
Hajmi12.64 Kb.
#1666627
Bog'liq
05.05.2023 2


1. Albatta, U Zot kibr qiluvchilarni yaxshi ko’rmaydi. (Nahl surasi, 23-oyat). Chunki mutakabbirlardan yaxshilik chiqmaydi. Ular kufrni ixtiyor qiladigan odamlardir.
2. “Yer (yuzi)da nohaqlik bilan kibrlanib yuruvchilar (ongi)ni oyatlarimiz (idroki)dan chetlatib qo’yajakmiz” (A’rof surasi, 146-oyat). Alloh taolo ushbu oyati karimadan ba’zi nobop sifatlarga ega bo’lgan bandalarni O’z oyatlaridan burib, ulardan bahra olmaydigan qilib qo’yishini ta’kidlamoqda. Bu juda katta jazo. Banda Allohning oyatidan benasib bo’lsa, undan ta’sirlanmasa, o’zicha xulosa chiqarib bahra olmasa, ulkan baxtsizlikka duchor bo’lgan sanaladi.

Ammo, Alloh taolo bekordan-bekorga ba’zi bandalarni O’z oyatlaridan burib qo’yavermaydi. Balki avval boshda bandaning o’zidan o’tadi. U Alloh bergan ne’matlar va imkoniyatlardan foydalana turib, yer yuzida mutakabbirlik qiladi. Mutakabbirlik-o’zini barchadan ustun tutish bandaga emas, Xudoga xos xususiyat. Shunung uchun oyati karimada mutakabbirlikni nohaqdan qiladilar, deyilmoqda.

Banda mutakabbirlik qilsa, Allohga xos bo’lgan sifatni egallashga urinib, Alloh taologa xos ba’zi xislatlarga sherik bo’lishga behuda chirangan bo’ladi. Shu bilan Allohning oyatlaridan burilishiga, ya’ni Alloh fazli bo’lgan oyatlaridan bahrasiz qolishiga sabab bo’ladi. Bandaning bu fe’li ham “fir’avnchilik”ning bir nusxasi yoxud ko’rinishidir.
Download 12.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling