1. Alkaloidlarni ochilishi, tarixi. Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor o‘simliklar tasnifi
Download 119.5 Kb.
|
1502611893 68873
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Mi q doriy va sifat taxlili . 5. Alkaloidlarni ajratish usullari.
Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma’lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va tasnifi. Tibbiyotda ishlatilishi Reja: 1. Alkaloidlarni ochilishi, tarixi. 2. Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor o‘simliklar tasnifi. 3. Alkaloidlarning fizik va kimyoviy xossalari. 4. Miqdoriy va sifat taxlili. 5. Alkaloidlarni ajratish usullari. Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma’lumotlar O‘simliklar (qisman xayvon) to‘qimalarida tayyor xolda bo‘ladigan asosli (ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta’sirga ega bo‘lgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloid arabcha alqali ishqor va yunoncha eydos o‘xshash (simon) so‘zlaridan iborat bo‘lib, ishqorsimon birikma degan ma’noni bildiradi. Bu alkoloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. 1819 yilda Meysner sabadilla o‘simligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni birinchi bo‘lib alkaloid deb atadi. Tarkibida alkaloid bo‘lgan o‘simliklar qadimdan ishlatib kelinsada, bundan taxminan 200 yil muqaddam alkaloidlarni o‘rganish va tekshirish soxasida ilmiy ishlar boshlandi. 1792 yilda fransuz olimi Furkrua xin daraxti po‘stlo\i tarkibidagi alkaloidlarni tekshirdi va ularni mumsimon xolida ajratib oldi. 1797 yilda Bolee, 1804 yilda Derozi xamda fransuz farmatsevti Segen opiy alkaloidlaridan narkotin bilan morfin ajratib oldi va uni opiy tuzi deb atadi. SHunday bo‘lsada, alkaloidlarni tekshirgan birinchi kishi nemis dorixonachisi Sartyurner xisoblanadi. U 1806 yilda opiydan kristall xolda alkaloid ajratib oldi va 1811 yilda bu birikmaga morfin deb nom berdi. Bu yangilik juda katta qiziqish uy\otdi, chunki shu paytgacha o‘simlikda fakat nordon, yoki neytral xarakterga ega bo‘lgan moddalar bor deb o‘ylashgan, asosli xossaga ega bo‘lgan sintetik organik moddalar esa keyinroq (1848) ochilgan. YAngi alkaloidlarni topishga qaratilgan qizqin ishlar boshlab yuborildi. Lekin o‘sha yillari (1820-1840) organik kimyo nazariy va amaliy qurollanmagan edi, shuning uchun alkaloidlar bilan tanishish yuzaki bo‘lib qoldi. Ularni yanada chuqurroq o‘rganish, strukturasini tuzish va sintez qilishga urinib ko‘rish keyingi davrda, aniqrog‘i o‘tgan asr oxirlariga to‘g‘ri keladi. Xozirgi kunda kimyoning bu bo‘limi yaxshi va tez rivojlanmokda. Kuyida keltirilgan jadvalda juda muxim alkaloidlarning ochilishi sanasi keltirilgan.
Download 119.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling