1§. Algoritmlar


Takrorlash uchun savollar


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana11.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1258833
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
algoritm

Takrorlash uchun savollar 
1. Algoritm tushunchasi qanday paydo bo‘lgan? 
2. Algoritm dеb nimaga aytiladi? 
3. Algoritm nima uchun ishlatilad? 
4. Komputer bilan algoritmning bog‘liqligi nimada? 
5. Algoritmni aniqlashtirish bilan kimlar shug‘ullanganlar? 
6. Algoritmlarga misollar keltiring. 
7. Evklid algoritmi nima uchun ishlatiladi? 
8. Masalalarning umumiy algoritmini topish bilan kim shug‘ullangan? 
1.2.Algoritmning asosiy xossalari 
Algoritmning asosiy xossalari haqida quyidagilarni ta‘kidlash mumkin: 
1-xossa. Diskretlilik, ya’ni algoritmni chekli sondagi oddiy ko’rsatmalar 
ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Tugallanlangan amallar ketma-ketligi 
qadam deyiladi. Demak, algoritm chekli qadamlardan iborat bo‘lishi kerak. 
2-xossa. Tushunarlilik, ya’ni ijrochiga tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar 
uning uchun tushunarli bo’lishi shart, aks holda ijrochi oddiy amalni ham bajara 


olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo‘lgan 
ko‘rsatmalar tizimi mavjud. 
3-xossa. Aniqlik, ya’ni ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda 
bo’lishi lozim hamda faqat algoritmda ko’rsatilgan tartibda bajarilishi shart. 
Algoritmning har bir qoidasi aniq va bir qiymatli bo‘lishi zarurki, bunda vaqtning 
biror daqiqasida olingan miqdorlar qiymati vaqtning shundan oldingi daqiqasida 
olingan miqdorlar qiymati bilan bir qiymatli aniqlangan bo‘ladi. 
4-xossa. Ommaviylik, ya’ni har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi 
masalalarning barchasi uchun yaroqli bo’lishi lozim. Algoritm.bitta masalani 
yechish uchun emas balki shunga o‘xshash turdosh masalalar sinfini hal etish 
uchun xizmat qiladi 
Masalan, ikki oddiy kasr umumiy maxrajini topish algoritmi har qanday 
kasrlar umumiy maxrajini topish uchun ishlatiladi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling