1§. Algoritmlar
Algoritmning formulalar yordamida berilishi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
algoritm
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Algoritmning jadval ko’rinishida berilishi.
- 4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi
2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi. Algoritm matematik formulalar yordamida tavsiflanganda har bir qadam aniq formulalar yordamida yoziladi. Misol tariqasida kvadrat tenglama yechimlari bo'lmish x v x 2 ni aniqlash algoritmini ko'rib chiqaylik. 1. a, b, с koeffitsiyentlar qiymatlari berilsin. 2. D = b 2 —4ac diskriminant hisoblansin. 3. D < 0 bo'lsa, tenglamaning haqiqiy yechimlari yo'q. Faqat haqiqiy ildizlar izlanayotgan bo'lsa, masala hal bo'ldi. 4. D = 0 bo'lsa, tenglama ikkita bir-biriga teng, ya'ni karrali yechimga ega bo'ladi va ular formulalar bilan hi-soblanadi. Masala hal bo'ldi. 5. D > 0 bo'lsa, tenglama ikkita haqiqiy yechimga ega, ular formulalar bilan hisoblanadi. Ya'ni masala hal bo'ldi. 3. Algoritmning jadval ko’rinishida berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo‘lgan tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson. 4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi, ya’ni algoritm kompyuter ijrochisiga tushunarli bo’lgan dastur shaklida beriladi. 5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi, ya’ni algoritm bir xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qo’llanadigan belgilash va qoidalar majmui algoritmik til orqali ifodalashdir. Algoritmik tillar — algoritmni bir ma'noli tavsiflash imkonini beradigan belgilar va qoidalar majmuidir. Har qanday tillardagidek ular ham o'z alifbosi, sintaksisi va semantikasi bilan aniqlanadi Bizga o'rta maktabdan ma'lum bo'lgan komputerlarsiz algoritmlashga mo'ljallangan algoritmik tizim algoritmik tilning namunasidir. Algoritmik tilga misol sifatida yana algoritmlarni belgili operatorlar tizimi shaklida tavsiflashni ham ko'rsatish mumkin. Bu tillar odatdagi tilga o'xshash bo'lib, komputerda bevosita bajarishga mo'ljallanmagan. Ulardan maqsad algoritmni bir xil shaklda va tushunarli qilib, tahlil qilishga oson qilib yozishdir. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling