1. Alisher Navoiy asarlari tilida oziq-ovqat nomlari


Narsaning holatini bildiruvchi sifatlar


Download 29.65 Kb.
bet3/4
Sana21.01.2023
Hajmi29.65 Kb.
#1106838
1   2   3   4
Bog'liq
til tarixidan mustaqil ish 5.

Narsaning holatini bildiruvchi sifatlar:

Shod, hursand, go‘zal, issiq, tinch, yosh kabi;

  1. narsaning ta’mini, mazasini bildiruvchi sifatlar:

Shirin, nordon, achchiq, sho‘r, bemaza kabi;

  1. Narsaning vaqt va o‘rnini bildiruvchi sifatlar:

Qadimgi, kechki, kuzgi, yozgi kabi;

  1. Narsaning hidini bildiruvchi sifatlar:

Xo‘shbuy, badbo‘y, sassiq kabi;
Sifatlar gapda ko‘pincha sifatlovchi vazifasida keladi. Belgini bevosita anglatadigan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: oq, qizil, sariq, yashil, katta, shirin kabi.
Belgini bir narsaning boshqa narsaga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra anglatadigan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi.
Bunday sifatlar so‘z yasovchi qo‘shimcha vositasida boshqa so‘z turkumiga mansub bo‘lgan so‘zlardan yasaladi: bilimli, yillik, tonggi, ertalabki, qishki, suvsiz kabi.2
Sifatlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, murakkab, juft va takror holda qo‘llanuvchi shakllarga ega.
Sodda sifatlar bir o‘zak morfemadan tuzilgan bo‘ladi. Go‘zal, xunuk, sariq, yashil.
Qo‘shma sifatlar bir urg‘u bilan aytiladigan ikki so‘z shaklining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: ertapishar, sheryurak.
Murakkab sifatlar alohida urg‘u bilan aytiladigan, bitta murakkab belgini ifodalovchi ikki so‘zning birikishidan hosil bo‘ladi: to‘q qizil, o‘tkir zehnli.
Juft va takroriy sifatlar bir umumiy belgi ifodalovchi ikki sifatning teng bog‘lanishidan hosil bo‘ladi: oq-qora, katta-yu kichik, past-u baland, uzun-uzun, og‘ir-og‘ir.3
Fors tilida ham o‘zbek tilidagi singari bo‘land-baland, so‘rx-qizil, tiz-o‘tkir” kabi asliy sifatlar bilan bir qatorda yasama sifatlar ham bor. 4
Shunday ekan, o‘zbek tili bilan fors tili sifatlari deyarli bir xil. O‘zbek tilida asliy sifatlar daraja ko‘rsatkichini qabul qiladi. Fors tilida ham xuddi shunday.
Bobur o‘zining ”Boburnoma” asarida asar tilining chiroyli va rang-barang hamda, go‘zal chiqishi uchun o‘zbek adabiy tili leksikasidagi asliy sifatlardan tashqari forscha sifatlardan ham ko‘plab istifoda etgan va asar tilining ravon sodda, ta’sirchan hamda tushunarli bo‘lishiga erishgan.
Muallif forscha asliy sifatlardan ko‘proq ”xo‘b” so‘zini qo‘llagan. U asar matnida o‘ttiz martadan ko‘proq qo‘llanilgan, biz bularning ayrimlarini misol tariqasida ko‘rib chiqamiz: ”Yana biri O‘sh qasabasidur, Andijonning sharqi janubiy tarafidadur sharqqa moyil. Andijon to‘rt yig‘och yo‘ldur, havosi xo‘b va oqar suyi farovondur”. (6-bet). ”Siyoq ilmini xo‘b bilur edi”. (26-bet). ”Atrofida to‘rt xo‘b ulang voqe bo‘lubdur”. (11-bet). ”Shayboniyxonning olamda bir yaxshi ishi kim bor budur, fe’lvoqe xo‘b bordur” (164-bet). ”Go‘rasining murabbosi ham xo‘b bo‘ladur”. (260-bet)
Yuqorida asardan misol tariqasida keltirilgan gaplarning birinchisida ham boshqa gaplar singari, “xo‘b” so‘zi ishlatilgan. Bu so‘z asli forscha bo‘lib ”yaxshi” degan ma’noni ifodalaydi. ”Yaxshi” so‘zi o‘zbek adabiy tilida narsaning xususiyatini bildiruvchi asliy sifatlar sirasiga kiradi. Fors tilida ham ”xo‘b” so‘zi xuddi shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan asliy sifat hisoblanadi. Mazkur gapda ”xo‘b” so‘zi so‘z turkumi jihatidan asliy sifat bo‘lsa ham gap bo‘lagi jihatidan kesim vazifasida kelmoqda. Keyingi gapdagi ”xo‘b” so‘ziga to‘xtaladigan bo‘lsak so‘z turkum jihatidan sifat bo‘lsa ham gap bo‘lagi vazifasi jihatidan ravish holi vazifasida kelgan. ”Siyoq ilmini xo‘b bilur edi”. Ma’nosi: Yozuv san’atini juda yaxshi bilar edi. Demak, ushbu gapdagi ”xo‘b bilur edi” jumlasiga ”qay tarzda” kabi so‘roq berish mumkin. Navbatdagi iqtibosda ”xo‘b o‘lang voqe bo‘lubdur” kabi jumlalar ishlatilgan. Ushbu jumlalarda ”xo‘b o‘lang” sifatlovchi aniqlovchi so‘z birikmasi bo‘lib, ”xo‘b” sifati ”o‘lang-o‘tloq” so‘zi xususiyatini aniqlab kelmoqda. Demak, mazkur gapda ”xo‘b” sifati so‘z turkumi jihatidan ham gap bo‘lagi jihatdan ham o‘z o‘rni va vazifasida kelgan. Keyingi iqtibosda ham ”xo‘b-yaxshi ” so‘zi gaplarda fe’llarga bog‘lanib kelib, so‘z turkumi jihatidan sifat bo‘lib gap bo‘lagi jihatidan fe’lga bog‘lanib holat ravishi vazifasida kelgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Bobur o‘zining “Boburnoma” asari tilida o‘zbek tili asliy sifatlari bilan bir qatorda ularga sinonim bo‘lgan forscha asliy sifatlardan ham o‘z o‘rnida foydalangan va asar tilining chiroyli, rang-barang ta’sirchan chiqishini ta’minlagan.

Boburnoma”da forscha, o’zbekcha sifat darajalari.


Boburnoma” da juda ko’p so’zlar, ya’ni forscha, o’zbekcha va arabcha so’zlar ham -roq qo’shimchasi yordamida yasalgan. Bu kabi so’zlar asarda bir-biri bilan sinonim ma’noda qo’llangan. Muallif o’z asarida -roq qo’shimchasiga alohida to’xtalib, bir so’zni bir necha variantlari ishtirok etgan ma’nolariga e’tibor bergan. Masalan: hozirgi o’zbek tilida qo’llanilgan ilgariroq so’ziga bir necha variantda bu so’zning sinonimidan foydalangan. Ilgariroq – ilgarroq (132), ilgarrak (26, 344,128, 285), burunroq(21-,26-,75), avvalroq (75-, 132-, 272-, 316-, 343), ertaroq (202) kabi o’zbekcha, arabcha so’zlar sinonim ma’nolarda qo’llangan. Toshkand burug’lug’idin burunroq egachisini angizi bila mendin chiqdi. –Nosir mirrohim, ilgarrak viloyatga kelib edi (132). Ayrim joylarda ilgarrak va ertaroq so’zi ham sinonim ma’noda kelishi mumkin. – Namozi digardin ertaroq tushuldi (202). Asarda tor, ingichka, tang, qisqa so’zlari ham -roq qo’shimchasini olib sinonim ma’noda qo’llangan. Masalan: Agarchi julgasi torroqdur, vale bo’g’ina yaxshigina o’langlardur (219). Bu ulug’ yilonning ichidin bir inchkarak yilon chiqti (220). Muning ikki qo’l va ikki buti qisqaroqdur. (253) -Yanako’takpoydur (253) Yuqoridagi jumlalarda torroq, inchkarak, qisqaroq va ko’tahpoy (kalta oyoq) so’zlari sinonim ma’nolarda ishlatilgan. Asarda ba’zi forscha sifatdoshlarga ham qo’shilgan daraja ko’rsatkichi qatnashgan so’zlar ham mavjud. Masalan, - Bu fildin darrandaroqtur. (253) Darranda – yirtqich, yirtuvchi, yirtadigan ma’noda kelib, darranda so’zi -roq qo’shimchasini qabul qilgan, lekin bu so’zning sinonim ma’nodoshi bo’lgan o’zbekcha shakli yirtqish leksemasi -roq qo’shimchasini qabul qilmaydi. Asarda katta degan so’zning o’zbekcha variantiga -roq, forscha shakliga forscha daraja ko’rsatkichi -tar qo’shimchasi qo’shilganini ko’ramiz. Ayrim o’zbekcha so’zlarda ulug’, irik, katta va forscha kalon so’zi ham daraja ko’rsatkichini qabul qiladi. Masalan, - Va buta-buta bo’lur, bargi noranj bargidin ulug’roq bo’lur. (263) - Andin so’ng o’ttuz-qirq barg shoxining uchida bir yerdin – o’q irikroq panjauradur.(263) - Men bir kalontarining uyiga tushtim. (87) 3 Yuqoridagi jumlalarda ulug’roq, irikroq, ulkanroq kabi so’zlar forscha kalontar so’zi, ya’ni “kattaroq” ma’nosida sinonim ma’noda ishlatilgan. “Boburnoma”da rang ma’nosidagi forscha, turkiycha so’zlarga -roq qo’shimchasi qo’shilib qiyosiy darajani hosil qilgan. Masalan: Yana jomandur, bargi tol bargiga filjumla o’xshar, girdroq va yashilroqtur, daraxti xoli az xushnamoliq emas. (261) - Shox va barg uzog’on soyi bargi sabzroq bo’ladur. – Gulbanddin bir nima balandraktur,rangi anor gulidin hanuz sabzroqtur, ulug’lug’i qizil gulcha bo’lg’ay (258). Yuqoridagi gaplarda -roq qo’shimchasi yashil, sabz so’zlariga qo’shilib qiyos hosil qilgan. Sabz so’zi o’zbek tilida ham yashil hamda “ko’k” ma’nosida qo’llanilishi mumkin. Sabzavot – “ko’katlar” sifatida tarjima qilinadi. Asarda rang ma’nosini anglatuvchi qoraroq (258) – siyohroq (267) kabi so’zlar ham bir necha gaplar tarkibida qo’llangan. Baland forscha so’zining sinonim ma’nodagi o’zbekcha varianti yuqori so’zi ham -roq qo’shimchasini qabul qilgan. Masalan: Chitrdin uch-to’rt kuruh yuqqorroq bu suv ro’dning zihidin chiqib keladur. (240) Gulbundin bir nima balandrakdur, rangi anor gulidin hanuz sabzroqtur. (264) Bu gaplardagi yuqorroq, yuqoriroq va forscha balandroq so’zlari qiyosiy darajani hosil qilgan. Ayrim gaplarda ulug’, ulug’roq, buyukroq, irikroq so’zlari ham kattaroq, balandroq so’zlariga sinonim ma’nolarda qo’llangan. Xuddi shunday asarda tekislik ma’nosida qo’llanuvchi o’zbekcha tuz, tekis so’zlarining forscha sinonimi hamvor so’zi ham -roq daraja ko’rsatkichini qabul qilgan holda ishlatilgan: Tanasi xurmo daraxtning tanasidan yaxshiroq va hamvorroqdur (248). Sifat turkumiga tegishli ham o’zbekcha, ham forscha so’zlar -roq qo’shimchasini qabul qilib sinonimik ma’nolarda, masalan, quyi so’zining sinonimi hisoblangan past so’zi ham o’zbek tilida qo’llaniladi. Bu so’z leksik ma’no jihatidan o’zbekcha quyi so’zdan boshqacharoq ma’nolarni bildirib kelishi mumkin: past odam, past devor, past uy kabi so’zlarda. Tong otib edikim, Raboti xo’jadin quyiroq Ko’hak suyini kechib yana Yor yayloq kelduk (75). Terani hukm bo’ldi, quyiroq ko’rulgan guzar bila o’tgay (310). 4 Yana ba’zi musannafoti borkim, bu mazkur bo’lg’onlarg’a boqa pastroq va sustroqvoqebo’lubtur (154). Bu fasilning o’rtasida bu fasildin pastroq yana bir fasil igiribturlar (314). Garchand forscha pastroq so’zi quyi so’zi bilan sinonim ma’noda kelib, -roq qo’shimchasini olib kelgan bo’lsa-da, chog’ishtirish ma’nosida bir-biridan biroz farq qiladi. Agar past so’zi insonlar yoki predmetlarga nisbatan aytilsa, unda birbiriga nisbatan qiyosiy darajada bo’ladi. Aks holda, sinonim ma’nolarida biroz o’zgarishlar bo’ladi. O’zbekcha so’zlar tarkibida -roq qo’shimchasi, asosan, asliy sifatlarga, xuddi shunday o’zbek tilida qo’llangan forscha asliy ma’noga ega sifatlarga qo’shilib kelgan. Masalan, o’zbekcha yaxshiroq (141, 185, 283, 361) so’zining sinonimi sifatida Bobur xo’broq (157) so’zini qo’llagan. Yoki yumshoqroq (261) so’ziga sinonim ma’noda muloyimroq (104) leksemasini ishlatgan. Masalan: Aql egalarining o’tkir ko’zlariga bu g’alabadan ko’ra yaxshiroq saodat ko’rinmaydi (361). Xububni xo’b bitir ta’liqni xo’broq bitir edi, inshoni xo’b qilur edi (157). Bu donalarning xurmodin yumshoqroq go’shti bor, ani yeydurlar, xeyli chaspandadur (261). Alar ham tushtilar, hurmat va ta’zim bila muloyimroq ayta kirishtilar (104). Bu jumlalarda yumshoqroq – muloyimroq, yaxshiroq – xo’broq so’zlari daraja ko’rsatkichi bilan ham sinonim ma’noda qo’llangan. “Boburnoma”da ulug’roq, irikroq, buyukroq so’zlari balandroq, kalontar kabi so’zlar bilan sinonim ma’noda qo’llangan. Hozirgi o’zbek tilida esa bu so’zlarning ayrimlari sinonim ma’noda ishlatilmaydi. Asarda forscha tundroq, tezroq, o’zbekcha ilgarrak so’zi bilan sinonim sifatida keltirilgan (262, 264, 360, 188, 285). “Tez” so’zi o’zbekcha “o’tkir” so’zi bilan sinonim bo’lib kelishi mumkin. Lekin asarda tund va tez so’zi daraja ko’rsatkichi -roq qo’shimchasini olgan shaklda o’zaro sinonim ma’nolarda ishlatilgan. Bobur o’z asarida o’zbekcha va forscha sifatlardan tashqari yasama forscha, arabcha so’zlardan tarkib topgan so’zlarga ham -roq qo’shimchali so’zlardan unumli foydalangan. Be+hunar+roq – behunarroq (156), kam+ob+roq – kamobroq (261, 263), kam+hosil+roq – kamhosilroq (123); ot turkumidan be-, 5 kam- qo’shimchalari yordamida yasalgan forscha yasama so’zlarga, o’zbekcha ozroq (94, 198, 321-bet), ozroqcha (240, 242, 260) so’zlardan foydalangan: Mazasi mirmirxonga o’xshar, mirmirxondin chuchukroq va kamobroqtur (261). Kamobroq – “suvi kamroq, suvsizroq” ma’nosida qo’llangan. Kamhosilda esa forscha+arabcha+o’zbekcha kamhosilroq, kammevaroq kabi. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”da ayrim o’zbekcha qoidalarga zid, ya’ni qarshi holda -roq qo’shimchasini forscha ot, hozirgi zamon sifatdoshi va o’tgan zamon sifatdoshiga tegishli so’zlarga qo’shib jumlalar tuzgan. Masalan: Yana Qorako’l viloyatidur. Barchadin poyon obroqdur (47). Kamobroq yerdur, bahori xo’b bo’lur, ekini va qovuni yaxshi bo’lur (47). Bir necha kundin so’ngra gurg oshtiroq qilib yondilar (91). Bu fildin darrandaroqtur (253). Bu jumlalarda hozirgi o’zbek tilining qoidasiga to’g’ri kelmaydigan otdan, sifatdoshlardan, fe’llardan iborat bo’lgan so’zlarga -roq qo’shimchasi qo’shilgan holda qo’llangan. Yuqoridagi misollarda obroqdur, suvroqdur – “suvliroq” ma’nosida, gurg oshtiroq – “bo’ri yarashtirishmoq”, darandaroq – “yirtqichroq” ma’nolarida kelgan. Bundan tashqari, forscha sifat+fe’l+roq, sifatdosh+roq yoki sof forscha sifat+roq qo’shilgan so’zlar ham ishlatilgan. Masalan: Yoqa yerda ulg’ong’on uchun bir nima rustoyiroq, durushtgo’yroq edi (94). Bu jumladagi rustoyiroq – rusto+yi+roq “qishloqiroq” ma’nosida, durushtgo’yroq - durusht+go’y+roq – “yomon so’zliroq, yomon gapiruvchiroq” ma’nosida ishlatilgan. Xulosa qilish mumkinki, Zahiriddin Muhammad Bobur ayrim sifat turkumiga doir so’zlarga qo’shilgan daraja qo’shimchasini otga, sifatdoshlarga hatto ayrim fe’l turkumiga doir so’zlarga ham qo’shib qo’llagan. Bunday so’zlar ayrim o’zbekcha jumlalar tarkibidagi so’zllarda qo’llangan, ya’ni -roq qo’shilgan elementning o’zigina gapda ishtirok etib qiyos hosil qilishi mumkin. Masalan: Nafas ololmayotibman, shabadaroq joyga olib boring. Agar bu misoldagi fikr to’liq tiklansa – “Nafas ololmayotibman, bu yerdan ko’ra 6 shabadaroq joyga olib boring”, shaklini olar edi.2 Bunday holatni “Boburnoma”da kam “obroq”, durushtroq, guzaroroq, tundroq, turshroq, pastroq kabi forscha so’zlarda ham ko’rishimiz mumkin. Chunki asarda -roq qo’shimchasi sifat, fe’l, sifatdosh, ot kabi forscha so’zlarga qo’shilib daraja ko’rsatganini ko’rishimiz mumkin. Bobur forscha so’zlarga sifat yasovchi old yoki orqa qo’shimchalar qo’shib, ham ularga daraja ko’rsatkichi -roq qo’shimchasini qo’shib ishlatgan. Bu uning tilshunoslikdagi yuksak mahoratini ko’rsata oladi.


XULOSA
Eski o’zbek tili qadimgi turkiy tilning bevosita davomi va hozirgi oʻzbek tilining asosi hisoblanadi. Ayrim ilmiy manbalarda "chigʻatoy tili" deb ham ataladi, ammo E.oʻ.t.ning Chigʻaytoyga, moʻgʻullarga hech qanday aloqasi yoʻq, buning ustiga oʻsha davr yozuvchi va shoirlari oʻz tillarini turkiy (til) deb nomlaganlar. Qarluq, oʻgʻuz, qipchoq guruhlariga mansub turkiy tillar oʻrtasidagi mintaqaviy variantlashuv (oʻzgarishlar) va jadal, samarali aloqamunosabatlar tufayli kelib chiqqan turli lahjaviy shakllarni oʻz ichiga olgan E.oʻ.t. umumlahjaviy (barcha lahjalar uchun umumiy) xususiyatga ega boʻladi. Bu xususiyat koʻplab arabcha, forscha oʻzlashmalar, shuningdek, arab grafikasining qoʻllanishi oqibatida yanada chuqurlashadi, murakkablashadi. Buning natijasida E.oʻ.t.dagi asarlar Bosfordan Oltoy va Hindistongacha choʻzilgan hududda yashovchi turkiyzabon xalqlar tomonidan keng oʻqiladigan boʻlgan. Shuni aytish kerakki, arabcha, forscha soʻz va iboralarning koʻplab qoʻllanishi va uslubiy vositalar sababli kitobiy til jonli tildan jiddiy farq qilgan. Yozma adabiyotning kam tarqalganligi tufayli lahja xususiyatlari saqlanib qolgan. Bunday xususiyatlar adabiy asarlarda ham maʼlum darajada oʻz aksini topgan. Fargʻona va Movarounnahrda yozilgan adabiy asarlar tili bilan Xorazmda yozilgan adabiy asarlar tili urtasida maʼlum lahjaviy farqlar sezilib turgan.
Eski o’zbek tilining ilk shakllanish davrida (13—14-asrlar) bu narsa yaqqol koʻrinar edi, keyinchalik esa bunday lahjaviy xususiyatlar aralashib ketadi. Mas, Xorazmiyning "Muhabbatnoma" va Said Ahmadning "Taashshuqnoma" asarlarida oʻgʻuz lahjasi xususiyatlari, Qutbning "Xusrav va Shirin" asarida qipchoq lahjasi xususiyati oʻz aksini topgan boʻlsa, 16-asrga oid "Boburnoma"da qarluq, oʻgʻuz va qipchoq lahjalarining xususiyatlari aralash hodda qoʻllangan. Shu tariqa lahja xususiyatlari astasekin yoʻqola borib, 15—16-asrlarda yagona, umumiy adabiy til xususiyatlari asosiy oʻrinni egallaydi. Eski oʻzbek adabiy tili ancha keng hududga yoyilib, uning barqarorlashgan meʼyorlari asosida yozuvchi va shoirlar 19-asr oxiri — 20asr boshlarigacha ijod qilib keldilar.
Eski o’zbek tili Alisher Navoiy davrida, uning asarlarida oʻz rivojining eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi. Shoir oʻzining oʻnlab nazmiy va nasriy asarlari bilan bu tilni kamolotga yetkazdi, uni davlat tili darajasiga olib chiqishga harakat qildi. U nafaqat oʻsha va keyingi davrlar oʻzbek adabiy tilining asoschisi, rivojlantiruvchisi, balki tadqiqotchisi hamdir. Navoiy oʻzining "Muhokamat ullugʻatayn" asarida E.oʻ.t. (turkiy)ni fors tiliga qiyoslash asosida uning fonetik, leksik va grammatik sohalarda rivojlangan til ekanligini nazariy jihatdan asoslab, koʻrsatib beradi. Boburning nasriy asari "Boburnoma" Navoiyning nasriy asarlaridan tilining ancha soddaligi, jonli tilga yaqinligi bilan hatto hozirgi zamon oʻquvchisiga ham tushunarlidir. Alisher Navoiydan keyin yaratilgan nasriy asarlar va ayrim dostonlarda E.oʻ.t.ning anʼanaviy meʼyorlaridan bir oz uzoqlashish, uni xalq tiliga yaqinlashtirish tamoyili kuzatiladi. Koʻplab sheʼriy asarlarda, gʻazallarda esa eski oʻzbek adabiy tili anʼanalari davom etadi. 19-asrning 2-yarmiga kelib nasriy asarlargina emas, nazmiy asarlar ham jonli tilga yaqinlashadi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqalar shoirlarning asarlari ana shular jumlasidandir. Ayni shu davr, yaʼni 19-asr oxiri — 20-asr boshlari eski oʻzbek adabiy tilidan hozirgi oʻzbek adabiy tiliga oʻtish bosqichi hisoblanadi.


Download 29.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling