Ona
tili va adabiyot
1. Aloq-chaloq so‘zi quyidagi qaysi so‘z bilan birikma
hosil qila oladi?
A) gap
B) yozuv
C) tush
D) qadam
2. Qaysi gapda urg‘uni noto‘g‘ri qo‘llash gapning
mazmunini o'zgartirib yuboradi?
A) Dono olg‘a bora turib orqaga qarab qo‘yadi.
B) Zilday zamin darz ketibdi qilday zamin dastidan.
C) 0‘zi suvi oz, qaynatma sho‘rvaga aylantirib yuborasan.
D) Aytilmagan bir qo‘shiqsan, Jayhundirsan,
Sayhundirsan.
3. Andijonda o‘t yoqsam, 0‘shda tutuni.
Ushbu gapda ot so‘z turkumiga mansub so‘zlar qanday
gap bo'laklari vazifasida kelgan?
A) hol, ega
B) hol, ega, kesim
C) hol, to‘ldiruvchi, kesim
D) hol, ega, to'ldiruvchi
4.
Qaysi bitishuvli birikmaning tobe qismida ikkita
nisbat qo‘shimchasi mavjud?
A) chaqiriladigan mehmon
B) yarashtirish kuni
C) pishiriladigan ovqat
D) she’rning chop etilishi
5.
Qaysi qatordagi gapda fe’lning vazifa turlaridan
barchasi ishtirok etgan?
A) Bola boshini qo'llari orqasiga qo'yib, Boysun tog‘i uzra
charx urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi.
B) Malol kelib, qo‘l uchida qilgan ishlaridan ota-onalari
norozi bo'lishsa, uzr so‘rash o‘rniga to‘ng‘illab beraverdi.
C) Eshon otasining vasiyatiga amal qilib, to‘rdan joy
tegmaydigan, poygakda choy tegmaydigan bir odam bo‘lib
yetishibdi.
D) Shoir ijodiy faoliyati bilan XV asr o‘zbek adabiyotini
mislsiz taraqqiyot cho'qqilariga ko‘tarib, renossans deb
atalayotgan bu davr madaniy va adabiy hayotida burilish
yasadi.
6.
Bildimki, baridan ulug'im o‘zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug'ilgan qo‘zing
Arab ohusidan azizroq menga.